2.2 Tekshirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tekshirishni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirish jarayoni bilan bog‘liq zarur hujjatlardan nusxa olish;
vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotsi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani kiritish;
tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish;
ushbu Nizomning 31-bandda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tekshirishlarning muddatini ko‘chirish to‘g‘risida taklif kiritish.
Tekshirishga vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini belgilangan tartibda to‘ldirish;
ekshirishlar natijalari to‘g‘risida dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni maktabgacha ta’lim tashkilotsida qoldirish;
tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari haqida tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish.
Tekshirishga vakolatli organlarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati rejali tekshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish;
tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni talab qilish;
tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallarni taqdim etmaslik;
tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;
tekshirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega bo‘lgan tekshirishga vakolatli organlarni maktabgacha ta’lim tashkilotsi hududiga kiritish;
tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan qoidabuzarlik holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Tekshirishga vakolatli organlarning rahbarlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekshirish o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning ishonchliligi hamda tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining o‘z vakolatlari doirasidan chiqmasligi uchun javobgar hisoblanadi.Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishlar ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilganligi tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotsi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan doimiy ravishda monitoring olib boriladi.Tekshirishlar bo‘yicha monitoring maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida o‘tkazilgan tekshirishlarning alohida ravishda hisobini yuritish, tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash orqali amalga oshiriladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan yoki tekshirish jarayonida o‘z vakolati doirasidan chiqqan tekshirishga vakolatli organlarning xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |