FRONTAL LABORATORIYA ISHLARI VATAJRIBALAR
Frontal laboratoriya ishlarida hamma o'quvchilar bir xildagi asboblar bilan bir xildagi topshiriqni bajaradi. Frontal uslub materialni laboratoriya ishlari, kuzatish va tajriba bilan uzviy bog‘lashga imkon beradi. Frontal laboratoriya ishlarining ahamiyati shundaki, o'quvchilar sekin-asta bilim olish bilan birga malakalari ham ortib boradi. Frontal laboratoriya ishlarining eng yaxshisi didaktik maqsadlarga ko‘ra tasniilash (guruhlash)dir. Bu belgisiga ko‘ra ular quyidagicha guruhlarga ajratiladi: a) fizik hodisalarni kuzatish va o ‘rganish. Masalan, tok va magnitning o ‘zaro ta’siri, interferensiya, moddalarning magnit xossalari kabi hodisalarni kuzatish va o ‘rganish. b) o ‘lchov asboblari bilan tanishish va fizik kattaliklarni o ‘lchash. Masalan: massa, tok kuchi, kuchlanish kabilarni o‘lchash. d) ba’zi bir fizik asboblar va texnik qurilmalarning tuzilishi vaishlash prinsipi bilan tanishish. Masalan, elektromagnit, o ‘zgarmas tok generatorini yig‘ish va ishlashini sinash, elektron ossillografni o‘rganish. e) miqdoriy qonuniyatlarni aniqlash yoki tekshirish. Masalan, Boyl-Mariott qonunini tajribada tekshirish; yorug‘- likning qaytish qonunlarini o‘rganish. 0 modda va hodisalarning fizik xarakteristikalarini, fizik doimiylarini aniqlash. Masalan, erkin tushish tezlanishini, ishqalanish koeffitsiyentini, yorug‘likning sinish qonunlarini, zichlikni, solishtirma issiqlik sig‘imini, solishtirma qarshilik kabilarni aniqlash. Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan quyidagicha: kirish suhbati, o ‘quvchilar tomonidan tajribani bajarish, olingan natijalarni ishlab chiqish, is'hga yakun yasash. Kirish suhbati.Laboratoriya ishlarini ongli ravishda bajarishlarini ta ’minlash maqsadida frontal so‘rash orqali tajribaga oid bilimlar o ‘quvchiIarning eslariga tushiriladi, bundan tashqari o ‘qituvchi asboblar bilan muomala qilish, materiallardan foydalanish qoidalari, o ‘lchash aniqligiga ahamiyat berish, o'lchash xatoliklari va ularning oldini olish, texnika xavfsizligiga rioya qilish, hisobot yozish haqida ko‘rsatmalar beradi. Natija aniqligini orttirish uchun har bir kattalikni 3—5 marta o ‘lchab o ‘rtachasini olish lozimligini uqtirib o ‘tadi. Tajribani bajarish. 0 ‘quvchilar tajribani bajarishdan oldin asboblar bilan tanishadilar va stol ustida tajriba uchun kerakli asboblarning hammasi borligini aniqlab, keyin ishni bajarish rejasi asosida mustaqil ravishda tajriba va o ‘lchashlarni bajaradilar, oMchash natijalarini jadvalga yozib boradilar. 0 ‘qituvchi aylanib yurib, o ‘quvchilarga ko‘rsatmalar beradi, b a ’zi qiynalayotganlarga individual yordam ko‘rsatadi.Olingan natijalarni ishlab chiqish. Olingan natijalarga ko‘ra 0‘quvchilar hisoblash ishlarini bajaradilar yoki xulosa chiqaradilar. Keyin ular hisobot yozadilar. Unda ishning raqami va nomi, bajarilgan vaqti, nazariy qismining qisqacha mazmuni, qurilmaning rasmi yoki sxemasi, o'lchash natijalarining jadvali, xatoligi va xulosa yoziladi. 0 ‘quvchilar ko‘rsatmadan foydalanib ishni bajargan bo‘lsalar, u holda hisobotga ishni bajarish tartibini yozmasalar ham bo‘ladi. Ishga yakun yasash. Dars oxirida ko‘pchilik o ‘quvchilar o ‘lchash va hisoblash ishlarini bajarib b o ‘lganlaridan keyin olingan natija va xulosalarni o ‘qituvchi rahbarligida muhokama qilishadi. 0 ‘quvchilar o ‘z xatolarini ko‘radilar. Bu yerda o ‘quvchilarning ishdan oladigan xulosalariga va kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashlariga katta ahamiyat berish lozim. Laboratoriya ishiga har bir o ‘quvchiga alohida baho qo‘yiladi.Baho q o ‘yishda o ‘quvchining mustaqil bajarish darajasi, to ‘g‘ri o ‘lchash, hisoblash va hisobot yoza olish qobiliyati, yakunlovchi suhbatda javobining chuqurligi va aniqligi hisobga olinadi. Frontal tajriba qandaydir bitta amaldan (kuzatish, o'ichash) iborat b o ‘lib, uni o ‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida ko‘rsatmasiz amalga oshiradilar. Bu amal o'rganilayotgan materialga taalluqli b o ‘lib, 3— 10 minutga m o‘ljallangan bo‘ladi. Uni bajarib bo‘lish bilanoq xulosa chiqariladi. Uni har bir o ‘quvchi yoki ikkitadan bo‘lib bir vaqtda bajaradilar. Frontal tajriba dars vaqtida o ‘quvchilarning fikrlashlarini boshqarib borishga, ularning diqqatini bir narsaga qaratishga imkon beradi.Masalan, jismlarning elektrlanishini kuzatish, kondensator, reostat, elektromagnitning tuzilishini o ‘rganish kabilar frontal tajribalardir.
FIZIK AMALIYOT
Labaratoriyaamaliyotifrontalishlarningyuqoriroqshaklibo‘lib, uo‘quvchilardanmustaqilliknivamurakkabtajribabazasinitalabqiladi. Amaliyot katta bo‘lim o'tilgandan keyin yoki o ‘quv yili oxirida o ‘tkaziladi. Amaliyotni tashkil qilishda kerakli asbob va qurilmalarning yetarliligi, ularni ratsional va xavfsiz holda qollash mumkinligi asosiy roi o ‘ynaydi. Amaliyotning samaradorligi o ‘quvchilarning nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u mustaqil ishlarning muhim bir ko‘rinishlaridandir. 0 ‘quvchilarning o ‘quv faoliyatlarini samarali ravishda boshqarish uchun har bir ishga yetarli ko‘rsatma yozish lozim. Unda kerakli rasm, chizmalar va yordamchi adabiyotlar ko‘rsatilishi kerak. Ko‘rsatmada asosan quyidagilar aks ettiriladi: 1. Ko‘riIayotgan ishning qisqacha nazariyasi va izlanayotgan kattalikni aniqlashning biror usuli haqida qisqacha m a’lumot. 2. Kerakli asboblar ro ‘yxati va o‘quvchilarga tanish bo ‘lmaganlari haqida qisqacha tushuntirish. 3. Ishni bajarish tartibi. 4. O‘lchash natijalarini yozish tartibi va xatolikni hisoblash usuli haqida ko‘rsatma. Amaliyotni bajarishdan oldin uning vazifasi, mazmuni, bajarish grafigi, o ‘quvchilar ularni bajarish vaqtida o ‘zlarini 1 !1 qanday tutishlari haqidagi qoida, har bir ishning qisqacha tahlili, o‘lchash usullari, o ‘lchov asboblaridan foydalanish qoidalari, xatoliklarning tahlili, texnika xavfsizligi, hisobot shakli va o ‘qituvchiga topshirish haqida qisqacha kirish suhbati o ‘tkaziladi. Keyin o ‘quvchilarni zvenolarga bo‘lib chiqiladi. 0 ‘quvchilar amaliyotni bajarayotganlarida o ‘qituvchining asosiy vazifasi ularda mustaqillikni tarbiyalashdan, amaliy malakalarini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.U o ‘quvchilarning ishlarini diqqat bilan kuzatib borishi, orqada qolayotganlarga yordam ko‘rsatishi, qo‘shimcha topshiriqlar berishi lozim. Maktabda quyidagicha amaliyotlarni bajarish mumkin: «Kinematika qonunlarini o'rganish», «Kondensatorning sig‘imini aniqlash», «Yarim o ‘tkazgichlarning volt-amper xarakteristikasini olish», «Yorug‘likning to ‘lqin uzunligini aniqlash», «Tovush tezligini aniqlash» va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |