so’z bilan aytganda, bizning qo’g’irchoq teatrlarimizda aktyor mahorati mana shu
Yuqoridagi asosiy xususiyatlarni umumiylashtirgan holda, bir so’z bilan
aytadigan bo’lsak, qо‘g‘irchoq teatrining aktyori kuchli, epchil va harakatlari о‘zaro
mos bo’lishi kerak. Chunki ayrim qо‘g‘irchoqlar gabarit, ushlashga noqulay va
qо‘pol bо‘ladi. Aktyorlarga esa spektakl mobaynida ularni ushlab turish, sakrash,
29
yugurish va ovoz berish muhim sanaladi. Ijodiy sifatlarga ham ega bо‘lishi lozim:
yoqimlilik, «dadillik», hazil-mutoyibalik, hajviy hissiyotlilik, notiqlik qobiliyati,
marom va mutanosiblik hissi, estetik, badiiy did, adabiy qobiliyat. Timsolni yaratish
davomida aktyorga tilshunoslik, sо‘zlarni xotirada saqlash, harakatni ifodalash,
artikulyatsiya (nutq harakati) va jestikulyatsiya (imo-ishoralar harakati)ni
rivojlantirish katta yordam beradi.
Umuman olganda, qo’g’irchoq teatri aktyorlarining faoliyatida ham asosiy
xususiyat xatti-harakat bilan bog’liq holda kechadi. Biz sanab o’tgan xususiyatlar
ham umumiy asosda aktyor xatti-harakati uchun xizmat qiladi.
Sahna san’atida har bir aktyorlik sohasi vakilining harakatlanish vositasi bo’ladi
va ularning maqsadida umumiylik bo’ladi. Hamma aktyor voqe’likni qaysidir yo’l
orqali ifodalaydilar. Balet san’atida ijrochi tana harakatlari orqali, dramatik aktyor
tana va so’z uyg’unligida tabiiy ravishda o’z vazifasini bajaradi. Qo’g’irchoq teatri
aktyori esa birmuncha farqli shart-sharoitda, ya’ni, o’z tanasini emas, qo’g’irchoq
tanasini harakatlantirish orqali o’z vazifasini bajaradi.
Qo’g’irchoq teatrida aktyorning jismoniy harakati sun’iy shakl bilan psixik
harakati o’rtasidagi vosita bo’ladi. Demak, bir vaqtning o’zida ikki harakat oqimi
sodir bo’ladi. Ya’ni, ularning biri yaratadi, ikkinchisi esa ifodalaydi. Bularning har
ikkalasi aktyorning sahnaviy xatti-harakati jarayonida birlashadi. Qo’g’irchoq
teartida sahna xatti-harakati qo’g’irchoq plastik harakatiga aylantirilib aktyorni,
jismoniy xatti-harakati bilan almashtiriladi. Shuning uchun qo’g’irchoq teatridagi
plastik harakat aktyorning ichki harakati bilan tabiiy bog’liqligi kam bo’lganligi
tufayli, jismoniy xatti-harakatga ega bo’lish boshqa teatrlardagidek sodir bo’lmaydi.
Qo’g’irchoq teatri aktyorlik san’atining o’ziga xos xususiyatlari mana shu
jihatlarda namoyon bo’ladi deb baholayapmiz. Bunda aktyorning asosiy vazifalari
ham, boshqa ijod ahlidan farqli jihatlari ham aytib o’tildi. Qo’g’irchoq teatri sahna
san’ati turi sifatida murakkab, uzoq yillik tarixga va o’ziga xos xususiyatlarga ega
sohadir.
30
Bu benazir san’at turida faoliyat yuritish har qanday aktyor uchun sharaf va faxr
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa ijodkorda sohaga nisbatan talabchanlikni,
e’tiborni va professionallikni yuzaga keltiradi.