16
I.2. Zamonaviy qо‘g‘irchoq teatrida aktyorlik san’atining о‘ziga xos
xususiyatlari
Tomosha san’atlari ichida eng mо‘jizakor, eng sirli va eng quvnoq san’at bu
qо‘g‘irchoq teatri san’atidir. Bunda har bir buyum, har bir asar, har bir harakat faqat
bolalar – yosh tomoshabinlarning miriqib hordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi.
Qо‘g‘irchoqbozlar qо‘g‘irchoqqa gо‘yoki jon bag‘ishlab, bolaning gul kabi nozik
qalbida mо‘jizaviy g‘alayonlar, tiniq, beg‘ubor nigohlarida hayratlanarli dunyoni
yaratadilar. Qо‘g‘irchoq teatriga bir marta kelgan bola bu yerni hamisha qumsab
yurishi tabiiy. Ertaklar dunyosini bolalarning kо‘z о‘ngida yaratib beradigan
qо‘g‘irchoqbozlarning bitta spektakli tayyor bо‘lishi uchun bir necha oylar kerak
bо‘ladi. Avval yangi pesaning muhokamasi, keyin pesa qahramonlari qiyofasi, sahna
bezaklari, dekoratsiyalar muhokamasi, undan sо‘ng rassomning qо‘g‘irchoqlarni
yasashi va ularga о‘ziga xos xarakter berishi jarayoni. Keyingi navbat rejissor va
aktyorlarning qо‘g‘irchoqlar bilan ishlashiga keladi. Va nihoyat repetitsiyalar tugab
premyera namoyish etilishi vaqtida qо‘g‘irchoqbozlar necha oylar davomida qilingan
mehnatlarining mahsulini bolalar qanday qabul qilayotganlarini kuzatishni
boshlaydilar. Ular о‘z rollari bilan yosh tomoshabinlarni qо‘g‘irchoqlar dunyosining
sehrli olamiga olib kirib ketadilaru, о‘zlari ijro etayotgan qushlar, о‘simliklar,
xayvonlar va boshqa buyumlar bilan bolalarning ochiq muloqotda bо‘layotganlarini
kо‘rib, sezib, his etib turadilar. Xuddi shu vaqtda sahnadagi sirli harakatlarga ishonch
bilan termulayotgan bolalarning ruhiy dunyosida hayratlanarli о‘zgarishlar sodir
bо‘lar ekan, buning aksi sifatida tomosha zalidan eshitilayotgan bolalarning turli xil
pichir pichirlari, his tuyg‘ularni ifodalovchi ovozlari qо‘g‘irchoqbozlar uchun eng
muhim ahamiyatga ega daqiqalar hisoblanadi. Spektakl sо‘ngida esa qо‘llarida
qо‘g‘irchoqlar bilan bolajonlarning qarshisiga chiqib kelgan aktyorlarni kо‘rib
hayratdan qotib qolgan, yoki minnatdorlik bilan rahmat deyayotgan, yoki hali ham
17
mо‘jizalar mamlakatining sehridan chiqa olmayotgan bolalarni kо‘rish
qо‘g‘irchoqbozlar uchun eng oliy mukofotdir.
Qо‘g‘irchoq teatrining aktyori asosan teatrda rol ijro etadi. Bunda unga
qо‘g‘irchoqlar yordam beradi. U о‘z faoliyatida har turdagi qо‘g‘irchoqlardan
foydalanadi: qо‘lqopli, ipli, trostli, planshetli va soyasi tushiriladigan qo’g’irchoqlar.
Qo’g’irchoq teatri aktyorlarining faoliyati boshqa sohadagi aktyorlardan farq qiladi.
U qо‘g‘irchoqni harakatlantirishng hissiy harakatlarini gavdalantirib beradi va
tomoshabinga asar mazmunini ochib beradi.
Mana shu teatrdagi ijodiy ishning mazmun-mohiyati, badiiyligi, jozibadorligi
bevosita aktyorlar ijrosida namoyon bo’ladi. Aktyor chin ma’noda teatrning yuzi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |