Millatlar Ligasining tashkil qilinishi. Mandat tizimi.
AQSH prezidenti Vudro Vilson tashabbusi bilan Parij tinchlik konferensiyasida xalqaro tashkilot – Millatlar Ligasi tashkil qilindi. Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o’rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi. Dastlab mag’lub davlatlar va Sovet Rossiyasi unga qabul qilinmadi.
Germaniya mustamlakalarini va Turkiyaning Yaqin Sharqdagi yerlarini g’olib davlatlar tomonidan bo’lib olish uchun Millatlar Ligasi Nizomiga mandat, ya’ni ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi kiritildi. Millatlar Ligasi nomidan 1919 yil mayda Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni boshqarishga mandat oldi. Shu tariqa «abadiy tinchlik» vositasi deb e’lon qilingan Millatlar Ligasi g’olib davlatlarning dunyoni o’zaro bo’lib olishiga qonuniy tus berdi, ittifoqchilarning urushdagi g’alabasini mustah kamladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |