Kimyoviy unsur kimyoviy element



Download 134,47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.11.2019
Hajmi134,47 Kb.
#26166
Bog'liq
Kimyoviy unsur bn


Kimyoviy unsur

Kimyoviy unsur (kimyoviy element) - bir

xil zaryadli yoki atom raqamli atomlar

majmui. Bugungi kunga kelib (2011),

unsurlar soni 118 taga yetgan.

[1]

 Ulardan


25 tasi sunʻiy yoʻl bilan (yadroviy reaksiya

yordamida) hosil qilingan.



Kimyoviy elementlar - yadrolarining

musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi

elektronlar sonining bir xilligi bilan

tavsiflanadigan atomlarning alohida bir



turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil

etadigan protonlar va neytronlar

massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan

Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi.

Tabiatda koʻp Kimyoviy unsur 2 yoki

undan koʻp izotoplardan tashkil topgan.

Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy

unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir,

shuning uchun ularning eng muhim

hisoblangan tavsifi — atom massasi

deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy

unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib,

turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan

parchalanmaydigan) va murakkab

(kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil

etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy unsur



(uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv

elementlardir (qarang Radioaktivlik).

Elementlar tabiatdagi butun

mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari,

degan tushuncha miloddan bir necha asr

ilgari vujudga kelgan. Aristotelning

fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt

"prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik

va quruklikdan tashkil topgan. Ularning

juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir

sonni tashkil etgach, 4 asosiy element —

olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish.

Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning

"prinsip" va "element"lariga eruvchanlik

(tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va


metallsimonlik (simob) degan

tushunchalarni kiritdilar.

Sharq olimlaridan Abu Rayhon Beruniy,

Abu Ali ibn Sino, Kindiy va boshqa

koʻpgina olimlar elementlar qaqida oʻz

fikrlarini aytishgan. Mas, Kindiyning

fikriga koʻra, tabiatdagi barcha narsalar

materiyadan tashkil topgan, materiya esa

olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Ilk

bor Kimyoviy unsur taʼrifini 1661 yilda

ingliz kimyogari Robert Boyl bergan, u

oddiy moddalarni belgilash uchun

kimyoga "element" degan terminni

kiritgan, shu sababli "oddiy modda" va

"element" degan tushunchalar uzoq,

vaqtgacha bir maʼnoni anglatadi, deb



hisoblab kelindi. 19-asrning60-yillarida,

oddiy modda bilan Kimyoviy unsur

molekula bilan atomga uxshaydi, yaʼni

oddiy modda ham, har qanday modda

singari, molekulalardan tuzilgan,

Kimyoviy unsur esa atomlardan tuzilgan,

deb hisoblanardi; 1869 yilda D.I.

Mendeleyev "... bu tushunchalardagi farq

qar doim hisobga olinishi kerak" deb

taʼkidlagan edi. Soʻngra Kimyoviy unsur

atomga, yaʼni elementning molekulalarda

boʻladigan va barcha xossalarini uzida

mujassam etgan eng kichik zarrachaga

tobora koʻproquxshaydigan boʻldi.

Demak, har qanday atom Kimyoviy

unsurdir, ammo atomlarning har qanday

birikmasi element boʻla olmaydi; bir xil


element atomlarining oʻzaro birikishi

natijasida oddiy moddalar hosil boʻladi.

Koʻpchilik Kimyoviy unsur tuzilishi va

xossalari turlicha boʻlgan bir necha oddiy

moddalar hosil qilishi mumkin (qarang

Allotropiya); bir xil elementdan hosil

boʻladigan oddiy moddalarning oʻzi oʻsha

elementning allotropik shakl uzgarishlari

deb ataladi; turli elementlar atomlarining

birikishi natijasida esa yo oddiy moddalar

aralashmasi yoki murakkab modda hosil

boʻladi. Kimyoviy unsur kimyoviy

jarayonlarda oʻzgarmaydi, ammo yadro

reaksiyalarshi bir-biriga aylanishi

mumkin. Hozirgi kunda 109 ta (2001 yil)

Kimyoviy unsur maʼlum; boʻlardan 21 si

(Ts, Pm, At, Fr, Np, Pu va elementlar


davriy sistemasining 95dan 109gacha 15

elementi) ilk bor sunʼiy ravishda olingan,

keyinchalik Ts, Pm, Fr, Np elementlari

juda oz miqdorda uran rudalari tarkibida

topilgan.

Kimyoviy unsurning yana bir muhim

tavsifi ularning Yer poʻstida

tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P.

Vinogradov tuzgan Yer poʻstining

oʻrtacha kimyoviy tarkibi jadvaliga koʻra,

eng koʻp tarqalgan element — kislorod

massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi,

soʻngra kremniy — 27,6%, alyuminiy —

8,80%, temir — 5,10%, kalsiy — 3,6%,

natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy —

2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar



Yer poʻsti massasining 99,79%ni, qolgan

barcha Kimyoviy unsur fakat 0,21%ni

tashkil etadi.

Tabiatda atom massasi kichik elementlar

eng koʻp tarqalgan, organizmlarda esa

nisbatan yengil elementlar (N, S, N, O)

koʻp boʻladi. Koinotda ham eng yengil

elementlar — vodorod bilan geliy juda

koʻp tarqalgan. Uglerod, kislorod,

vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, xlor,

kremniy, kaliy, magniy, kalsiy va temir

elementlari usimlik va hayvonlar hayotida

muhim rol oʻynaydi.

Baʼzi elementlarning Yer poʻstidagi

umumiy miqdori kam boʻlsada, yer yuzida

toʻplanib qatlamlar hosil qiladi, bu



qatlamlardan ularni qazib olish mumkin.

Kimyoviy unsur baʼzan tugʻma (yombi)

holda ham uchraydi (oltin, simob, platina

va boshqalar). Bu elementlarni qazib

olish birmuncha oson boʻlib, ular

insoniyatga kadimdan maʼlum. Baʼzi

elementlar Yer poʻstining qazib chiqarish

mumkin boʻlgan qatlamida juda tarqoq

holda boʻladi; ular nodir elementlar deb

ataladi. Ammo "nodir" degan tushuncha

Kimyoviy unsurga nisbatan mutlaqo

oʻzgarmaydigan tushuncha emas. Mas,

hozirgi koʻp ishlatiladigan alyuminiy va

magniy bundan bir necha oʻn yil

muqaddam nodir element deb hisoblanar

va juda qim-mat turar edi. Lekin

keyinchalik bu elementlarni ishlab


chiqarish usullarining takomillashishi

ularni maʼlum elementlar qatoriga

kiritilishiga sabab boʻldi

[2]


.

1. Yu. Ts. Oganessian; Abdullin, F. Sh.;



Bailey, P. D.; Benker, D. E.; Bennett, M.

E.; Dmitriev, S. N.; Ezold, J. G.;

Hamilton, J. H. et al. (2010).

"Synthesis of a New Element with

Atomic Number Z=117". Physical

Review Letters (Physical Review

Letter) 104 (14): 142502.

doi:10.1103/PhysRevLett.104.14250

2 . PMID 20481935 .

Manbalar


2. Sayfullo Hamroyev. OʻzME. Birinchi

jild. Toshkent, 2000-yil

 

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz

uni boyitib, Vikipediyaga yordam

berishingiz mumkin.

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Kimyoviy_unsur&oldid=20006



17

" dan olindi 



Last edited 1 year ago by EdgarsBot

Download 134,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish