1991 - yildan boshlangan uchinchi bosqich xalqaro munosabatlarda shakllangan ikki qutbli tizimning inqirozi, sotsialistik tizim ning barbod bo’lishi, SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi bilan boshla-nadi.
Bu davr jahon sivilizatsiyasining globallashuvi, “uchinchi dunyo” mamlakatlari rivojlanishining jadal lashuvi, sivilizatsiyalar o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi bilan xarakterlanadi.
Industrial sivilizatsiya bu sanoat va fan-texnika taraqqiyotiga asoslangan sivilizatsiya.
Postindustrial sivilizatsiya – bu iqtisodiyotda sanoatning yuqori unumdor innovat-sion sektori, yalpi ichki mahsulotda fan yutuqlari va axborot texnologiyalari, iqtisodiy va boshqa faoliyat sohalarida raqobat ustuvor bo‘lgan jamiyat. Bu sivilizatsiyaga nisbatan axborot jamiyati atamasi ham qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |