Kirish. 1-Mavzu: «Qishloq qurilish bank» faoliyatining umumiy tavsifi. 2-Mavzu


Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar



Download 63,76 Kb.
bet10/15
Sana31.12.2021
Hajmi63,76 Kb.
#277219
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
QQB bank hisobot

Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar.

Inkasso topshiriqnomasi — mablag‘larni oluvchining inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.

Inkasso topshiriqnomasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin.(58-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda).

Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:

a) davlat soliq xizmati organlari:

davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun; (59-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.) tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

(59-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.) tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda) fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan badallar bo‘yicha to‘lovlarni undirish uchun;

savdo tashkilotlarini istisno qilganda, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan hisoblangan yagona soliq to‘lovi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan tegishli foizini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi shartnomalar asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga undirish uchun;

(59-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-5-1 22.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2465-5/0292-son)debitorlarning bank hisobvaraqlariga o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq to‘lovchining soliq qarzi summasini undirish uchun;

(59-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda)

b) bojxona organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va jarimalarni undirish to‘g‘risida;

v) davlat ijrochilari va undiruvchilar — ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini undirish to‘g‘risida; (59-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.)tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda).

1) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari yetkazib berilgan energiya resurslari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun qarzdorlikni iste’molchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga;

(59-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/1-sonli qarori(ro‘yxat raqami 2465-5-1.

22.11.2017-y.)tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2465-5/0292-son)

g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: respublika budjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangan miqdordan ortiq o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarish uchun budjet tashkilotlarining budjet hisobvaraqlariga;

tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlari o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga;

(59-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2465-3, 08.10.2015-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 522-modda)

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlarni qaytarish va foizlar to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlar bo‘yicha qarzdorlarning milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ijro hujjatlari hisoblanadi.

Mablag‘larni ijro hujjatlari asosida undirish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari ijro hujjatining asl nusxasi taqdim qilingan taqdirda, bank tomonidan qabul qilinadi. Ijro hujjatining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, uning dublikati undiruv uchun asos bo‘ladi. Mablag‘larni ijro hujjatlarining nusxalari asosida hisobdan chiqarish taqiqlanadi.

Davlat ijrochilari tomonidan qo‘yiladigan inkasso topshiriqnomalari davlat ijrochisining qaroriga ilova qilingan holda taqdim qilinadi. Davlat ijrochilari energiya resurslari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati bo‘yicha qarzdorlikni undirishda inkasso topshiriqnomalarini bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka davlat ijrochisining qarorini ilova qilmagan holda taqdim etishi mumkin.

(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/1-sonli qarori(ro‘yxat raqami 2465-5-1

22.11.2017-y.)tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2465-5/0292-son)

Mablag‘larni ijro hujjatlari asosida undirish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari “To‘lov maqsadi” grafasida ijro hujjatining tartib raqami va sanasi, shuningdek davlat boji xarajatlari va qarz summalari alohida ajratib ko‘rsatilishi kerak. (61-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-1, 04.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 640-modda).

Inkasso topshiriqnomalarini to‘g‘ri taqdim etilishi bo‘yicha javobgarlik inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organlar zimmasiga yuklatiladi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘larni to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarishga oid e’tirozlar bank tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha mablag‘larni undirib olishni to‘xtatib qo‘yish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra yoxud sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Inkasso topshiriqnomasi sud qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.

(63-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-3, 08.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 522-modda)

Inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki jo‘natishda u bankning bosh buxgalteri va mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanadi hamda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda ustxat yoziladi:

inkasso topshiriqnomasining bankka kelib tushgan sanasi;

inkasso topshiriqnomasi bo‘yicha mablag‘ qisman to‘langan bo‘lsa, undirib olingan summaning miqdori;

inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki jo‘natish sanasi.

Inkasso topshiriqnomalari:

bir hudud ichidagi hisob-kitoblarda — mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinadi;

hududlararo hisob-kitoblarda — faqat mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinadi.

Mazkur Nizomning 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etishi yoki chaqirib olishi mumkin.

Inkasso topshiriqnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, dastlabki inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.

(66-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda)

Inkasso topshiriqnomasi bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi:

a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilganda — inkasso topshiriqnomalari to‘rt nusxada taqdim qilinadi.

Bunda inkasso topshiriqnomasining:

birinchi, ikkinchi va uchinchi nusxalari — ijro uchun bankda qoldiriladi;

to‘rtinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi;

b) bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusxada bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bunda inkasso topshiriqnomasining:

birinchi va ikkinchi nusxalari — ijro hujjatlari ilova qilingan holda ijro uchun bankda qoldiriladi;

uchinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi;

v) hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusxada faqatgina mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:

birinchi va ikkinchi nusxalari — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi;

uchinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning

hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi.

Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan inkasso topshiriqnomasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi;

uchinchi nusxasi — shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni oluvchiga beriladi;

b) bir hudud ichida hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi;

v) hududlararo hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi.

Bir hudud ichidagi va hududlararo hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka elektron to‘lovlar tizimi orqali kelib tushgan inkasso topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Elektron inkasso topshiriqnomasi nusxasi bank tomonidan mablag‘larni oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirm aga ilova qilingan holda mablag‘larni oluvchiga taqdim qilinadi.

Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi “Muddatida to‘lanmagan hisob -kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga joylashtiriladi va bu haqda mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka uch ish kuni ichida xabar beriladi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.

Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, bank tomonidan hisobvaraq qoldig‘i doirasida inkasso topshiriqnomasi bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi. Qolgan summa “Muddatida to‘lanmagan hisob kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga joylashtiriladi hamda inkasso topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘langan summa va sana ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi.

Bunda mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank uch ish kuni ichida mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag‘iga kirim qilingan summa to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi.

(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-3,

08.10.2015-y.)tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 522-modda)

Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank inkasso topshiriqnomasining o‘z aybi bilan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.


Download 63,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish