Kiris h kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Qissalarda psixologik tasvir



Download 55,7 Kb.
bet4/7
Sana17.07.2022
Hajmi55,7 Kb.
#813395
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu

2.2. Qissalarda psixologik tasvir
XX asr davomida qissa shakli ,ifoda usullari juda ko`p o`zgarishlarga duch kelgan bo`lsa ham , inson talqini uzoq vaqt o`zgarishsiz qoldi. Faqatgina asr so`nggida , nosirlarimiz insonni anglash, uni boricha tasvirlash borasida mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo`ldilar.
XX asrning so`nggi choragida yaratilgan o`zbek qissalarida voqelikni falsafiy-ruhiy tahlil qilish , qahramon ruhiyatiga, ichki olamiga nazar tashlash, inson umrining mazmuni to`g`risida chuqur mulohaza qilish tamoyili kuchaydi. O`zbek qissachiligida Murod Muhammad Do`st, Tog`ay Murod, Erkin A`zam, G`affor Hotamov, Xurshid Do`stmuhammad kabi navqiron avlod vakillari bo`y ko`rsatdi. Ularning asarlarida milliy o`zlikni saqlab qolishni burchi deb hisoblagan, o`z hayoti ma`nosini anglashga intilayotgan , o`z-o`zini taftish qilayotgan qahramonlar paydo bo`ldi. Qahramonlar ruhiyatidagi bunday “ichki faollik” qissachilikdagi psixologik asosni quyuqlqshtirdi desak mubolag`a bo`lmaydi.psixologiya sohasi bo`yicha o`z maktabiga asos solgan olim S.L.Rubinshteynbadiiy asarda inson ruhiyatining tasviri haqida shunday deydi:” Ichki hayoti bilan hisoblashib yashovchi har qanday odam bosib o`tgan yo`lini tahlil qilish uchun ortga qarar ekan, ongida umrining alohida betakror ,shukuhli onlari yorqin kechinmalar sifatida chuqur iz qoldirganligi bilan bog`liq xotiralar uyg`onadi. Qahramon psixologiyasini tasvirlar ekan,so`z rassomlari aynan uning kechinmalari –o`sish, kamolotga erishishdagi individual yo`lini hayotining burilish pallalari sifatida yoritishga intilishlari bejiz emas. Ittifoqo, inson kechinmalari- bu uning real hayotining subyektiv tomoni, shaxs umr yo`lining subyektiv aspektidir”4 Avvalgi yillar qissachiligida asosan davr g`oyalarini tashiydigan , har sohada fidolor, o`zi va o`zligini emas, balki omma manfaatlarini o`ylaydigan qahramonlar guruhi yaratildi. Yangi yaratilgan qissachilik qahramonlari o`zgalar manfaatlarini emas,o`zligini anglashga e`tabor qaratdilar. Yozuvchilarimiz an`anaviy qissachiligimizda keng qo`llanib kelingan ichki monolog, g`azab, qahramonning o`y-fikrlari,mulohazalari xatti-harakatlaridagi ritmik o`zgarish kabi inson psixologiyasida yuz beradigan holatlarni o`ziga xos uslubda tasvirlash yo`liga o`tdilar.
Qissa o‘zbek adabiyotining tarixiy rivojlanish jarayonida yozuvchilar tomonidan eng ko‘p qo‘l urilgan janrlardan biri bo‘lib kelmoqda. Tadqiqotlarda aytilganidek, qissa davr talablariga javob berish barobarida ma’rifiy-tahliliy sifatlarni o‘zida jamlash va janr tizimi tarkibidagi turli-tuman munosabatlar: voqealar bayonidagi qat’iy aniqlik va hujjatlilikka intilish, inson tasvirida roman va hatto epopeya amalga oshiradigan vazifalarni ham zimmasiga olmoqda. Mohir so‘z san’atkori qo‘lida qissa o‘ziga xos, mustaqil, original darajada mazmundor va murakkab tarkibli, ammo o‘z tabiatiga sodiq – kitobxonni hikoya qilinayotgan voqeaning chinligiga ishontirish barobarida insonni bilish, anglash, anglatish odatini ham tark etgani yo‘q
O‘zbek adabiyotida qissa janrining XX asr so‘nggi choragidagi taraqqiy topish jarayoni silliq kechdi, deb bo‘lmaydi. Bu davrga kelib o‘zbek nasridagi g’oyaviy-badiiy izlanishlar, milliy adabiyotning o‘ziga xosligi aynan qissalarda o‘zining yaqqol aksini topa boshladi. O‘sha yillari yozilgan qissalar, keyinchalik, istiqlol davri o‘zbek adabiyotining yirik epik shakli – roman janri rivojini har tomonlama belgilab berdi. Bunga oddiy misol qilib, “Ot kishnagan oqshom” qissasining kompozision-hikoya usuli, uslubiy qurilishi “Otamdan qolgan dalalar” romaniga asos bo‘lganini aytishimiz mumkin.
Shu o‘rinda, turli janrlarning bir xil bo‘lmagan psixologik o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egaligiga to‘xtalish lozim. Zotan, psixologizm qissada romandagi kabi keng ko‘lam kasb etmasa-da, janr imkoniyatlari doirasida o‘ziga xos tarzda bo‘y ko‘rsatadi. Holbuki, inson ichki dunyosini tasvirlash – psixologizm – bu obrazni qurish, tasvirlash, u yoki bu hayotiy xarakterni tushunib yetish va baholash usuli ekan, qissa janri ham shunday tahlil uchun munosib maydon bo‘la oladi.
Psixologizm, ijod mahsuli qaysi janrda yozilganidan qat’i nazar, badiiy asar strukturasida ham, uning g’oyaviy-obrazli mazmundorligida ham o‘zini namoyon qilish orqali matnni badiiy jihatdan uyushtirishning barcha qatlamlari ich-ichiga singib ketadi. Bu esa, psixologizm – badiiy asar poetikasining konstruktiv komponenti ekanligidan dalolat beradi.
Qissa roman bilan hikoya oralig`idagi janr hisoblanadi. Shuning uchun ham qissalarda ba`zan roman yoki hikoyaga xos unsurlar uchrab turadi. “Qissa bu- bir kishi va u bilan hayoti bog`liq bo`lgan bir necha kishining taqdiri o`rtacha hajmda tasvir etilgan , ammo hayotning keng manzarasini chizib berishni o`z oldiga vazifa qilib qo`ymaydigan asarlar janriga mansubdir”5 Yana bir adabiyotshunos olim Quronov ham ushbu janr haqida quyidagicha fikrlarni bildirgan: “…hikoya-qissa-roman uchligi epik janrlar tizimining umurtqasi- yadrosi deyish mumkin. Uchlik markazida joylashgan qissa g`oyaviy- badiiy jihatlari bilan hikoya tomon ham, roman tomon ham siljiy oladi”6 Demak, hikoyaga sig`magan ammo romanga yetmagan ijod namunalari qissa janrida o`z aksini ko`rsatadi.
Qissanavislarimiz ichida o`zining o`tkir qarashlari ,o`ziga xos uslubi bilan qalam tebratayotgan yozuvchilar talaygina. Mustaqillik yillarida Omon Muxtor, Shukur Xolmirzayev, Tog`ay Murod, Xurshid Do`stmuhammad kabi yozuvchilarimizning modernistik usulda yozgan asarlari o`quvchini yangicha fikrlashga undaydi. Ayniqsa Xurshid Do`stmuhammad qissanavis sifatida olam va odam muammolarini yechishda yangicha uslubdan foydalandi. Ya`ni uning qissalarida ijtimoiy muammo emas inson ruhiyatida kechayotgan muammolar bosh planga chiqadi. Ijodkorning “ Kuza…”, “Oromkursi”, “Panoh”, “Nigoh”, “So`roq” “Hijronim mingdir mening”, kabi qissalarini o`qigan kitobxon dastlab oddiy bir voqeani o`qiganday bo`lishi mumkin, lekin mana shu oddiylik zamirida insonni fikrlashga , chuqurroq o`ylashga , mulohaza qilishga undovchi kuch bor. Bu kuchni anglash uchun kitobxondan teran mushohada , tajriba va bilim talab etiladi. Xususan “So`roq” qissasida o`tgan asrimizning 80-yillaridagi voqealar qalamga olingan. “Paxtaqaynar” deb nomlangan oddiy qishloq odamlarining qandaydir uchar barkashda kelgan noma`lum jismlarning bergan savollaridan tahlikaga tushib qolganliklari tasvirlanadi. Asarda qishloq odamlarining faqat buguni bilan yashashi ertangi kuni haqida o`ylamasligi, paxta zavodidagi turli adolatsizliklar, qo`shib yozishlar tanqid ostiga olingan. Ushbu qissa bilan tanishib chiqqan kitobxon unga turlicha qarashi mumkin. Bir tomondan sovet davri mustamlakachilik siyosati, xalqimizning ahvoli ochib berilganligini, ikkinchi tomondan esa hech bir inson vijdoniga qarshi ish qilmasligi, qachondir barcha amallari uchun javob berishi kerakligini tushunib yetadi. Asarni ikki tomondandan tahlilga tortsak ham uning mazmuniga va g`oyasiga putur yetmaydi. Bu esa yozuvchining o`ziga xos individual uslubga ega ekanligini ko`rsatadi. Qissaning bosh qahramoni Bozor ismli yigit. U uylangandan so`ng qarzlarini to`lash uchun traktorchilikdan paxta zavodiga yuk tashuvchi bo`lib ishga kirgan. Barcha voqealar ana shundan keyin boshlandi. Asar syujetini Bozorboy, Narziqul aka, Davlatov, Rahmatov, Aminvoy guppi, Shabnam kabi qahramonlar hayotidagi v oqealar tashkil etadi. Asar hadisdan olingan shunday satrlar bilan boshlanadi: “So`roqqa tutilmay turib o`zlaringni o`zlaring so`roq qilinglar.”
Voqealar “Paxtaqaynar” deb nomlangan qishloqda bo`lib o`tadi. Bu nom ham bejiz tanlanmagan. Bundan Sovet davrida mamlakatimiz paxtazorga aylantirilganiga,aholimizni esa tong sahardan to shomga qadar paxta terishga majbur qilinganligiga ishoralarni ko`rishimiz mumkin. Asarda keltirilgan “oqsoqol”dan kelgan xatda shunday so`zlar yozilgan: “Paxtaqaynarliklar halovatni paxta terimidan topadilar”. Qissada yosh-u qari paxtaqaynarliklarning barcha aholisi paxta yig`im terimiga safarbar etilishini, buning oqibatida hech qanday idoralar, davlat muassasalari hatto kasalxonalar faoliyati ham to`xtatilganligini Narziqul aka va Bozorboyning kasalxonadagi voqealar aks etgan o`rinlarda aniqroq ko`rishimiz mumkin.
Muallif o`zi aytmoqchi bo`lgan fikrlarni qissa qahramoni Bozorboyning o`y-hayollari, fikrlari, asar qahramonlari bilan bo`lgan dialoglari orqali kitobxonga yetkazadi. Asarda uning shunday so`zlari bor: “…hamma-chi… o`zidan qo`rqadigan bo`p qolgan… O`zim kimman , qandoq ishlar qip yuribman dunyoda, gunohim bormi-yo`qmi, durust odammanmi yoki turish-turmushim xudoyu bandasiga malolmi, birov tuyqus so`rab qolsa, qisti –bastiga olib so`roqqa tutib qolsa o`takam yorilmaydimi, cho`chimay netmay javob qaytara olamanmi, yo`q, bularni o`ylamaydi. O`ylashga qo`rqadi…” haqiqatan ham inson qachondir o`z qilgan ishlariga, amallariga javob berishini unutmasligi lozim. Ushbu qissada har bir insonning hayotidagi kelib chiqadigan turli muammolar, o`zini o`zi so`roqqa tutmasligining oqibatida kelib chiqishining guvohi bo`lamiz.
Yana bir o`rinda qahramonning ruhiy holatini yanada yorqinroq ko`rishimiz mumkin: “…kuning shunday savollarga qoladiki,ularga hech qanday qudratli suyanchiqlaring javob berolmaydi, balki savollarga faqat va faqat o`zing , tanho o`zing javob berishingga to`g`ri keladi va yo, tavbalar bo`lsinkim, yo, alhazar!... eng oddiy savollarga javobing yo`qligini yohud eng oddiy savollar oldida gangib qolayotganingni anglaysan…” Ushbu satrlar orqali ijodkor kishini yanada sergaklikka chaqiradi. Inson har bir ishi uchun kuni kelib albatta o`zi faqat va faqat o`zi javob berishini, savol-javobda vijdoni va amallaridan boshqa hech narsa yordamga kelmasligini yana bir bor esga olishga majbur qiladi.
Asarning yana bir qahramoni Narziqul aka ham so`roqqa tutilgach g`alati holatga tushib qoladi: ” “tez yordam” kasalxonaga yetib bora-borgunicha Bozor Narziqul amakining dovdir-sovdir alahlashiga dam kulib, dam jiddiy tortib qarab keldi. Amaki nuqul “Tavba qildim… tavba qildim”, der, na Bozorni, na hamshira juvonni tanimay boshini kaftlari orasiga olib qisar, ko`z ochib atrofga qarashga yuragi betlamas,dam-badam sapchib turib xuddi g`arq bo`layotgan odamdek Bozorning qo`llariga , tizzalariga tarmashardi” Muallif Narziqul aka misolida tavba qilishni so`roq paytiga qoldirmasligimizni , balki undan avvalroq gunohlarimiz uchun tavba qilishimiz lozimligini, vijdonimizga qarshi ishlarni qilmasligimiz kerakligini uqtirmoqda. Zero , o`z hatti- harakatlarini taftish qiladigan insonning dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boraveradi. Aksincha qilgan ishlari haqida o`ylamaydigan kishilarni qanday noqulay ahvolga tushib qolganliklarini asar qahramonlari hayoti orqali ko`rishimiz mumkin
Adabiyotshunos Abdulla Ulug`ov Xurshid Do`stmuhammad qissalari haqida shunday fikrlarni bildiradi: “ Xurshid Do`stmuhammad asarlari , xususan qissalari adabiyotning asl asarlari singari hayot hodisalari haqida o`ylab , fikr yuritadigan odamlar olami bilan yaqindan tanishtirib, har birimizni o`zimizning fe`l-atvorimiz, xulqimiz to`g`risida o`z-o`zimizga savol berishimizga , ko`rib –kechirganlarimizni tahlil etishga, turmush voqeligiga turli tomondan qarab , mushohada yuritishga undaydi va ongimizda yangi olam yaratadi.”7
Xulosa o`rnida aytishimiz mumkinki, X.Do`stmuhammad asarlarida psixologizm juda katta o`ringa ega. Asarlaridagi turli voqealar, turfa taqdirlar kitobxonni chuqur o`yga toldiradi. Muallif kitobxonning asar qahramonlaridagi holatlarini o`zida his qilib o`z-o`ziga savol berib xulosalar chiqarishini maqsad qilgan. Zero , Nazar Eshonqul aytganidek: ” Ijod- ilohiyatni botinan his qilish va o`zi his qilganlarni boshqalarga ham aytish ehtiyoji. Shunga ko`ra ijod har bir yangi asar yozilayotganda yozuvchilikning qaytadan tug`ilishi, qaytadan olamni anglashi, qaytadan hammasini boshdan kechirishi bo`lsa kerak”8 Haqiqatan ham qissani o`qigan o`quvchi olamni qaytadan anglashni boshlaydi. Yana bir olim Xotam Umurov o`zining “O`zbek romanida psixologizm prinsiplari ,shakllari va vositalari”maqolasida shunday yozadi: “ Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi bosh omildir”9.
Xurshid Do`stmuhammad o`z asarlari bilan, xususan qissalari bilan adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo`sha oladigan adiblarimizdan desak mubolag`a bo`lmaydi. U yaratgan asarlarda qahramon psixologiyasi harakatda aks etadi,uning xatti-harakatlarida fikrlar va tuyg`ular oqimi beriladi. Asar qahramonlari ruhiy kechinmalarini muallifgina emas , balki qahramonlarning o`zlari ham o`z hissiyotlarini ,hayotiy tushunchalarini analiz qiladilar.


Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish