Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

Perebivka 
Perebivka  so‘zi  rus  tilidagi  perebit  –  bo‘lmoq,kesmoq 
so‘zidan  olingan  bo‘lib,  montajda  bu  so‘zni  chalg‘itish,  fikrni 
bo‘lish  ma’nosida  ishlatiladi.  Montajda  perebivka  ....  uchun 
ishlatiladi. 
Bir epizod ichida qo‘shni kadrlardagi, ya’ni o‘zidan oldingi 
va keyingi kadrlardagi ob’ektlarni o‘zida aks ettirmagan alohida 
kadrga perebivka deyiladi. 
«Perebivka»  uchun  kinematografchilar    va  televizion 
ishchilar  –deyarli  mo‘jizaviy  so‘z,  sehri  atam  desak  ham 
bo‘ladi.Nazarimizda,  bu  so‘zning  kuchini  hatto  maktabda 
birinchi  sinf  o‘quvchilari  va  “ilg‘or”  bog‘cha  bolalari 
hambilishadi. 
Bu  usulning  kelib  chiqishi  ham  ekranda  vaqtning  tabiiy 
oqiminibuzish  bilan  bog‘liq.  Perebivka  usuli–tomoshabin 
diqqatini 
vaqtincha 
boshqa 
bir 
ob’ektgayoki  voqeaga 
chalg‘itishga  vatomoshabin  chalg‘iganvaqtdan  foydalanib 
qahramonning mazkur epizoddagi bir ishni yakunlab boshqa bir 
harakatniboshlab 
olishini 
ta’minlashga 
qaratilgan.Albatta,rejissyor  bu  usuldan  qahramonning  biror 
ishni  oxiriga  yetkazib  bo‘lib  keyin  boshqa  yana  bir  ishni 
                                                      
41
leytmotiv– asarning asosiy g‘oyasi, ilgari surilayotgan fikr. 


202
 
 
boshlashini  kutib  o‘tirgisi  va  bu  uzoq  davom  etadigan  jarayon 
bilan  tomoshabin  vaqtini  o‘g‘irlashni  istamagan  paytda 
foydalanadi. 
Perebivka  kadri  montaj  ketma-ketligida  doimo  ekranda 
kechayotgan  voqeaning  tabiiy  vaqt  oqimida  hosil  bo‘lgan 
uzilishni  to‘ldirish  uchun  foydalaniladi.Bir  tomondan  qaralsa 
perebivka  –bu  qahramonning  aslida  yuz  berishi  kerak  bo‘lgan 
uzluksiz  harakatini  atayin  uzib  qo‘yish  demakdir.Lekin  boshqa 
tomondan,perebivka 
usuli 
tomoshabingaana 
shu 
vaqt 
qisqarishini  sezilmaydigan  qilish  uchunham  ishlatiladi.  Bu  usul 
–  tomoshabinda,  aslida  uzilgan  qismlardan  iborat  bo‘lgan 
voqealarni  xuddi  uzluksiz,  yaxlit  va  vaqt  bo‘yicha  tabiiy 
rivojlanayotgandek  taassurot uyg‘otishni nazarda tutadi. 
Bu  usulning  asosida  oddiy  hayotiy  o‘xshashlik  yotadi. 
Bezorilarbiror odam bilan atayin urush chiqarish uchun shunday 
usuldan  foydalanishadi.  Sizning  jig‘ingizga  tegish  uchun  atayin 
kichikroq  vakillarini  yuborishadi.  U  sizni  boplab  so‘kadi.  Siz 
asabiylashasiz,  ana  u  surbet  yigitchani  ta’zirini  berib  qo‘yishga 
shaylanasiz.  Biroq,  shu  onda  sizni  kimdir  chaqiradi.  Siz 
beixtiyor  ovoz  kelgan  tomonga  qaraysiz.  “Bopla  uni,  ta’zirini 
berib  qo‘y”–deydi  sizga  g‘alamis.  Siz  o‘z  nigohingizni  yana 
pakana yigit tomonga qaratasiz. Ne ko‘z bilan ko‘ribsizki uning 
o‘rnida  har  bir  mushti  kalladay  keladigan  davangirday  yigit 
turibdi. 
Siz  ovoz  kelgan  tomonga  angraygan  paytingizda,  yigitlar 
almashib  olishgan,  vaziyat  o‘zgargandi.  Mana  sizga  perebivka 
usuliga yaqqol misol. 
Ekran 
san’atida  rejissuraning  vazifalaridan  biri  –
chegaralangan  ekran  vaqti  doirasida  asarning  eng  yorqin  va 
ifodali  qismlarni  tanlab  olish  va  ikkinchi  darajalilarini  chiqarib 
tashlash  yo‘li  bilaniloji  boricha  ko‘proq  ma’lumot  berishdir. 
Perebivka  ijodkorlarga  bu  vazifani  ko‘p  hollarda  aynan  elegant 
va  oddiy  usulda,  sezilmaydigan  qilib,  badiiy  omillarni 
yo‘qotmagan holdabajarishga yordam beradi. 


203
 
 
Yana  bir  oddiy  misolga  e’tibor  qaratamiz.  Televizion 
tasvirga 
olish 
guruhi 
mashxur 
iqtisodchi-akademikning 
kvartirasigakelishdi.  Undan  zamonaviy  dolzarb  bir  masala 
bo‘yicha  intervyu  olish  kerak  va  intervyuningfaqat  uch  minutli 
qismi ko‘rsatuvdan joy oladi. 
Chiroqlar  qo‘yilgan,  kamera  yoqilgan,  birinchi  savol  ham 
berildi. Tasvirga olish boshlandi. 
Barcha  savol  va  javoblarni  tasvirga  olish  uchun  15  daqiqa 
vaqt  sarflandi  va  bu  vaqt  davomida  kamera  faqat  akademikni 
tasvirga  olib  turdi.  Material  montaj  qilish  uchun  studiyaga  olib 
borildi.  Tasvirga  olingan  materiallar  rejissyor  va  montajchining 
qo‘liga  kelib  tushdi.  Akademik  bildirgan  fikrlar,  uning  nigohi, 
qo‘l  harakatlarijuda  qiziqarli  va  original.  Biroq  15  daqiqalik 
videomaterialdan  faqat  3  daqiqasini  qoldirish  mumkin  xolos. 
Montajchi  rejissyorning  rahbarligi  ostida  intervyuning  eng 
yaxshi va qiziqarli qismlarini tanlab oladi, ularni kesib oladi va 
bu qismlarni shunchaki birin-ketin birlashtirib chiqadi. Natijada 
3 daqiqa 10 soniyalik rolik paydo bo‘ldi. Vazifa bajarildi desak 
ham bo‘ladi. Ekranga qaraymiz: daxshat! 
Intervyu  berish  davomida  akademik  yetti  marta  huddi 
elektr  stolida  tok  urgandek  sapchib  ketdi.  So‘zlarini  esa  juda 
yaxshi gapirgan! 
80-yillarda  bu  intervyu  huddi  shu  ko‘rinishda  efirga 
uzatilivergan  bo‘lardiyam.  Biroq  keyinchalik,  20-asr  oxiriga 
kelib  kimdirbu  holatga  chek  qo‘ydi.  Zamonaviy  elektronika 
boshqa  “mo‘jizalarni”  yaratishga  ham  imkon  bera  boshladi. 
Kadrlar  ulangan  choklarga,  birinchi  kadrdan  ikkinchi  kadrga 
o‘tganda qahramon holati o‘zgarib qolgan vaziyatlarda, masalan 
boshi  bir  oz  egilib  qolgan  yoki  qo‘lini  bir  oz  ko‘targan  va 
hokazo  holatlarda  ana  shu  chok  o‘rtasiga  bir  lahzalik  oq  ekran 
tasvirini montaj  qo‘yib efirga beraverishgan. 
“Aqlli  boshlar”  akademik  va  tomoshabinni  o‘zaro  o‘rin 
almashishga  majbur  qilishdi.  Akademik  endi  ekranda  juda  a’lo 
darajada  gapirar,  endi  uning  o‘rniga  ekran  qarshisida  o‘tirgan 


204
 
 
tomoshabin  sakray  boshladi.  Yorqin  oq  ekran  tasviri, 
fotoapparatning  chaqmoqli  “vspыshka”si  kabi  tomoshabinni  bir 
lahzaga  ko‘zini  qamashtiradi.  Ekranda  oq  ekran  “chaqnagan” 
paytda  u  beixtiyor  ko‘zlarini  berkitar,  va  tabiiyki,  ekranda 
akademikning  holati  o‘zgarib  qolganini  ko‘rolmay  qolardi. 
“Qoyilmaqom usul!”, bundan battari bo‘lmaydi! 
Bundan  qariyb  yarim  asr  muqaddam,  bizning  buyuk 
ustozimiz,  rejissyor,  kino  nazariyotchisi  L.V.Kuleshov  o‘zining 
“Rejissura  asoslari”  deb  nomlangan  ajoyib  darsligini  yozgandi. 
“Perebivka”  usuli  haqida  bu  kitobda  turli  misollar  bilan  sodda 
va  tushunarli  tilda  yozib  qo‘yilgan.  Keling,  ana  shu  kitobda 
keltirilgan misollarni ko‘rib chiqamiz! 
Akademikni  tasvirga  olish  jarayonida  bu  xafsalasiz 
televidenie rejissyorlari aslida nima qilishlari kerak edi? 
O‘zini  va  boshqalarni  hurmat  qiladigan  boshqa  haqiqiy 
professional  rejissyorlar  kabi,  bor  yo‘g‘i  perebivka  uchun 
kadrlar tasvirga olishlari kerak edi! 
Iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan va butunlay jurnalist 
va 
akademik 
D.Lvovning 
suhbatidan 
iborat 
bo‘lgan 
ko‘rsatuvlarning  birida  rejissyor  va  operator  perebivka  kadrlari 
sifatida olimni hurmat va diqqat bilan tinglayotgan jurnalistning 
o‘zini tasvirga olishgan. Ular ko‘rsatuvni tayyorlashda olimning 
salbiy 
fikrlarini, 
gapirish 
chog‘ida 
tutilishlari 
yoki 
takrorlashlarni  chiqarib  tashlash  kerak  edi.  Montajda    ular 
akamedikning  nutqi  yozilgan  kadrlar  orasiga  uning  o‘ychan 
holda o‘tirgan kadrlarini ham qo‘yishgan.  
Perebivka  usulidan  foydalanib  nimaga  erishildi?  Savolning 
birinchi  qismiga  javob  berib  bo‘lganidan  so‘ng  olim  jurnalist 
bilan  suhbatning  davomi  haqida  fikrlashib  olishga  qaror  qiladi. 
Takliflarni  olganidan  so‘ng  u  yana  gapirishda  davom  etdi. 
Matnning  birinchi  qismi  so‘ngida  olim  kursiga  suyanib 
o‘tirgandi,  suhbatning  ikkinchi  qismi  boshida  esa  u  stolga 
tirsaklarini  tirab  olgancha  o‘tirgan.  Montajchi  avvaliga  matnni, 
ya’ni  akademikning  fikrlarini  montaj  qilib  chiqdi,  ana  undan 


205
 
 
keyin  fonogrammaning  uzunligi  bo‘yicha  akademik  aks  etgan 
birinchi  kadrning  tugash  qismini  va  ikkinchi  qismning  boshini 
kesib tashladi, ularning ulangan joyiga esa suhbatdoshini diqqat 
bilan  tinglab  o‘tirgan  jurnalistning  tasvirlarini  montaj  qilib 
yubordi. 
Ekranda o‘z suhbatdoshini diqqat bilan tinglab turgan aqlli 
inson 
haqidagi 
bir 
tekis 
rivojlanuvchi 
hikoya 
hosil 
bo‘ldi.Tomoshabinga 
bunday 
montajdan 
keyin 
ko‘rish 
qo‘layligi 
yaratilishi 
aniq.Tomoshabinning 
esa 
hatto 
akademikning 
so‘zlaridan  qandaydir  qismlarining  kesib 
tashlanganligi hayoliga ham kelmaydi. 
Perebivka –bu ko‘p tarqalgan va juda sodda usuldir. Badiiy 
kinoda,  multiplikatsiya  va  animatsiyada,  hujjatli  va  ilmiy 
ommabop kino sohasida, televideniedagi istalgan ko‘rsatuvlarda 
uning  imkoniyatlaridan  faol  foydalniladi.  Bu  usulning  mohiyati 
tomoshabinning  diqqatini  vaqtincha  biror  boshqa  ob’ekt  yoki 
voqeaga chalg‘itib turishdan iborat.  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish