Kimyoviy va mineralogik tarkibi va uning turlari. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi


Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 65,5 Kb.
bet2/7
Sana30.12.2021
Hajmi65,5 Kb.
#193078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1423936541 60005

Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi
Xomashyo materiallari va yoqilg‘i
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va, asosan domna shlaklari, issiqlik elektr stansiyalari kullari, nefelen chiqindilaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfotsement va SO2 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Nefelen shlami tarkibida 25…30% SiO2; 2…5%АI2O3% 3…5% Fe2O3; 50…58% СаО va 3…8% boshqa oksidlar, chunonchi 1,5…3% ishqorlar bor. Tarkibida shuncha SaO bo‘lgan materialga 15…20% ohaktosh qo‘shib, portlandsement ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin.

40…50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo‘lgan domna shlaklari ham portlandsemnt ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.

Gil, ayniqsa lyoss suvda osongina ivib, bo‘shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog‘ jinslaridan iborat. Gilning mineralogik tarkibi, asosan suvli alyumosilikatlar va kvarsdan iborat. Gillarning kimyoviy tarkibida, asosan uchta oksid bor: kremniy oksid (60-80% ), alyuminiy oksid (5-20%) va temir oksid (3-15%). Gilda oz miqdorda karbonat tuzlari holida CaO va MgO uchrashi mumkin. Lekin gillaning bazi turlarida kalsiy oksid 25%gacha, magniy esa 3% gacha bo‘ladi (masalan: slanets va lyosslar.) Gillar tarkibida SO3, Na2О va К2О kabi eruvchan tuzlar ham uchraydi. Bu esa maqsadga muvofiq emas, klinker ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan gillarda bu tuzlarning miqdori iloji boricha kam bo‘lishi kerak.

Kalsiy karbonatli jinslar tabiatda ohaktosh, bo‘r, ohaktosh chig‘anoq va marmar holida uchraydi. Karbonatli jinslarning marmardan boshqa hamma turlari portlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Kimyoviy sof kalsiy karbonat tarkibida 56% SaO va 44% СО2 bo‘ladi. Biroq, tabiatda faqat kalsiy karbonatdan iborat sof ohaktoshlar kam uchraydi. Portlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktoshlar tarkibida SaO dan tashqari qumtuproq (8%gacha), giltuproq (2%gacha), temir oksidlar (1%gacha) bo‘lishi mumkin.

Mergellar gilsimon moddalar va juda mayda kalsiy karbonat zarrachalarining tabiiy aralashmasidan iborat cho‘kindi tog‘ jinsi hisoblanadi. Mergellarning mavjudligiga qarab, mergel ohaktosh (90-95% СаСО3), ohaktosh–karbonat mergel (70-90% СаСО3), va mergel (50–70% СаСО3)ga bo‘linadi. Bunday mergel kuydirilgandan so‘ng kimyoviy tarkibi bo‘yicha klinkerga o‘xshab ketadi.



Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish