Kirish. 1-Mavzu: «Qishloq qurilish bank» faoliyatining umumiy tavsifi. 2-Mavzu


To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar



Download 63,76 Kb.
bet9/15
Sana31.12.2021
Hajmi63,76 Kb.
#277219
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
QQB bank hisobot

To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar.

To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.

To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida joylashgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali elektron to‘lov topshiriqnomasi bilan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin.(30-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-3, 08.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 522-modda).

Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi.

Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari bank tomonidan qabul qilinadi.

Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi “Muddatida to‘lanmagan hisob -kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga joylashtiriladi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.

Mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘lan gan summa va sana ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi. Mablag‘larning yetarli bo‘lmagan qismi doirasida to‘lov topshiriqnomasi “Muddatida to‘lanmagan hisob -kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga joylashtiriladi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.

Mijoz tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli davlat soliq xizmati organining yozma ruxsati yoki elektron shakldagi murojaati asosidagina qaytarib olinishi mumkin. (32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.)tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda).

To‘lov topshiriqnomasining sanasi u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.

Mijoz pochta aloqasi tashkilotlariga va AT Xalq banki filiallariga pensiyalar, alimentlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mablag‘lar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalariga barcha zarur hujjatlarni (ma’lumotnomalar, o‘tkazmalar ro‘yxati va boshqalar) taqdim etishi shart.(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-5-1 22.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y, 10/17/2465-5/0292-son)

Xo‘jalik yurituvchi subyektning kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanishi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) muvofiq to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomasining “To‘lov maqsadi” grafasiga “Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan” deb yozib qo‘yiladi.

To‘lov topshiriqnomalari bankka:

a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov topshiriqnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

ikkinchi nusxasi — mablag‘larni oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni oluvchiga taqdim qilinadi;

uchinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi;

b) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda — to‘lov topshiriqnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi.

Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

ikkinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilina

Mijozlardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va bank amaliyot kunida qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron to‘lov topshiriqnomasi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalarning qog‘oz ko‘rinishidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi. Elektron to‘lov topshiriqno malarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi.

Mablag‘larni oluvchi bank tomonidan to‘lov tizimi orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Elektron to‘lov topshiriqnomasining bir nusxasi mablag‘larni oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda unga taqdim qilinadi.

(38-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-1, 04.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 640-modda)


Download 63,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish