10.1 - rasm. Reaktorda temperaturani boshqarish sxemasi:
1- temperatura o'lchovchi dat chiq, 2- temperaturani boshqaruvchi (regulyator),
3-sovutuvchi magistral klapani ( bajaruvchi mexanizm)
10.2. Gidromexanik jarayonlar
Gidromexanik jarayonlar ikki yoki undan ortiq fazadan iborat geterogen sistemada amalga oshiriladi, gidrodinamika qonunlariga bo'yso'nadi. Sistema dispers faza va dispersion muhitdan iborat. Dispersion muhit agregat holati va dispers faza zarrachalari o'lchamiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
- gaz muhit uchun: chang (5-10 mkm ), tutun (3-5mkm), tuman (0,3 - 3 mkm),
- suyuq muhit uchun: suspenziya ( 0,1- 100 mkm), kolloid eritma (0,1 mkmga ) emul'siya va ko'pik.
- gidromexanik jarayonlarga: cho'ktirish, fil'trlash, mavhum qaynash, suyuq fazada aralashtirish turlari kiradi.
1. Cho'ktirish - bir jinsli bo'lmagan suyuq yoki gaz sistemasidan dispers fazaning suyuq qattiq zarrachalarni ajratish usulidir. Cho'kish tezligi Stoks qonuniga bo'yso'nadi:
U = (10.2)
bu erda: К -doimiylik , sferik formadagi zarrachalar o'lchami 18 ga teng, d - zarracha diametri, рк — рс - dispersion muhit va zarrachalar zichligi,
V - dispersion muhit qovushoqligi.
Cho'ktirish jarayoni ta'sir etayotgan kuch turiga ko'ra quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
- tindirish yoki erni tortishish kuchi ta'sirida cho'kish;
- siklonlash va sentrifugalash yoki markazdan qochma kuch ta'sirida cho'ktirish;
- elektrocho'ktirish yoki elektr maydoni ta'sirida cho'kish.
2. Filtrlash - suepenziya, chang yoki tumanlarni g'ovaksimon to'siq yordamida ajratib olish jarayonidir. Fil'tr material sifatida donasimon materiallar (qum, tosh), to'qima, material, g'ovak keramika, plastmassa qo'llaniladi.
Fil'trlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi fil'tr to'siqdan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki fil'tr bosimiga ta'sir etuvchi markazdan qochma kuch hisoblanadi. Shunga asosan filtrlash jarayoni quyidagi turlarga bo'linadi:
- bosim tushishi ta'sirida fil'trlash yoki fil'trdan oldingi va keyingi bosimlar farqi hisobiga filtrlash;
- sentrifuga yordamida fil'trlash, fil'trlovchi sentrifugada hosil bo'ladigan markazdan qochma kuch ta'sirida olib boriladi.
3. Mavhum qaynash - qattiq donasimon material suyuqlik xossasiga yaqinlashtirib olib boriladigan jarayon. Mavhum qaynaydigan sistema qurilma shaklini oladi, truba quvuriga joylashtiriladi, ki chiq zichlikda silkinadi, oquvchan va qovushoq xossaga ega bo'ladi. Mavhum qaynash holatida donasimon material (qurilmaning ko'ndalang kesim yuzasidan o'tadigan) og'irligi qatlamning gidravlik qarshilik kuchiga tenglashadi, ya'ni:
ΔP = (10.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |