Kimyoviykinetika va kataliz


Ba’zan kimyoviy jarayonning borishi bilan katalizator hosil bo’ladi. Bunday reaksiyalar avtokatalitik reaksiyalar, hodisaning o’zi esa avtokataliz deb ataladi



Download 170 Kb.
bet3/6
Sana21.07.2022
Hajmi170 Kb.
#833897
1   2   3   4   5   6
Ba’zan kimyoviy jarayonning borishi bilan katalizator hosil bo’ladi. Bunday reaksiyalar avtokatalitik reaksiyalar, hodisaning o’zi esa avtokataliz deb ataladi. Avtokatalizda kimyoviy reaksiya tezligi dastlab juda sekin, mahsulot – katalizator hosil bo’lishi bilan sezilarli darajada tezlashib boradi maksimumga erishishi bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi kamayib ketishi tufayli yana sekinlashib ketadi. Avtokatalitik reaksiyalarga murakkab efirlarning suvda parchalanishi misol bo’la oladi:
CH3COOC2H5 + H2OC2H5OH + CH3COOH
Bu reaksiyada mahsulot uksus kislota dissotsiatsiyasi tufayli eritmada hosil bo’luvchi H+ ionlari katalizatorlar hisoblanadi.
Kataliz reaksiya borgan sohaga ko’ra gomogen va geterogen (kontakt) katalizatorga bo’linadi. Katalizator va reaksiyaga kirishuvchi moddalar bir muhitda, bir xil agregat holatda (fazada) bo’lsa, bunday kataliz gomogen kataliz deb ataladi. Masalan, efirlarning ishqorlanish reaksiyasida reagent efir, katalizator kislota-suyuqlik, nitroza usuli bilan HNO3 olishda esa reagent ham, katalizator ham gazdir.
Geterogen kataliz deb, reagentlar va katalizator turli muhitda, turli agregat holatda bo’lgan katalizga aytiladi. Muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat jarayonlarining asosida geterogen kataliz yotadi. Masalan, azot kislota ishlab chiqarishda platina-radiy katalizator sirtida ammiakning oksidlanish bosqichi yaqqol geterogen katalizdir. Amalda eng ko’p tarqalgan kataliz geterogen kataliz bo’lib, kimyo sanoatida tahminan 80% mahsulot shu usulda ishlab chiqariladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tildiki, ingibitorlar reaksiyani sekinlashtiradi. Bu holda, agar ingibitor oksidlanish jarayonini butunlay to’htatib qo’ysa, uni antioksidlovchi yoki antioksidant deyiladi. Antioksidantlar benzollar – krekingi va moylovchi yog’larning stablizatsiyasi uchun, polimer va elastik (kauchuk) buyumlarini eskirishdan saqlash maqsadlarida keng qo’llaniladi.
Oziq-ovqat sanoatida antioksidantlardan yog’ va tarkibida yog’ mavjud bo’lgan mahsulotlarning oksidlanishini yo’qotish, ularning saqlanish muddatini uzaytirish uchun foydalaniladi. Ko’pgina hayvon va o’simlik moylari tarkibiga tabiiy antioksidantlar kiradi. Ularning eng faollari bo’lib, (E guruh vitaminlari) toksoferollar hisoblanadi. Yog’lar ishlab chiqarish va tozalash jarayonlarida bunday antioksidantlar qisman yo’qotilishi va natijada oziq-ovqat yog’larining oksidlanishiga turg’unligi keskin kamayib ketadi.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish