Kirish. 1-Mavzu: «Qishloq qurilish bank» faoliyatining umumiy tavsifi. 2-Mavzu



Download 63,76 Kb.
bet2/15
Sana31.12.2021
Hajmi63,76 Kb.
#277219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
QQB bank hisobot

1-Mavzu: «Qishloq qurilish bank» faoliyatining umumiy tavsifi.

Bank tarixi.

1994-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi.Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh litsenziya berildi.

Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi. 1995 yil Bank ustav kapitali 50 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 7425 mln. so‘mdan ortdi. Bank O'zbekiston banklari uyushmasi ta'sischisi sifatida uyushma a'zoligiga kirdi. Bankning Qaraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida mintaqaviy filiallari, shuningdek, 6 ta tuman filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bank jamg'arma shoxobchalari soni 21 taga etib, umumiy ishlovchi mutaxassislar soni 561 nafardan iborat bo'ldi. 1996 yil Bank ustav kapitali 150 mln. so‘mni, aktivlar hajmi esa 10541 mln. so‘mni tashkil etdi.

Bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Respublika “Toshkent” fond birjasida 170-sonli brokerlik idorasi ochildi.

Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy va vakolatli dileriga aylandi.Emissiya hajmi 370 mln. so‘mlik bank veksellari muomalaga chiqarildi hamda “O‘zdonmahsulot” DAK tomonidandon mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetishtirilgan don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish hamdakelgusi yil hosili uchun bo‘naklash maqsadida jami 6174 mln. so‘mlik veksellarni muomalaga chiqarilishdahamkorlik qildi.Filiallar soni 24 ta va jamg‘arma shoxobchalari soni 3 taga yetkazilib, xodimlar soni 718 nafarni tashkil etdi.

1997-yil Bank ustav kapitali 300mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 34043 mln. so‘mni tashkil etdi. Filiallar soni 25 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 18 ta va xodimlar soni 834 nafarni tashkil etdi.

1998-yil Bank ustav kapitali 450mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 27206 mln. so‘mni tashkil etdi. Filiallar soni 27 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 25 ta va xodimlar soni 821 nafarni tashkil etdi.

1999-yil Bank ustav kapitali 1200 mln. so‘mga yetkazildi. Respublikamizda yetishtirilayotgan g‘alla va boshoqli don mahsulotlarining hisob-kitob mexanizmida akkreditiv shakli qo‘llanila boshlandi va bankka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Moliyaviy agenti” maqomi

berildi. Filiallar soni 29 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 37 ta va xodimlar soni 960 nafarni tashkil etdi.

2000-yil Bank ustav kapitali 1700mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 52962 mln. so‘mni tashlik etdi. Bank aksiyalari Respublika “Toshkent” fond birjasida joriy etilgan listing shoxobchasining “A” guruhiga kiritildi. Dekabr oyida bankning Surxondaryo mintaqaviy filialiga qarashli birinchi "Muzrobod" minibanki ochildi.

2001-yil Bank ustav kapitali 2500 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 75330 mln. so‘mni tashkil etdi. Bank tomonidan aholi bo‘sh pul mablag‘larini qisqa muddatli omonatlarga jalb qilish maqsadida, dastlabki emissiya miqdori 50 mln. so‘mlik, "Jismoniy shaxs uchun naqd ko‘rinishda, taqdim etuvchiga yozib beriladigan omonat sertifikatlari muomalaga chiqarildi.

Filiallar soni 30 ta, mini banklar soni 15 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 47 ta va valuta ayirboshlash shoxobchalari soni 30 taga yetkazilib, xodimlar soni 1178 nafarni tashkil etdi.

2002-yil Bank ustav kapitali 3181 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 76175 mln. so‘mni tashkil etdi;

Bankning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini hamda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida, mijozlarga aksiyadorlar ro‘yhatini yuritish va depozitariy faoliyati bo‘yicha xizmat

ko‘rsatuvchi “Prognoz-Plyus” sho‘ba korxonasi tashkil etildi. Bugungi kunda mazkur depozitariyda 150 mlrd so‘mlik qimmatli qog‘ozlar hisobi yuritilmoqda.

Yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish maqsadida dastlabki emissiya hajmi 2 mlrd. so‘mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi. Dekabr oyida RATB "G'allabank" bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida "Qishloq xo'jaligini qo'llabquvvatlash" loyihasi doirasidagi kredit liniyasi hisobidan kreditlar ajratish uchun shartnoma kelishuv imzolanib, 1-bosqich mablag'lari jalb qilindi.

2003 yil Bank ustav kapitali 4000 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 104534 mln. so‘mni tashkil etdi. Yevropa marketing tadqiqotlar markazi (EMRC) tomonidan bank qishloq xo‘jaligi sohasini moliyalashtirishda erishgan yutuqlari uchun “Agrobiziness-2003” tanlovining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bank va "Money Gram Payment System Inc" kompaniyasi o'rtasida xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha Kelishuv imzolandi va xalqaro pul o'tkazish shaxobchalari tashkil etildi.

May oyida bankning Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga qarashli birinchi "Money Gramm" halqaro pul o'tkazmalari shoxobchasi ochildi.

2004-yil Bankning 2003 yildagi barqaror va samarali iqtisodiy o‘sishi O‘zbekiston banklari o‘rtasida o‘tkazilgan yakuniy banklararo reytingda yetakchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Natijada bank daromadlilik darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika banklari o‘rtasida 1-o‘rinni va absalyut reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Fevral oyida bankning birinchi plastik kartochkalari muomalaga chiqarilib, mijozlarga terminallar o'rnatildi. May oyida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 2-bosqich mablag'lari ajratildi.

2005-yil Bankning mijozlar soni 61043 tani tashkil etdi, shundan 21634 tasi korporativ mijozlarni (yuridik shaxslar) tashkil etadi. Birjadan tashqari elektron savdo tizimiga ega bo'lgan "Elsis savdo" yopiq aksiyadorlik jamiyatiga sarmoya kiritib, jamiyatning moliyaviy sog'lomlashtirishga yo'naltirildi. Iyun oyida Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki tomonidan 2-bosqich mablag'lari ajratildi.

2006-yil Bankning yangi Internet sayti ishga tushirildi. S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi. Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bankning Toshkent shahar mintaqaviy filialini tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnoma olindi.

2007-yil Bank O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi doimiy a'zoligiga kirdi. Toshkent shahar mintaqaviy filiali va Bosh amaliyotlar boshqarmasi o'z ishini boshladi. Elektron xujjatlar aylanmasi joriy etildi.

Bank aksiyalari naqd shakldan naqdsiz shaklga o’tkazildi. Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish xizmati joriy qilindi.

2008-yil "Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan G'allabankga "B3/NP/E+" xalqaro reyting bahosi berildi. Bank tomonidan mijozlar uchun "SMS-banking" xizmati joriy qilindi. Rossiyaning "Russlavbank" banki va G'allabank o'rtasida "Contact" xalqaro pul o'tkazmalari joriy qilish bo'yicha kelishuv imzolandi. Bank milliy reyting shkalasi bo’yicha "Ahbor-reyting" reyting agentligi tomonidan «uzA+» reyting bahosini olgan.

2009-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi ""Qishloq qurilish bank" Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida"gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT "G’allabank" negizida OATB "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi.

Bank «VISA International» halqaro to’lov tizimiga a’zo bo’ldi. Joriy yilning 23 noyabrida bank Germaniyaning "Commerzbank"i bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish bo’yicha kelishuv bitimini imzoladi.

"Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun xalqaro reyting shkalasi bo’yicha joriy yilda berilgan va avvalgi yilga nisbatan ko’tarilgan «B2/NP/E+» reyting

bahosini «B1/NP/E+» darajasiga ko’tarilgani ta’kidlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.

2009-yil 3-avgustda bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko’mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o’z filialiga ega bo’lgan "Qishloq qurilish

invest" ixtisoslashtirilgan sho'ba injiniring kompaniyasini tashkil etildi.

2010-yil Navro’z bayrami arafasida namunaviy loyihalar asosida qurilgan dastlabki uy-joylarning kaliti o’z egalariga topshirildi. Buxoro viloyatining Vobkent tumani Panob qishlog’ida yigirmata namunaviy uy-joyning qurilishi

tugatildi va uy egalari respublikada birinchilar qatorida hovli to’yini nishonladilar.

23-mart kuni Qishloq qurilish bank va Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom Korporatsiyasi o’rtasida Dastlabki Kelishuv imzolandi. May oyida bank va "Western Union" kompaniyasi o'rtasida xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha Kelishuv imzolandi va bankning beshta filialida "Western Union" halqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari ochildi. Bankning "Qishloq qurilish invest" sho'ba korxonasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda hududiy "Qishloq qurilish servis" korxonalari tashkil qilinib, ular tomonidan bugungi kunda qurilishi

rejalashtirilgan 12 ta pishiq g’isht ishlab chiqarish, metallocherepitsa hamda yog’ochni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish bo’yicha amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi № 4053 sonli "Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora - tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga va Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo’yicha Respublika komissiyasining qaroriga muvofiq OATB "Qishloq qurilish bank" - "Buyuk ipak yo’li" Aksiyadorlik jamiyatini "nol'" qiymati bilan keyingi ikki yil davomida qayta tiklash va texnik qayta jihozlash uchun 2.175,80 mln. so’m miqdorida sarmoya kiritish majburiyati bilan o’z balansiga qabul qildi.

Bankrot korxona hisoblangan "Buyuk ipak yo’li" Aksiyadorlik jamiyati bazasida "Qishloq qurilish bank" tomonidan "Silk manufacture" MCHJ tashkil etildi "Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun berilgan «B1/NP/E+» reyting bahosi yana qayta tasdiqlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.

2011-yil OATB "Qishloq qurilish bank" va Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun kredit mablag'lar ajratilishi bo'yicha kelishuv imzolandi.

Mart oyida bankning Andijon mintaqaviy filiali qoshida "Xo'jaobod" tuman filiali ochildi. "Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan "Qishloq qurilish bank" faoliyati uchun berilgan B1/NP/E+ reyting bahosi qayta tasdiqlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar "Barqaror" prognoziga ega. "Axbor-reyting" reyting agentligi "Qishloq qurilish bank" kredit reytingini milliy shkala bo'yicha «uzA+» darajasida qayta tasdiqladi. Iyul oyida O'zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasi Dasturi doirasida moliyalashtirish bo'yicha kelishuv imzolandi.

Avgust oyida Osiyo taraqqiyot bankining Direktorlar Kengashi tomonidan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini 500,0 mln. AQSH dollari miqdorida mul'titransh moliyalashtirish Dasturi tasdiqlandi. Sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati tomonidan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko'ptranshli moliyalashtirish bo'yicha birinchi transh qarz summasini ajratish yuzasidan qaror qabul qilindi.

2012-yil Hisobot yilida bank faoliyati bo’yicha "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosiyana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" bahoga ega bo’ldi. Shuningdek, «Ahbor-reyting» reyting agentligi tomonidan bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingi qayta tasdiqlandi.

Plastik kartochkalar orqali ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “online” rejimida ishlovchi “Smart-Vista” kartochkalari muomalaga chiqarilgan bo’lib, mazkur toifadagi kartochkadan foydalanuvchilarga “SMS-Banking” xizmat turi joriy etildi.

Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini rivojlantirishga doir qabul qilingan davlat Dasturiga muvofiq, 2012 yilda respublikamiz hududlarida 8510 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirildi.

Aprelda o’tkazilgan "BANKEXPO-2012" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha milliy ko’rgazmasida bank "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi.

2013-yil Yanvar - Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil Dasturiga asosan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishini moliyalashtirishga 2013-yildan boshlab, "Qishloq qurilish bank" OATB bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda "Ipoteka bank" Aksiyadorlik tijorat Ipoteka banki jalb etildi.

Ushbu Dasturga muvofiq 2012 yilda respublikamiz hududlarida 10 000 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirilishi mo’ljallangan. Aprelda "Zamonaviy uy-joy qurilishi - qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o’zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili" mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazildi. Shu oyda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Mirmiron qishlog‘ida bankning yangi Mirmiron minibanki ish

boshladi. May oyida Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Qirqdarxon mavzesida Qirqdarxon minibanki ish boshladi. Iyun oyida "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosi yana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" baholandi. Shuningdek, "Ahbor-reyting" reyting agentligi ham bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingini qayta tasdiqladi.

Iyul oyida Buxoro viloyati, Qorako’l tumanida Qorako’l minibanki hamda Shofirkon tumanida Shofirkon mini banki ish boshladi.

"BANKEXPO-2013" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha o’tkazilgan milliy ko’rgazmada bank yana "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi.

"VI - Xalqaro investitsion moliya forumi"da moliya bozorining professional ishtirokchilari baholariga ko’ra "Qishloq qurilish bank" - "Yilning eng yaxshi innovatsion bank loyihasi" nominatsiyasiga munosib deb topildi va "Oltin portfel'" – jamoatchilik mukofoti bilan taqdirlandi. Iyul oyida Internet tarmog‘ida www.my.gov.uzmanzili bo’yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda, ushbu portalda OATB “Qishloq qurilish bank”ning shaxsiy kabineti ham o‘z faoliyatini boshladi. Oktyabr oyida «Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo’yicha eng yaxshi korxona» Respublika ko’riktanlovi yakunlariga ko’ra Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’i bo’yicha “Qishloq qurilish bank” II – o’rinni egalladi va II darajali diplom bilan taqdirlandi.

Dekabrda "Moodys Investors Service" xalqaro reyting agentligi OATB "Qishloq qurilish bank"ning moliyaviy barqarorlik faolatini ijobiy baholab, milliy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingini В2 darajadan B1 darajaga ko’tardi. Shu bilan birga xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi B2, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi E+ darajasida qayta tasdiqlandi. «Qishloq qurilish bank»ning barcha reytinglari "Barqaror" prognoziga ega.

2014-yil Yanvar oyida «Qishloq qurilish bank» «Zolotaya Korona – Xalqaro pul o’tkazmalari» xizmatiga ulandi. Shu bilan birga, 25-yanvarda O'zbekiston banklari uyushmasida Respublika tijorat banklari o'rtasida 2013-yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o’tdi. "Aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi banki" nominatsiyasida

OATB "Qishloq qurilish bank" uchinchi o’rinni egallab tanlov g'olibi sifatida e'tirof qilindi. Bundan tashqari, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi mini-banki" nominatsiyasida uchinchi o'rinni - Qishloq qurilish bankning Sariosiyo filiali "Denov" mini-banki, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi jamg'arma/maxsus kassasi" nominatsiyasida uchinchi o'rin - Qishloq qurilish bankning Yangiyer filiali 1-sonli jamg'arma kassasiga berildi.

Mart oyida OATB “Qishloq qurilish bank” Banklararo universal netting informatsion tizimiga ulandi (Mejbankovskaya universal'naya nettingovaya informatsionnaya sistema (MUNIS)). 9-10 aprel kunlari “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuasida Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari VII yillik BANKEXPO-2014 milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma so‘ngida “Qishloq qurilish bank” tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi marotaba “Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra omonatlar, kreditlar, bank-servis xizmati, ishonchli hamkor va ommabop bank nominatsiyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish bank” 8000 ga yaqin ovoz to‘pladi va tashkiliy qo‘mita

tomonidan “So‘rov natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan bank” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

2015-yil Yanvar oyida 2014-yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra bankning Xorazm viloyati Xonqa filiali - “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali ” nominatsiyasida, bankning Surxondaryo mintaqaviy filiali "Boysun" minibanki - “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida birinchi o‘rin sovrindori deb e’tirof etildi. Mart oyida o‘tkazilgan Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari YIII yillik BANKEXPO-2015 milliy ko‘rgazmasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan "Qishloq qurilish bank" to‘rtinchi marotaba "Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bundan tashqari, “Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” hamda “Eng yaxshi stend personali xizmati” nominatsiyasi bo‘yicha ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Avgust oyida ATB “Qishloq qurilish bank”ning Farg‘ona va Xorazm mintaqaviy filiallari yangi binolarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. May oyida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi bank reytingini qayta tasdiqladi:

Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi - V1/NP;

Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi - V2/NP;

Bankning barcha reytinglari prognozi - «Barqaror».

Sentyabr oyida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan ATB «Qishloq qurilish bank»iga milliy shkala bo‘yicha «Barqaror» prognozi bilan «uzA + » kredit reytingi berildi.

Oktyabr oyida Avtomatlashtirilgan bank tizimi va Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi o‘rtasida elektron ma’lumot almashuv tizimi amaliyotga joriy qilindi.

Noyabr oyida yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan 40,0 mlrd. so’mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.

2016-yil Fevral oyida 2015 yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida ATB “Qishloq qurilish bank”ning Kogon filiali ikkinchi o‘rinni, “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida ATB “Qishloq qurilish bank” Farg‘ona mintaqaviy filialiga qarashli “Farg‘ona” minibanki faxrli birinchi o‘rinni, “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida ATB “Qishloq qurilish bank” Beruniy filialiga qarashli “To‘rtko‘l” minibanki uchinchi o‘rinni egalladi.

Mart oyida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarni va ularga hisoblangan foiz to‘lovlarini 24/7 rejimida plastik kartochkalardan infokiosklar orqali to‘lash imkoniyati yaratildi. Aprel oyida fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalashni yanada kuchaytirish maqsadida, shaxsning barmoq izlari namunasidan foydalanish «Biometrik identifikatsiyalash» tizimi joriy qilindi.

Oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori asosida qishloq joylarda narx parametrlari va shinamliligiga ko‘ra yakka tartibdagi uy-joylar namunalarining uchta eng arzon turlari qo‘shimcha ravishda barpo etila boshlandi.

Oktyabr oyida «Axbor-Reyting» reyting agentligi 2015 yil yakuni bo‘yicha ATB “Qishloq qurilish bank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini «uzA + » darajasida va «Barqaror» prognozi bilan yangiladi. Noyabr oyida «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi bank faoliyati reytingini global reyting shkalasi bo‘yicha tasdiqladi:

- Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi – B1/NP;

- Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi – B2/NP;

- Moliyaviy barqarorlik reytingi – B3;

- Barcha reytinglar istiqboli - «Barqaror».

Dekabr oyida bank omonatchilari o’z depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar doirasida amaliyotlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Depozit Banking” mobil xizmati ishga tushirildi.

2017-yil Fevral oyida 2016-yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra ATB «Qishloq qurilish bank» Samarqand mintaqaviy filialining «Temir yo‘l» mini-banki «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida birinchi o‘ringa, bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy filialining «Bo‘ston» mini-banki «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi minibanki» nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

Mart oyida jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Android va iOS platformasi asosida ishlaydigan «QQB Mobile» mobil ilovasi ishga tushirildi.

Aprel oyida «Axbor-Reyting» reyting agentligi 2017 yil I chorak yakuni bo‘yicha milliy shkala bo‘yicha bank kredit reytingini «uzA+» darajasida va «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi. May oyida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan bank faoliyati uchun global reyting shkalasi bo‘yicha berilgan reyting bahosi qayta tasdiqlandi:



  • Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi – B1/NP;

  • Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi – B2/NP;

  • Kreditga layoqatlilikning asosiy bahosi – B3;

  • Reytinglar istiqboli - «Barqaror».


Download 63,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish