4. TEXNOLOGIK SXEMA BAYONI
4.1-rasm. Avtoklavlarda uzluksiz usulda moylarni gidrogenlashning namunaviy sxemasi:
1-moy rezervuari; 2-nasos dozotor; 3a-3б-3в-avtoklavlar; 4-issiqlik almashtirgich; 5-nasos; 6-, 9-sig‘imli apparatlar; 7-salomas yig‘ggichlar; 8-1011-nasoslar; 12-retorta; 13-tomchi ajratgich; 14-tomchi yig‘gich; 15-, 16-suvli skrubberlar; 17-tomchi tutqich; 18-ressiver.
Yuqoridagi texnologik sxemada avtoklovlarda uzluksiz usul bilan moylarni gidrogenlashning namunaviy mashina-apparatli sxemasi berilgan.
Tozalangan va dog‘langan moylar avtomatik tarozida tortilib, bo‘limdagi oraliq 1-rezervuarga uzatiladi, u yerdan moy 2-nasos-dozator bilan 4-issiqlik almashtirgichdan o‘tkazilib 3a-, 3б-, 3в-avtoklovlar batareyasiga uzatiladi, ular esa bir biriga ketma-ket ulangan.
|
|
|
|
|
Sutkasiga 100t paxta moyidan uzluksiz usulda oziqa salomas ishlab chiqarish
|
лист
|
|
|
|
|
|
21
|
Uzg
|
varaq
|
xujjat №
|
imzo
|
sana
|
Katalizatorning moyli suspenziyasi 9- va 6-sig’imli apparatlarda tayyorlanadi.
Salomas yig‘gichlarda ajralgan va ishlatilgan katalizatorning moyli suspenziyasi 10-nasos yordamida 6-apparatga uzatiladi. Bu yerga texnologik me’yorlarda ko’rsatilgan nisbatda yangi katalizator ham beriladi. Ishlatilgan va yangi katalizator suspenziyalari aralashtiriladi va pasportlangan katalizator tayyorlanadi. Tayyor katalizator 5-nasos yordamida birinchi 3a-avtoklavga uzatiladi. Bir vaqtning o‘zida avtoklavga vodorod ham beriladi.
Reaksiyada ishlatilgan ortiqcha vodorod avtoklavdan chiqib, bosim rostlagich orqali 13-markazdan qochma tomchi ajratgichga uzatiladi. Bu yerda vodorod oqimi bilan olib ketilayotgan ba’zi bir yog‘ va moyli mahsulotlar ajratiladi va 14yig‘gichda to‘planadi. So‘ngra vodorod 15- va 16-suvli skrubberlardan o‘tib tozalanadi va 17-tomchi tutqichdan o‘tib, 18-resiverda yig‘iladi. Bu yerdan vodorod sovitgich, suvajratgich orqali o‘tkazilib, avval kompressor bo‘limiga, so‘ng avtoklavlarga uzatiladi (rasmda ko‘rsatilmagan). Suspenziyalangan katalizator bilan birgalikda moy batareyaning birinchi avtoklavidan ketma-ket ikkinchi va uchinchi avtoklavlariga o‘tadi, 4-issiqlik almashtirgichda sovitilib, 11nasos bilan 7-salomas yig‘gichlarga uzatiladi, bu yerdan 8-nasos bilan filtrpressga yuboriladi rafinatsiya qilingan va gidrogenizatsiyaga yo‘naltirilayotgan moyning bir qismi 12-retortaga nikel katalizatorini tayyorlash uchun uzatiladi. bu yerda mis va nikel tiklanib katalizatorning moyli suspenziyasi olinadi. bunday qurilmalarning ish unumi ozuqa salomasi buyicha 140 t/kun, texnik salomas buyicha 100 t/kun.
|
|
|
|
|
|
Sutkasiga 100t paxta moyidan uzluksiz usulda oziqa salomas ishlab chiqarish
|
лист
|
|
|
|
|
|
22
|
Uzg
|
varaq
|
xujjat №
|
imzo
|
sana
|
Do'stlaringiz bilan baham: |