Kirish. 1 Bob


Asosiy vositalar va asosiy vositalardagi fond hisobi



Download 54,87 Kb.
bet2/9
Sana02.07.2022
Hajmi54,87 Kb.
#730181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
oxirgi

1.1.Asosiy vositalar va asosiy vositalardagi fond hisobi Asosiy vositalar-bir yil va undan ortiq xizmat qiladigan hamda har birining (komplektning) qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida belgilangan (muayyan moddiy aktivni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan kam bo‘lmagan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida yer, binolar, inshootlar, uzatkieh qurilmalari, mashinalar va uskunalar, kompyuter texnikasi va periferiya uskunalari, transport vositalari, asboblar, ishlab ehiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarían, ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, boshqa asosiy vositalar (ko‘p yillik daraxtlar va inshootlami qurish bilan bog‘liq bo'lmagan erlami yaxshilashga oid kapital xarajatlar, muzey qiymatliklari, hayvonat olami eksponatlari, sahnaga qo‘yish vositalari, namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar, texnik tashuvehi (jism)lardagi dasturlar, o‘quv kinofilmlari, Budjet tashkilotlarida qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari, ishchi va mahsuldor hayvonlar (maydalari ham), kutubxona fondlari, muzey qiymatliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonat olamining eksponatlari kiradi.Budjet tashkilotlarida har birining (komplektining) qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida belgilangan (muayyan buyumni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining 50 baravarigacha bo‘lgan, xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, buyumlar hamda baliq ovlash qurollari (to‘rlar,yoyma to‘rlar, arqonlar, merejlar va shu kabilar), qiymatidan va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, asosiy vositalar jumlasiga kiritilmaydi.Shuningdek, xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagi inventar va xo‘jalik jihozlari ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlar turkum va yalpi
ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalami tayyorlash
uchun mo‘jallangan maqsadli asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyafzallar;d) ko‘rpa-to‘shak anjomlari;e) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulator, stol ustiga qo‘yiladigan jihozlar va boshqalar);f) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarían, shuningdek ovqatlanish xonasi dasturxon-sochiqlari;g) qurilish-ta’mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtincha qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar).Asosiy vositalar balansga boshlang‘ich (dastlabki) qiymatida kirim qilinadi, qayta baholangandan so‘ng ular qayta baholash qiymati bo‘yicha hisobga olib boriladi. Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati deganda asosiy vositani barpo etish (qurish va oxirigacha qurib yetkazish) yoki asosiy vositalami sotib olish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlar qiymati tushuniladi. Asosiy vositani olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga topshirish va uni tayinlanishiga muvofiq foydalanish uchun aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xarajatlar hamda to‘langan va qoplanmaydigan soliq(yig‘im)lar budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming boshlang‘ich (dastlabki) qiymatiga kiritilmaydi. Asosiy vositaning qayta tiklash qiymati deganda asosiy vositaning qayta baholashni hisobga oigan holdagi qiymati tushuniladi. Asosiy vositalaming boshlang‘ich (dastlabki) qiymati inflatsiya sur’atlarini hisobga olib vaqti-vaqti bilan 0‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan qayta baholanadi.Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi quyidagi ikkinchi
tartibli schyotlarda (subschyotlarda) olib boriladi:
011-«Inshootlar» subschyoti;
012-«Uzatkich qurilmalari» subschyoti;
013-«Mashinalar va uskunalar» subschyoti;
015-«Transport vositalari» subschyoti;
016-«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik
inventarían» subschyoti;
017-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» subschyoti;
018-«Kutubxona fondlari» subschyoti;
019-«Boshqa asosiy vositalar» subschyoti.
Asosiy vositalar hisobi uchun xizmat qiladigan barcha subschyotlar
aktiv subschyotlardir.
010-«Binolar» subschyotida ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiymaishiy, uy-joy binolari (binolar tarkibiga ulardan me’yorida foydalanish uchun zamr bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar kiradi).
011-«Inshootlar» subschyotida stadionlar, basseynlar, yo‘llar,
ko‘priklar, yodgorlik haykallari, parklar, xiyobonlar va jamoat
bog‘larining to‘siqlari va boshqalar hisobga olinadi.
012-«Uzatkich qurilmalari» subschyotida elektr uzatish tarmoqlari,transformatsiya va energiya o‘tkazish uchun hamda suyuq va gazsimon moddalami truboprovodlar bo'yicha iste’molchilargacha bir joydan boshqa joyga o ‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan tegishli barcha oraliq moslamalari bilan birga transmissiyalar va truboprovodlar hisobga olinadi.013-«Mashinalar va uskunalar» subschyotida kuchlanish mashinalari va uskunalar, ish mashinalari va uskunalar, o‘lchov asboblari, muntazamlashtirib turuvchi asboblar va qurilmalar, laboratoriya uskunalari, meditsina uskunalari, boshqa mashinalar va uskunalar. Boshqa mashinalar va uskunalarga: stadionlar, sport maydonlari va sport binolari jihozlari; o‘quv yurtlaridagi kabinetlar va ustaxonalaming jihozlari; musiqa asboblari, videoapparaturalar, videoikkiliklar, videopleyerlar, televizorlar, radioapparaturalar, uyali aloqa apparatlari, radiotelefonlar,peydjerlar, ilmiy ishlar bilan shug'ullanuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlaming maxsus uskunalari, ATs jihozlari, o ‘t o'chirish mashinalari, o ‘t o‘chiruvchi avtotsistemalar, o‘t o‘chirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, muzlatkichlar, chang yutgichlar, konditsionerlar, mikroto‘lqinli pechkalar va boshqalar
kiradi.
015-«Transport vositalari» subschyotida odamlami va yuklami
tashishga mo'ljallangan barcha turdagi vositalar hisobga olinadi.
016-«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik
inventarían» subschyotida uskunalar, ishlab chiqarish inventarían va
jihozlari hamda xo‘jalik inventarían hisobga olinadi.
017-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» subschyotida ishchi kuchi
sifatida ishlatiladigan hayvonlar (otlar, tuyalar, eshaklar va boshqa
ishchi hayvonlar) va mahsulot (bola, sut, jun va boshqalar) beradigan
hayvonlar (sigirlar, xo‘kizlar, zotdor biyalar, qo‘ylar va boshqalar)
hisobga olinadi.
018-«Kutubxona fondlari» subschyotida kitoblaming ayrim nusxalari
qiymatidan qat’iy nazar, ilmiy, badiiy va o ‘quv adabiyotlari, adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar hisobga olinadi.
019-«Boshqa asosiy vositalar» subschyotida ko‘p yillik daraxtlar va
ekinlar (ko‘kalamzorlashtirish, dekorativ, mevali daraxtlar, o‘tqazilgan
daraxt va jonli izgorodlar), erlami yaxshilashga oid kapital xarajatlar,
qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, qishloq o‘jalik
mashinalari va qurollari, muzey qiymatliklari (muzey eksponatlaridan
tashqari), hayvonot bog‘lari va shunga o‘xshash tashkilotlardagi
hayvonat olami eksponatlari, namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar
va boshqalar yuqorida keltirilgan asosiy vositalami hisobga oluvchi
subschyotlarda hisobga olinishi ko‘rsatilmagan asosiy vositalar hisobga
olinadi.Yangi asosiy vositalami sotib olish va ulaming eskirganini qayta tiklash bilan bog‘liq barcha xarajatlar budjetdan olingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.Asosiyvositalamingboshlang‘ich(qayta tiklash) qiymati, hisoblangan eskirish summasi va asosiy vositalaming qoldiq qiymati balansning uzoq muddatli aktivlar qismidagi tegishli moddalarda qaydqilinadi. Asosiy vositalaming qoldiq qiymati deganda asosiy vositalaming boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatidan yig‘ilgan eskirish summasini chegirish natijasida hosil bo‘lgan qiymat tushuniladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatiga teng miqdorda fond
tashkil etiladi, bu fondni hisobga olish uchun ikkinchi tartibli passiv 250-
«Asosiy vositalardagi fond» schyoti (subschyoti) qo‘llaniladi. «Asosiy
vositalar» schyotlarida ko‘rsatilgan asosiy vositalaming summasi,
asosiy vositalaming eskirishi summasini hisobga olgan holda, 250-
«Asosiy vositalardagi fond» subschyotining summasiga hamma vaqt
teng bo‘lishi kerak.Asosiy vositalar budjet tashkilotiga (omborga) kelib tushganda moddiy javobgar shaxs mol yetkazib beruvchining hujjatida yoki qabul qilib olish dalolatnomasida ana shu qiymatliklami qabul qilib olgani haqida imzo ehekishi kerak.
Asosiy vositalar sotib olinganida ulami sotib olish qiymatlariga
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:Debet 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari;Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.
Bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkinchi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-
«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari
oluvchilarning xarajatlari» subschyoti)',Kredit 250- «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.Asosiy vositalami sotib olish bo‘yicha operatsiyalami subschyotlarda bunday hisobga olish tartibi ulaming butligi va mavjudligi hamda hisobning to'laligini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir.Asosiy vositalami tashib kelish, o‘matish va montaj qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-
«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari
oluvchilarning xarajatlari» subschyoti)',Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.Asosiy vositalar ombordan foydalanishga budjet tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan 434-shakldagi yukxati (nakladnoy, talabnoma)
bo‘yicha beriladi. Bunda yukxati (nakladnoy, talabnoma) bir nusxada
yoziladi.Qonunda belgilangan tartibda bepul olingan va bcpul berilgan asosiy vositalar hamda ishdan chiqqan asosiy vositalar hisobda balans qiymati bo'yicha aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotning qaroriga
muvofiq bepul bcrilganida quyidagi ikkita buxgaltcriya provodkasi
tuziladi:
1) Bepul berilgan asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash)
qiymatiga:Debet 010-013, 015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotiari;
Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.Bir vaqtning o‘zida bepul berilgan asosiy vositalaming eskirish summasi bo‘lsa, u holda bu eskirish summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.Barcha asosiy vositalar budjet tashkilotining rahbari buyrug‘i bilan
2016222228tayinlangan lavozimli shaxslaming mas’ul javobgarligida bo‘lishi kerak.Asosiy vositalar hisobi inventar obyektlar doirasida ulami saqlash joylari va javobgar shaxslari bo'yicha olib boriladi. Asosiy vositalami saqlash uchun javobgar bo‘lgan shaxslar asosiy vositalami omborda hisobga olish kitobini yuritadi. Masul javobgar shaxslar asosiy
vositalaming saqlanishini kuzatib boradi va barcha o ‘zgarishlaming
hisobini yuritadi. Mas’ul javobgar shaxs almashganda uning
javobgarligida bo‘lgan asosiy vositalar inventarizatsiyasi o ‘tkaziladi va
bu haqda qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma budjet tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Asosiy vositalar hisobi, kutubxona fondlaridan tashqari, tiyinlarsiz
to‘liq so‘m hisobida olib boriladi.Asosiy vositalaming butligi ustidan nazoratni ta’minlash va hisobni tashkil qilish uchun har bir obyekt(buyum)ga, inventar raqami beriladi.
Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki
obyektning o ‘ziga bo‘yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi.
Asosiy vositalaming obyektiga berilgan inventar raqami uning muayyan
budjet tashkilotida bo‘lgan butun davri davomida saqlanib qoladi.
Hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlaming inventar raqamlari
yangidan olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak.
Yumshoq inventar buyumlar maxsus muhr (shtamp) yordamida,
yuvganda o ‘chmaydigan bo‘yoq bilan markalanadi. Maxsus muhr
(shtamp)da budjet tashkilotining nomi, buyumlar foydalanishga
berilganda esa, qo'shimcha ravishda, foydalanishga berilgan yili va oyi ham bo'lishi kerak.Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi 01-«Ijaraga olingan asosiy vositalar» subschyotida ijaraga beruvchilar tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi.
Asosiy shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekti (buyumi) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar AV-9 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. AV-6, AV-8 va AV-9 shakllardagi inventar kartochkalar AV-10 shakldagi asosiy vositalaming inventar kartochkalarini xatlashda ro'yxatga olinadi.
AV-6 shakldagi inventar kartochka binolami, inshootlami, uzatkich
[o’quv jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlarini hamda transport
vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan
budjet tashkiloti ichida joydan-joyga ko‘chirilganda tegishli yozuvlar
mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi.
AV-8 shakldagi inventar kartochka ishchi hayvonlami, mahsuldor
va zotdor mollami hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlami va
yemi yaxshilashga doir kapital xarajatlami hisobga olish uchun xizmat
qiladi.AV-9 shakldagi inventar kartochka kutubxona fondlarini va
sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun m o‘ljallangan.Kutubxona fondlari uchun bitta kartochka ochiladi. Unda hisob faqat pul ifodasidagi umumiy summada yuritiladi. Bundan tashqari, kutubxona xodimlari tomonidan kutubxona fondini miqdor bo‘yicha tezkor hisobi, har bir kitob bo‘yicha uning miqdori va bahosi ko'rsatilgan holda, olib boriladi.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalariga amortizatsiya ajratmasi
hisoblanmaydi, balki belgilangan tartibda eskirish hisoblanadi. Eskirish
binolar va inshootlar, uzatkich qurilmalar, mashinalar va uskunalar,
ishchi hayvonlar, transport vositalari, ishlab chiqarish (jihozlari bilan
birga) va xo'jalik inventarlari, foydalanish yoshiga (voyaga) yetgan
ko‘p yillik daraxtlar bo'yicha aniqlanadi. Eskirish: arxitektura va
san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan binolar va inshootlar; kabinet va
laboratoriyalarda o ‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan
uskunalar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan
modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar; mahsuldor
mollar, qo‘toslar, ho‘kizlar, kiyiklar, hayvonot olamining eksponatlari
(hayvonot bog'i va shunga o‘xshash muassasalarda); foydalanish
yoshiga yetmagan ko‘p yillik daraxatlar; kutubxona fondlari, filmlar
fondi, sahnaga qo‘yish jihozlari, badiiy va muzey qiymatliklari; ichki
kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar bo‘yicha
aniqlanmaydi. Eskirish, shuningdck, chet elda joylashgan tashkilotlaming asosiy vositalari uchun ham aniqlanmaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish 0 ‘zbekiston RespublikasiMoliya vazirligi tomonidan
belgilangan tartibda o‘matilgan foizlar bo‘yicha hisoblanadi.
Asosiy vositalaming eskirishini hisobga olish uchun ikkinchi tartibli
020-«Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti qo‘llaniladi. Budjet
tashkilotlarida asosiy vositalaming eskirish summasi yuqorida keltirilgan
m e’yorlar bo‘yicha to‘liq kalendar yil uchun (hisobot yilining qaysi
oyida olinganligidan yoki qurilganligidan qat’iy nazar) aniqlanadi. Bu
subschyot passiv subschyot hisoblanadi.
Asosiy vositalaming eskirishi hisoblanganida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.Asosiy vositalaming AV-6, AV-8 shakldagi inventar kartochkalariga
ulaming yillik eskirish me’yori va summasi, eskirish so‘nggi marotaba
hisoblanadigan yil yozib qo'yiladi. Eskirish summasi asosiy vosita
qiymatining 100 foizidan oshmasligi kerak. Asosiy vositaning qiymatini
100 foiz miqdorida eskirish hisoblangan, lekin undan kelajakda hali
foydalanish mumkin bo isa ham uni, to‘la qiymatga teng bo‘lgan eskirish
hisoblangani sababli, hisobdan chiqarishga asos bo‘la olmaydi.


Download 54,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish