Birinchi jihat, ilk navbatda mahoratni shakllantirish masalasi O’zbekiston
davlat san’at va madaniyat institutidan boshlanadi. Sababi, aynan asosiy boshlang’ich
mahorat aktyorlaning talabalik davri bilan bog’liqdir. Shubhasiz, ta’lim
muassasasining eshigidan kirib kelgan bo’lajak qo’g’irchoq teatri aktyori uchun ham
birinchi navbatda, qo’g’irchoq teatri tarixi, qo’g’irchoq teatri san’ati nazariyasi va
asosiy xususiyatlari o’rgatiladi.
Umuman olganda, qo’g’irchoq teatri san’ati mutaxassislarini, xususan, mahoratli
aktyorlarini tarbiyalash hamma davrning muhim va dolzarb masalasi bo’lib
qolmoqda. Nainki, bunga doim ehtiyoj seziladi. O’ziga xos jozibaga ega san’at
turining ravnaq topishi uchun hamda jahon teatrlari orasida yanada yuqoriror nufuzga
ega bo’lishi uchun har tomonlama yetuk, yuqori madaniyatli, o’z kasbinining mohir
ustasi, zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, zamon talabiga javob beradigan
yuqori darajali mutaxassislarni tarbiyalashdek o’ta mas’uliyatli ish bugungi kun
talabidir.
Tarbiyalanayotgan mutaxassislar ma’naviy va jismoniy jihatdan baquvvat, har
tomonlama bilimli, aktyorlik kasbining turli janrlarini yuksak professional darajada
egallagan, qo’g’irchoqlarning barcha turlarini mahorat bilan boshqaradigan, kattalar
va ayniqsa, bolalar psixologiyasini chuqur his etadigan, tasviriy san’at turlari va
janrlari boyicha keng bilimga ega mohir san’atkorlar bo’lib yetishmoqliklari darkor.
Bu borada ta’lim muassasasidagi “Qo’g’irchoq teatri aktyorligi mahorati”
fanidan quyidagi yo’nalish boyicha ishlar olib boriladi
16
:
1. Aktyorning ijod jarayonidagi o’z ustida ishlashi (jonli plan);
2. Zamonaviy qo’g’irchoq turlarini o’zlashtirish;
3. Aktyor ijodi jarayonidagi obraz ustida ishlash va uning uslublari;
16
Ashurova M. Qo’g’irchoq teatri san’atining aktyorlik maktabi. T.: Kuro print, 2007. 11-b.
24
4. Aktyorning
qo’g’irchoq obraz talqini ustidagi ishi (qo’g’irchoq
personajlarining plastik yechimlari)
Mazkur san’at turini to’liq o’rganib, o’zlashtirish uchun sahna nutqi, raqs,
pontomima, sahna harakati, ritmika, qo’g’irchoq yasash va boshqarish texnologiyasi,
musiqa asoslari, qo’shiqchilik, teatr tarixi, bolalalar va kattalar psixologiyasi,
jismoniy madaniyat kabi darslarni ham to’la-to’kis o’zlashtirish talab etiladi.
Aktyor birinchi navbatda sinchkov, kuzatuvchan bo’lishi kerak. U hayotni,
turmush tarzini, xalq urf-odatlarini, odamlarning psixologiyasini va xarakteriga xos
xislatlarini, tabiat va hayvonot dunyosini bilishi shart. Bu aktyor uchun nihoyatda
zarur fazilat hisoblanadi. Shundagina uning rollarida jonlilik, tabiiylik tomoshabinni
o’ziga maftun etadi.
Hamma teatrdagi kabi qo’g’irchoq teatrida ham aktyor mahorati ilk navbatda
xatti-harakat mohiyatini tushunish bilan o’lchanadi. Umuman, talabalar, to’rt yillik
ta’lim olish jarayonida teatrdagi umumiy harakat nazariyalarini o’rganadilar.
M.Ashurovaning keltirgan ma’lumotiga binoan, harakat uch xil holatda bo’ladi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |