minnatdorlik bilan eslayman. Qо‘g‘irchoq teatri aktyorida bolalarga xos soddadillik,
samimiylik kabi xislatlar muhim sanaladi, agar kasbi qо‘g‘irchoq teatri bilan bog‘liq
kishilarda sof kо‘ngillik, ishonuvchanlik kabi pokiza tuyg‘ular bо‘lmasa ularning
bolalarga kо‘rsatayotgan tomoshalarida ham samimiylik bо‘lmaydi. Bolalar esa,
tassurotlari bor. Masalan, N.Abbosxonning “Quloqsiz uloqcha” pyesasi asosida
yaratilgan spektaklda aktyorlarning obrazga yondashish yuzasidan fikr va
mulohazalariga e’tibor qaratamiz.
Asar jajji tomoshabinlarga atalgani uchun voqe’ligi ham oddiygina. Ayyor tulki
va bо‘rining gapiga kirib, quloqsiz uloqcha о‘rmonga borib xatarli holatga tushib
48
qoladi, vaqtida yetib kelgan Bobojon hamda dо‘sti quyon uni bu vaziyatdan halos
etadilar. Bobosining gapiga quloq solmagan uloqcha qattiq pushaymon bо‘ladi.
Bastakor tomonidan yozilgan qо‘shiq va kuylar, rassom yaratgan yorqin
dekoratsiya hamda qо‘g‘irchoqlar, aktyorlarning ta’sirchan ijrolari jajji
tomoshabinlarni, albatta befarq qoldirmaydi.
Maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolajonlarga va boshlang‘ich sinf
о‘quvchilarlariga mо‘ljallangan mazkur tomoshada sahnalashtiruvchi rejissor
X.Axunov, sahnalashtiruvchi rassom M.Rо‘zmetova va bastakor A.Ikromov.
Spektaklda Bobojon rolida O.Isoqov, Uloqcha rolida D.Shermatova, Bо‘ri rolida
S.Jо‘rayev, Tulki rolida L.Azimova, Quyon rolida Sh.Ishmuhamedova kabi aktyorlar
gavdalanadi. Ahamiyatli jihati, bu aktyorlar jamoasi ham o’zbek, ham rus tilidagi
spektakllarda rol ijro etadilar.
Aktyorlar jamoasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, ular qo’g’irchoq teatri
xususiyatlariga mos ravishda, tomoshabin tasavvuri va o’zlarining aktyorlik
imkoniyatlari asosida pyesani qayta ishlashadi. Ular asar bo’yicha o’zlarining
mulohazalarini erkin bildiradilar va shu orqali asarning g’oyasi, maqsadi va
mohiyatini teran anglaydilar.
Shunday qilib, obrazning ikki qiyofasi mavjud:
Birinchisi, aynan tashqi qiyofa bo’lib, bu qaysidir jonivor bo’lishi mumkin.
Masalan, Uloqcha. Aktyor Uloqchaning harakatlanishi, jonivor sifatidagi
xususiyatlarini o’z tasavvuridan o’tkazadi. U to’rt oyoqlab yuradi, biroz qo’rqoq,
sho’x, o’yinqaro va hokazo. Mana shu xususiyatlardan kelib chiqib unga ovoz beradi.
Ikkinchisi, mana shu qiyofadagi asl personaj, ya’ni, ichki qiyofa. Avval
aytganimizdek, teatrdagi personajlar asosida aslida insonlar, insonga xos
munosabatlar va insonga xos xarakter mujassam bo’ladi. Uloqcha personaji kichik
yoshdagi bolakayga xos xususiyatga ega. 40 yoshlar atrofidagi aktrisa D.Shermatova
atiga 4-5 yoshdagi bolakay obrazini yaratish uchun aynan mana shu bolalardek fikrlat
olishi kerak va bu tasavvur ana shunday bolalarni kuzatish asnosida shakllanadi.
49
“Men avval personajning kechinmalarini o’zimda his etaman va uni qo’g’irchoqqa
o’tkazishga harakat qilaman, bu nafaqat hissiy jarayon, balki intellektual faoliyatdir”
deydi aktrisaning o’zi.
Aynan, har bir aktyor individual o’z personajlarini shakllantirgandan so’ng,
jamoaviy tarzda, musiqa va dekoratsiya, chiroqlar va partnyorlar bilan ishlashni
boshlaydilar. Mazkur spektaklning to’liq tayyor bo’lishi uchun uch oyga yaqin vaqt
sarflangan. Mana shu vaqt mobaynida butun ijodiy jamoa yagona maqsad – spektakl
yaratish uchun mehnat qilganlar.
Bir so’z bilan aytganda, qo’g’irchoq teatri aktyorining ma’lum obrazga
yondashuvi uning muhabbatidan boshlanib, pyesa mohiyatini anglashi, mahorat
nuqtai nazaridan (nutq, plastika, tezkorlik, ovoz) o’z ustida ishlashi, personajni
mustaqil tarzda sharhlashi, tomoshabin tasavvuri darajasida fikrlay olishi, doimiy
ravishda aktyorlik dunyoqarashini shakllantirib borishi, qo’g’irchoq boshqarish
borasida tinimsiz mashq qilishi, o’zlashtirilgan tajribalar asosida repetitsiyalarda
ishtirok etishi bilan davom etadi hamda o’zi yaratgan obrazga tanqidiy-tahliliy ko’z
bilan qaray olish va baholash bilan yakunlanadi. Mana shu nuqtada spektakl dunyoga
keladi va tomoshabin uchun havola etiladi.