Kirish 1-bob. “Yo’lovchi vagonlarni qurish va rivojini ta’minlashdagi roli


Korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va uning temir yo’l transportidagi ahamiyati



Download 50,88 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2022
Hajmi50,88 Kb.
#409960
1   2   3
Bog'liq
Disertatsiya

1.2. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va uning temir yo’l transportidagi ahamiyati.
«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ O'zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya Xalqaro iqtisodiy xamkorlik fondi (OECF hozirgi kunda JBIC) tomonidan № 1996 yil 16 iyun kuni imzolangan UZB – P2 sonli Kredit shartnomasi doirasida “Yo'lovchi temir yo'l transportini takomillashtirish” loyihasi bo'yicha qurilgan.

Dastlab imliyozli kredit olish O'zbekiston Respublikasiga sobiq sovet davlati bo'lingandan so'ng yo'lovchi vagonlarni ta'mirlash bo'yicha mahalliy bazasini tashkil etish borasidagi O'zbekiston va Yaponiya tomonlari tomonidan iqtisodiy va texnik yordam ko'rsatish sifatida nazarda tutilgan.

Kredit shartnomasi shartlariga ko'ra “O'zbekiston temir yo'llari” AJ bajaruvchi agent sifatida, O'zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki moliyaviy agent sifatida belgilab o'tilgan. Shu sababli Kredit shartnomasi bo'yicha asosiy qarz va kredit foizlari to'lovlari majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ zimmasiga yuklatilgan.

Toshkent yo'lovchi vagonlarni ta'mirlash zavodi 2001 yil 1 iyul kuni ishga tushirildi.

Zavodning umumiy yer maydoni 103 ming m2, ulardan ishlab chiqarish va maishiy binolarga 41,691 ming m2 ajratilgan.

Yaponiya fondi tomonidan ajratilgan kredit mablag'i Germaniyada ishlab chiqarilgan 25ta yangi yo'lovchi vagonlarni xamda 388 ta texnologik uskunalarni, ulardan 354 tasi G'arbiy Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Rossiya davlatlarining yetakchi firmalaridan import qilib sotib olishga sarflangan. Ishlab chiqarishda import uskunalar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish natijasida vagonlarni barcha ta'mirlash turlarini o'rnatilgan ta'mirlash qoidalariga to'liq rioya qilgan holda sifatli amalga oshirish imkoniyatini beradi. «Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJ nafaqat “O'zbekiston temir yo'llari” AJ balki boshqa davlatlar yo'lovchi vagonlarini xam ta'mirlaydi, chunki u O'rta Osiye hududida yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash bo'yicha yagona zavod xisoblanadi. Masalan Gollandiyadan keltirilgan maxsus kameralarda vagonlarni eski kraskasidan tozalash, kraskalash va quritish ishlari amalga oshiriladi. Germaniyadan keltirilgan yuqori texnologiyali uskunadan yog'ochni qayta ishlash bo'yicha sexda foydalanish natijasida vagonlarni ichki uskunalarini ta'mir sifatini yaxshilash va ichki interьer modernizatsiyasi va t'amiri uchun ehtiyet qismlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratgan. Elektrotsexda kompьyuter diagnostikasi mavjud stendlardan foydalanish natijasida vagondagi elektr jihozlar, sxemalar va zanjirlar ta'miri sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Zavodda temir-press uskunalar, rezina-texnik va plastmassa maxsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari xam mavjud.

«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ Davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va chet el investorlarni jalb qilish jarayonini rivojlantirish maqsadida Toshkent yo'lovchi vagonlarni ta'mirlash zavodi Davlat mulk qo'mitasining 28.06.02y. kungi № 185 sonli buyrug'i xamda Toshkent shaxri Yakkasaroy tumani xokimining 16.09.02y. kungi №1189 sonli qaroriga muvofiq «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» Ochiq Aktsiyadorlik Jamiyatiga aylantirildi. 2009 yil 20 iyuldan boshlab yangi yo'lovchi vagonlarni qurish ishlari tashkil etilishi munosabati bilan «Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» Ochiq Aktsiyadorlik Jamiyatiga o'zgartirildi. 2015 yil “Aktsiyadorlik jamiyatlari” to'g'risidagi qonuni kuchga kirishi munosabati bilan «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» Aktsiyadorlik Jamiyatiga o'zgartirildi. Zavod “O'zbekisto temir yo'llari” tashkiliy strukturasi tarqibiga kiradi.

Loyiha quvvati bo'yicha Yapon mutaxassislarning texnik-iqtisodiy hisobiga ko'ra yiliga 450 vagonlarni kapital ta'mirdan chiqarish mo'ljallangan. Dastlabki 2 yil ekspluatatsiya davrida ya'ni 2001-2002 yillarda zavodda vagonlarni barcha rejali ta'mir turlari xamda birinchi (KR-1) va ikkinchi (KR-2) xajmdagi kapital ta'mir ishlari o'zlashtirildi. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy dastgoxlar va malakali mutaxassislar yerdamida xamda extiyot qismlar yetkazib beruvchilar bilan o'rnatilgan mustaxkam aloqalar orqali TEO ga kiritilmagan: elektropoyezdlarni KR-2 xajmda ta'mirlash, yo'lovchi vagonlarni xizmat davrini 15 yilga uzaytirish imkonini beruvchi kapital qayta tiklash ta'mirlash (KVR) ishlari o'zlashtirildi.

«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

• Yo'lovchi vagonlarni qo'rish;

• Yo'lovchi vagonlarni kapital va depo ta'mirlash, xizmat davrini uzaytiradigan kapital qayta tiklash ta'mirlash (KVR) va boshqa ta'mirlash turlari;

• ER-9E va ER-2 elektropoyezdlar vagonlarini kapital va xizmat davrini uzaytiradigan kapital qayta tiklash ta'mirlash (KVR);

• Metropoliten vagonlarini xizmat davrini uzaytiradigan kapital qayta tiklash ta'mirlash (KVR);

• Yo'lovchi vagonlar telejkalarini ishlab chiqarish;

• Metro vagon telejkalarini rama va nadressor balkalarini ishlab chiqarish;

• Yangi yo'lovchi vagonlarni yig'ish ishlari;

• Vagonlar ehtiyet qismlarini ishlab chiqarish va ta'mirlash;

• Korxonalarga tijorat xizmatlarini amalga oshirish;

• Barcha transport turlari uchun nostandart uskunalarni ishlab chiqarish va loyihalashtirish;

• Va hokazo ishlar.

Mustaqillik yillarida temir yo'l transporti sohasida qator xukumat qarorlari qabul qilindi.

• “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarni huquqini himoya qilish” to'g'risidagi Qonunning 38-moddasiga asosan huquqiy jamiyat Aktsiyadorlik jamiyati statusiga ega bo'ldi – «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ.

• O'zbekiston Respublikasi Prezizentining 2015 yil 24 apreldagi UP-4720 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan jamiyat korporativ boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish maqsadida «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

• ilovada «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ tashkiliy tuzilmasi qayd qilingan.

• Samaradorlikni oshirish va rivojlantirish, ichki va tashki kapital bozoridan keng foydalanish, faoliyatni va xisobotlarning shaffofligini ta'minlash maqsadida «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ koorporativ boshqaruv qoidalaridan foydalanadi. Korporativ qoidalar barcha aktsiyadorlar (ishtirokchilar)ga ularning egallagan aktsiya ulushidan qat'iy nazar adolatli munosabatni ta'minlaydi. Kichik filial va xo'jalik jamiyatlar tashkil etilganda, davlat ulushiga ega bo'lgan jamiyatlar shartnoma huquqlari va majburiyatlariga rioya qilish hamda nizolarni ko'rib chiqishni ta'minlaydi.

«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ kadrlarni tayyorlash tizimiga ega. Kadrlarni boshqarish va tayerlash bo'limi vazifalariga quyidagilar kiradi:

• Jamiyat bo'linmalarining mutaxassislarga bo'lgan ehtiyejni taxlil qilish, tarkibiy bo'linmalarda xodimlar sonini belgilangan ish hajmi va tasdiqlangan shtat jadvaliga ko'ra belgilash hamda xodimlar sonini ularni qabul qilish va bo'shatish ishlarini tahlil qilish;

• Mehnat muhofazasini ta'minlash maqsadida talab etilgan malaka va mutaxassisliklarga ko'ra jamiyat bo'linmalaga mutaxassislarni qabul qilish;

• Yuqori malakali ishchi va mutaxassislarni tajribalarini saqlab qolish, ulardan foydalanish va jamiyat bo'linmalariga tarqatish, mutaxassislik ko'nikmalarini hosil qilish, jamiyatni to'xtovsiz faoliyatini ta'minlash, yoshlarga o'rnatilgan talablarni o'rgatish, jarayonga ta'sir etmagan holda kadrlarni almashtirish maqsadida tor doiradagi mutaxassislarni ustoz shogird usullarini qo'llash yo'li bilan tayyorlash.

• Mehnat distsiplinasi xolati, kadrlar almashinuvi va oqimini o'rganish va tahlil qilish

• Jamiyatda kadrlarni boshqarish va kadrlar bilan ta'minlash effektiv tizimini tuzish.

• Raxbar lavozimlarga zaxiralarni tayyorlash va ishlab chiqish.
Zavod xodimlarining ro'yxatga olingan soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 950 nafar bo'lsa, 2021 yil 1 yanvarga 950 nafarni tashkil etadi. 2020 yil davomida zavodda malakani oshirish va qayta malakalashtirish hisobidan ishlovchilar soni va tovar maxsulotlarini ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi o'rtasida oqilona proportsiyalarga erishildi.

2020 yilda qabul qilingan majburiyatlarni bajarish uchun kadrlar siyosatini quyidagilar orqali kuchaytirish rejalashtirilgan:

• kadrlarni tanlash va joylashtirish;

• bajarilayotgan ish xajmiga mos xodimlar sonini nazorat qilish;

• asosiy mutaxassisliklarni kadrlar bilan ta'minlanishi;

• yosh mutaxassislarni qabul qilish;

• eng qobiliyatli istiqbolli yosh mutaxassislarni aniqlash va ularni malakalarini professional o'sishiga ko'maklashish va intellektual saloxiyatinidan foydalanish;

• xodimlarning malakasini oshirish, o'quv markazlarida o'qitish, qabul qilingan xodimlarga ustoz biriktirish va attestatsiya o'tkazish.

2020 yilda kadrlarni tayerlash va qayta tayerlash rejasiga muvofiq zavodda 300 nafar xodimi malakasini oshirilishi kutilmoqda.

2020 yil ish xajmini xisobga olgan xolda, 950 kishi, shu jumladan 37 nafar boshqaruv apparati xodimlari soni kutilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish maqsadida quyidagi bo'linmalarni o'z ichiga olgan korxona tuzilmasi tashkil etildi:

Boshqaruv apparati

• Ishlab chiqarish binolari va inshoatlarga xizmat ko'rsatuvchi sex

• G'ildirak-rolik sexi

• Elektrotsex

• Akkumulyator sexi

• Suv ta'minoti va isitish tizimini ta'mirlash sexi

• Ichki uskunalarni ta'mirlash sexi

• Kuzov sexi

• Bo'yash sexi

• Mexanika sexi

Yordamchi-tayyorlash sexi

• Yog'ochni qayta ishlash sexi

• Bosh mexanik bo'limi – transport - ko'tarish vositalari uskunalari bo'yicha sex

• Bosh energetik bo'limi

• Ishlab chiqarish bo'limi

• Qo'riqlash bo'yicha sex

• Yangi telejkalarni ishlab chiqarish sexi

• Vagon qurilish bo'yicha sex

• Eksperimental-instrumental sex

• Vagonlarni kompleks yig'ish bo'yicha sex

• Uyda ishlovchi xodimlar sexi

• Yangi vagonlarga detallarni ishlab chiqarish va yig'ish bo'yicha elektrotsex

Zavod xodimlarini ijtimoiy muhofazasi keng qamrovli chora tadbirlarni amalga oshirishni, jumladan, qonun xujjatlarida belgilangan rag'batlantirish xususidagi mukofotlar va rag'batlantiruvchi to'lovlarni qo'llashni o'z ichiga oladi. Zavodda mehnatga xaq tulashning muddatli va kesimli shakllari qo'llaniladi. Zavod bo'yicha ishlab chiqilgan mehnatga xaq to'lash bo'yicha Nizomlar ish xaqi to'lovi tizimini takomillashtirish, professional-malakalari turli hil gurux ishchilariga bajarilayotgan mehnatning murakkabligi, ma'suliyati va malakasiga ko'ra ish xaqqi belgilangan. «Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJ faoliyati natijasida olinayotgan daromaddan kelib chiqqan holda oylik ish xaqiga sarflanadigan mablag' miqdorini mustaqil belgilaydi.

O'z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur asosiy vositalar va yer maydoniga ega.

2020 yil 1 noyabrь holatiga ko'ra buxgalteriya hisoboti bo'yicha balansda quyidagilar hisobga olingan:

- Asosiy vositalarning balans qiymati 87 997 514 ming so'm, eskirish summasi 71 075 776 ming so'm, qoldiq qiymati 12 556 811 ming so'm. Eskirish darajasi 80.8%ni tashkil etgan.

• Nomoddiy aktivlar balans qiymati 2 066 ming so'm, eskirish summasi 2 066 ming so'm, qoldiq qiymati yo'q.

• «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ Ustav fondi 5 649 047 ming so'm, ulardan:

• “O'zbekiston temir yo'llari” AJ ulushi 90% - 5 084 143 ming so'm

• Boshqa aktsiyadorlar ulushi 10% - 564 904 ming so'm

2005 yil 1 yanvar holatiga ko'ra barcha aktsiyalar taqsimlangan.

Zavodni mavjud ob'ektlarini rekonstruktsiya qilish va qurish, texnik qayta jihozlash va kengaytirish, modernizatsiya qilish, kapital va qayta tiklash ta'miri o'z mablag'lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.



Download 50,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish