Kimyoviy texnologiya



Download 47,66 Kb.
bet2/2
Sana02.08.2021
Hajmi47,66 Kb.
#136034
1   2
Bog'liq
Амалиёт методичка лотин

USLUBIY

KO`RSATMA

Institut uslubiy

kengashida tasdiqlangan.

Majlis bayoni № ____

"___" ________ 2015 y.


NAVOIY - 2015
Uslubiy ko`rsatma Kimyo metallurgiya fakultetining 5320400 "Kimyoviy texnologiya" yo`nalishi kunduzgi bo`lim IV - kurs talabalariga mo`ljallangan bo`lib oliy texnika o`quv yurtlarida bitiruv oldi amaliyotini o`tkazish va tashkil etish uslubiga asosan tuzilgan.

Uslubiy ko`rsatma talabaga topshiriq berish tartibi, uni bajarish, xisobotni tayyorlash, bitiruv malakaviy ishi uchun kerakli xujjatlar bilan tanishish, O`rganish va tashkiliy masalalarni bajarishda yordam sifatida tavsiya etiladi.


Uslubiy ko`rsatma "Kimyoviy texnologiya" kafedrasining uslubiy komissiya yig`ilishida muhokama qilingan.

(Majlis bayoni №__ "____ " ________2015 yil).


Uslubiy ko`rsatma Kimyo - metallurgiya fakultetining uslubiy kengashi tomonidan ma'qullangan.

(Majlis bayoni №___ "_____ "___________2015 yil).


Tuzuvchilar dos. Umirov F.E.

dos. Vapoev H.M.

Taqrizchilar: dos.Tagaev I.A.

“Navoiyazot” АJ 25-sex bo`lim boshlig`i Xudoyberdiyev F.I.

KIRISH
5320400 - "Kimyoviy texnologiya" yo`nalishi xalq xo`jaligining kimyo sanoati sohasi uchun bakalavrlar tayyorlaydi. Talabalar bitiruv oldi amaliyotini kunduzgi bo`lim talabalari 4 kursning oxirida bitiruv malakaviy ishini bajarishdan oldin "Navoiyazot" AJda, NKMK bo`limlari, "Qizilqumsement" aksionerlik jamiyatida va Navoiy hududidagi boshqa kimyoviy korxonalarda amaldagi shartnoma asosida o`tkazadilar.

Bu bitiruv oldi amaliyoti asosan talabalarni zamonaviy ishlab chiqarishlar va ularning texnologiyasi, bosh reja, zavod xo`jaligi, transport, kimyo sanoati tashkil qilish prinsiplari bilan tanishish, biriktirilgan sexdagi asosiy qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsiplari, hisoblari bilan tanishishdan va o`rganishdan hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun kerakli bo`lgan materiallarni to`plashdan iborat.

Ushbu bitiruv oldi amaliyoti kurs davomida o`tilgan nazariy ixtisoslik fanlarini ("Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi", "Mineral o`g`itlar texnologiyasi", "Uskunalar va loyihalash asoslari" va h.k.) amaliy jihatdan mustahkamlashdan iborat.

BITIRUV OLDI AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Talabalarning bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun mavzu bo`yicha berilgan korxona bilan yaqindan tanishish va kerakli materiallarni to`plash uchun bitiruv oldi amaliyoti joriy qilingan. Bitiruv oldi amaliyoti o`quv rejasida keltirilgan barcha fanlar o`qib bo`lingandan so`ng o`tiladi.

Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi:

1. Amaliyot o`tilayotgan korxonaning tegishli sexi va bo`limida mavjud texnologiya, uskuna va jihozlarni o`rganish orqali institutda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.

2. Kafedra tomonidan berilgan topshiriq bo`yicha bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallar to`plash.

Bitiruv oldi amaliyotini o`tash jarayonida talaba korxona ichki tartib-qoidalariga bo`ysinadi va amal qiladi. Talabaga shu muddatga institutdan va korxonadan amaliyot rahbari tayinlanadi.

Bitiruv oldi amaliyoti 8 semestrda o`tiladi.

Bitiruv oldi amaliyoti korxona bilan umumiy holda tanishishdan boshlanadi. Bunda talaba korxonaning tarixi va qayta qurilish yo`llari, uning hozirgi kundagi holati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va ularning xajmi, mahsulotning xalq xo`jaligida tutgan o`rni, xaridorli darajasi, tan narxi, olinayotgan foyda, korxonaning iqtisodiy holati kabi masalalar bilan to`liq tanishadi.

So`ngra talaba korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish borasida, korxonaning asosiy ishlab chiqarish bo`limlarini (xom - ashyo ombori, xom - ashyo materiallarini saralash, komponentlarni aralashtirish, asosiy qurilmalar va ulardagi jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini) o`rganadi.

Bitiruv oldi amaliyotining mazmuni asosan ikki qismdan iborat, ya'ni texnologik va iqtisodiy qismdan tashkil topgan.
Texnologik qismda quyidagi masalalarga e'tibor berish lozim:

1. Sexning vazifasi. Tayyor mahsulotning qo`llanilishi. Sexning korxonadagi boshqa sexlar bilan o`zaro bog`iliqligi.

2. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom-ashyo, ularning sifati. Xom - ashyo etkazib beradigan korxonalar. Xom - ashyo, yarim mahsulotlar, tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy va boshqa ko`rsatkichlari. Ularga qo`yiladigan davlat standartlari va texnik shartlar talablari.

3. Yordamchi materiallar, ularni kerakli maqsadlarda qo`llanilishi.

4. Texnologik jarayon bosqichlari va ularni ahamiyati.

5. Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi. Sxema chizmasi va uni bayoni.

6. Sexning material oqimi sxemasi, ishlab chiqarishning moddiy va issiqlik balansi.

7. Xom - ashyoning sarflanish koeffisienti. Texnologik jarayon bosqichlarining unumi. Sarf normalarini hisoblash uslublari.

8. Ishlab chiqarish chiqindilari, ulardan rasional foydalanish yo`llari. Sifatsiz mahsulot turlari, ularni hosil bo`lish omillari va ularga qarshi ko`riladigan choralar.

9. Sexning uskunalari turlari, uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari.

10. Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish, avtomatlashtirish va EHM ni qo`llash.

11. Sexdagi texnologik jarayonining taxlili, uning kamchiliklari, ularni bartaraf etish bo`yicha taklif va chora tadbirlari.

12. Avariyalar va nosozliklarga qarshi kurash choralari. Ishlab chiqarishni sozlash, ishga tushirish va to`xtatish.

13. Mehnat xavfsizligi bo`yicha chora tadbirlar.

14. Fuqaro himoyasi.

15. Atrof - muhitni himoya qilish bo`yicha chora tadbirlar.

16. Joriy yil uchun tuzilgan korxona bo`yicha kamchiliklarni bartaraf etish rejalari.
Iqtisodiy qismida quyidagi masalalar yoritilishi lozim:

1. Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi, uni boshqaruv tizimi.

2. Korxonaning yoki sex bo`limining ishlab chiqarish quvvati.

3. Sexdagi barcha texnologik jihoz va uskunalarning ro`yxati va joriy yildagi qiymati.

4. Ishlab chiqarish sexining xajmi.

5. Bir yillik ish vaqtining balansi, Qurilmaning samarali ishlash vaqti.

6. Sex ishchilarining (asosiy va yordamchi) soni va ta'rif stavkasi.

7. Asosiy va qo`shimcha ishchilarga ish xaqi to`lash va moddiy rag`batlantirish tizimi.

8. Sex boshqaruv xodimlarining ish haqqilari.

9. Jihoz va uskunalarni amortizasiya normasi va ularni joriy ta'mirlashga sarflanadigan xarajatlari.

10. Sex chiqimlarining smetasi.

11. Sexning boshqaruv sxemasi.

12. Sexning oldingi yildagi asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlari.

Bu materiallar korxonadan va institutdan tayinlangan rahbarlar yordamida korxonadan olinadi.


BITIRUV OLDI AMALIYOTINI TASHKIL QILISH
Bitiruv oldi amaliyoti boshlangunga qadar kafedra tomonidan talabalarni yig`ilishi o`tkazilib, unda ular amaliyot bazalari bo`yicha taqsimlanish, amaliyotni o`tkazish muddati va vazifalari bilan tanishtiriladi. Amaliyot o`tkazish tartib qoidalari, xisobot yozish va kundalikka qo`yiladigan talablar, xisobotlarni himoya qilish vaqti va joyi to`g`risidagi ma'lumotlarga alohida ahamiyat beriladi.

Amaliyot oldidan, talaba bitiruv oldi amaliyotining dasturi va o`tkazish kalendar rejasini o`rganishi zarur. Amaliyot davrida esa talabalar ishlab chiqarish intizomini, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnika qoidalariga qat'iy rioya qilishlari haqida Bitiruv oldi amaliyoti rahbari tomonidan tushuntirilib yo`riqnomadan o`tkazilishi kerak.


AMALIYOTNI O`TASH MUDDATI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI
Bakalavr tayyorlash rejasiga ko`ra kunduzgi bo`lim uchun 4-kursdan so`ng o`tiladigan bitiruv oldi amaliyotining muddati 2 haftani (12 ish kuni) o`z ichiga oladi. Talaba bitiruv oldi amaliyotiga ketishdan oldin Bitiruv malakaviy ishi mavzularini olishadi va shu mavzular bo`yicha korxonalardagi sexlarga taqsimlanadilar.

Bitiruv oldi amaliyot davri vaqtining taqsimlanishi quyidagicha:


1. Korxonaga yetib kelish, kerak holda yotoqxonaga joylashish - 1 kun (boshqa shaharga borilgan taqdirda).

2. Xujjatlarni rasmiylashtirish hamda texnika xavfsizligi va yong`inga qarshi muhofaza yo`riqnomalaridan o`tish - 1 kun.

3. Korxonadagi biriktirilgan sexning barcha bo`limlaridagi mavjud bo`lgan qurilmalarining tuzilishi, ish prinsipi, texnologik parametrlari va texnologik sxemasi va iqtisodiy qism bilan batafsil tanishish - 10 kun.

4. Alohida tartibda bajariladigan ishni bajarish - 2 kun.

5. Amaliyot bo`yicha xisobotni rasmiylashtirish - 1 kun.
INSTITUT TOMONIDAN BELGILANGAN RAHBARNING VAZIFALARI
Mutaxassislik kafedrasidan tayinlangan rahbar korxonaga amaliyot boshlanishidan 1-2 kun avval borib amaliyotga kelayotgan talabalar soni, bitiruv oldi amaliyotini o`tkazish muddatlari haqida korxonadagi texnik o`quv bo`limini ogohlantirishi hamda talabalarga korxona tomonidan tayinlanadigan rahbarlar haqida kelishishi kerak.

Kafedra tomonidan yuborilgan rahbarning bitiruv oldi amaliyoti o`tash davridagi vazifalari:

korxona kadrlar bo`limi (yoki texnik o`qitish bo`limi) bilan amaliyotni o`tkazish jadvalini tuzish;

korxona tomonidan amaliyotga tayinlangan rahbarni amaliyot dasturi bilan tanishtirish;

talabalarni amaliyotga jo`natish oldidan tashkiliy tadbirlarni o`tkazish.

talabalarning korxonada texnika xavfsizligi bo`yicha yo`riqnomadan o`tishlarini nazorat qilish;

talabalar bilan korxona bo`ylab sayohat uyushtirish;

talabalarni ish joylari bilan ta'minlash;

amaliyot o`tkazish jarayoni kuzatish, nazorat qilish va boshqarish.

nazariy ma'ruzalar tashkil qilishi.

talabalarni korxonalardagi jamoat ishlariga jalb qilish;

korxonaning yetuk mutaxassislari tomonidan talabalar uchun muloqatli ma'ruzalar uyushtirish;

talabalarga amaliyot to`g`risida hisobot yozishlarida har tomonlama yordam berish;

bitiruv oldi amaliyoti bo`yicha sinovlarni qabul qilish;

bitiruv oldi amaliyotga qatnashmagan talabalar haqida kafedra

mudiriga o`z vaqtida ma'lumot berish va boshqalar.


KORXONA TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYOT RAHBARINING VAZIFALARI
Korxona o`z tomonidan bitiruv oldi amaliyotga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali muhandis-texnik xodimni tayinlashi kerak. Korxona tomonidan tayinlangan rahbarning vazifalari:

kafedra tomonidan tayinlangan rahbar bilan birgalikda amaliyot dasturini bajarish;

talabalar bilan ish joylari va sexlarda uchrashib turish;

amaliyot bo`yicha hisobot yozish uchun zarur ma'lumotlarni yig`ishda talabalarga yordam berish;

qo`shni sexlarga sayohat uyushtirish;

agar talaba mehnat intizomini buzsa, kafedra tomonidan

tayinlangan rahbarga ma'lumot berish;

talabalarning ilmiy ishlarini o`tkazishlarida yordam berish;

amaliyot tugaganidan so`ng kafedradan tayinlangan rahbar bilan birgalikda xisobot qabul qilib, har bir talabaga tavsifnoma yozib berish va boshqalar.

TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALARNI O`RGANISH


Bitiruv oldi amaliyotida texnologik jarayon qismiga dasturga binoan ko`p vaqt ajratilgan.

Bunda talabalar asosiy sexlarni texnologiyasi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilinishi bilan tanishadilar. Talabalar texnologik jarayon va qurilmalarni o`rganishda korxonadagi biriktirilgan sexda texnologik jarayonlarni amalga oshiradigan asosiy texnologik qurilmalarning tuzilishi, ish prinsipi, unda boradigan asosiy texnologik jarayonlar, qurilmalarning ijobiy va salbiy xususiyatlarini, samaradorlik darajasini, foydali ish koeffisentini, ularning zamonaviylik belgilari hamda sexning texnologik sxemasi va ularini boshqa ishlab chiqarish usullari bilan farqini aniqlaydilar. Asosiy qurilmalar qatoriga o`choqlar, reaktorlar, ekstraktorlar, kontaktli qurilma, rektifikasion kolonnalar, issiqlik almashinish, bug`latish, quritish, donadorlash minoralari, konvertor, absorbsion kolonnalar va boshqa qurilmalar kiradi. Ularni o`rganish jarayonida talaba korxona bo`limlaridagi ishchi joylarida bevosita ishlashi yoki ishchi yonida turib quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

Qurilmani ish boshlashdan avval ko`zdan o`tkazish va uning tayyorligi haqida amin bo`lishi;

Qurilmalarni ishga tushirishni va to`xtatishni o`rganish;

Qurilmaning ishlash jarayonini o`rganish;

Qurilmaning texnologik parametrlari bilan tanishish;

Qurilmaning kamchiliklarini aniqlash;

Qurilmaning energiya sarflash ko`rsatkichini, samaradorlik darajasini aniqlash;

Qurilma bilan bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish chiqindilarini aniqlash;

Qurilmaning unumdorligini hisoblash usullarini o`rganish.

Korxonalardagi har bir sexning ishlab chiqarish texnologiyasi, xom - ashyo va tayyor mahsulotlar, jarayon hamda undagi qurilmalarning tuzilishi va ish prinsipi bir - biridan katta farq qiladi. Shuning uchun talabalarga ishlab chiqarish sexlari bo`yicha alohida mavzular beriladi.

Texnologik jarayonlarni o`rganishdan tashqari talaba korxonadagi asosiy qurilmalarning ish jarayoni bilan ham tanishadi. Ushbu qurilmalarining ishini kuzatish jarayonida ularning tuzilishi, issiqlik yoki modda almashinish jarayoni uslubi, ishlash tartibi, tavsifi, ulardagi sodir bo`ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar, ishlab chiqarish chiqindilarining turlarini o`rganadilar. Bulardan tashqari talabalar o`choqlarda qo`llaniladigan yoqilg`i turlari, ularning issiqlik berish qobiliyati, havoning ortiqlik koeffisienti, modda almashinish jarayonlaridagi komponentlarning tarkibi, yutuvchi va yutiluvchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, konversiya, absorbsiya darajasi, sexning moddiy va issiqlik balansi hamda asosiy qurilmaning texnologik, mexanik va gidravlik hisoblari kabi tushunchalarning mohiyatini anglaydilar.


Korxonadagi sexlar bo`yicha mavzular

I. Havoning ajratish sexi

1. Kirish.

2. Azotni olish uchun xom-ashyo mahsulotlari.

3. Tayyor mahsulot tavsifi.

4. Havoning ajratish usullari.

5. Jarayonning fizik-kimyoviy xossalari.

6. Texnologik sxema bayoni.

7. Jarayonning asosiy parametrlari.

8. Texnologik rejim me'yori.

9. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

10. Mehnatni muhofaza qilish.

11. Iqtisodiy qism.

12. Xulosa.

13. Adabiyotlar.
II. Ammiak ishlab chiqarish sexi

1. Konversiya bo`limi.

1.1. Kirish.

1.2. Vodorod olish uchun xom-ashyo mahsulotlari.

1.3. Tayyor mahsulot tavsifi.

1.4. Tabiiy gazni konversiya qilish usullari.

1.5. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari.

1.6. Texnologik sxema bayoni.

1.7. Jarayonning asosiy parametrlari.

1.8. Texnologik rejim me'yori.

1.9. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

1.10. Mehnatni muhofaza qilish.

1.11. Iqtisodiy qism.

1.12. Xulosa.

1.13. Adabiyotlar.

2. Ammiak sintezi bo`limi.

2.1. Kirish.

2.2. Ammiak ishlab chiqarish uchun xom-ashyo mahsulotlari.

2.3. Tayyor mahsulot tavsifi.

2.4. NH3 ishlab chiqarish usullari.

2.5. NH3 sintezining fizik-kimyoviy asoslari.

2.6. Texnologik sxema bayoni.

2.7. Jarayonning asosiy parametrlari.

2.8. Texnologik rejim me'yori.

2.9. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

2.10. Mehnatni muhofaza qilish.

2.11. Iqtisodiy qism.

2.12. Xulosa.

2.13. Adabiyotlar.
III. Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi

1. Kirish.

2. HNO3 ishlab chiqarish uchun xom-ashyo mahsulotlari.

3. Tayyor mahsulot tavsifi.

4. HNO3 ishlab chiqarish usullari.

5. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari.

6. Texnologik sxema bayoni.

7. Jarayonning asosiy parametrlari.

8. Texnologik rejim me'yori.

9. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

10. Mehnatni muhofaza qilish.

11. Iqtisodiy qism.

12. Xulosa.

13. Adabiyotlar.


IV. Ammoniyli selitra ishlab chiqarish sexi

1. Kirish.

2.NH4NO3 ishlab chiqarish uchun xom-ashyo mahsulotlari.

3. Tayyor mahsulot tavsifi.

4. NH4NO3 ishlab chiqarish usullari.

5. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari.

6. Texnologik sxema bayoni.

7. Jarayonning asosiy parametrlari.

8. Texnologik rejim me'yori.

9. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

10. Mehnatni muhofaza qilish.

11. Iqtisodiy qism.

12. Xulosa.

13. Adabiyotlar.

V. Kaustik soda ishlab chiqarish sexi

1. Kirish.

2. Karbamid ishlab chiqarish uchun xom-ashyo mahsulotlari.

3. Tayyor mahsulot tavsifi.

4. Kaustik soda ishlab chiqarish usullari.

5. Kaustik soda sintezining fizik-kimyoviy asoslari.

6. Texnologik sxema bayoni.

7. Jarayonning asosiy parametrlari.

8. Texnologik rejim me'yori.

9. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish.

10. Mehnatni muhofaza qilish.

11. Iqtisodiy qism.

12. Xulosa.

13. Adabiyotlar.

VI. Shu tartibda boshqa korxona va sexlar uchun ham rejalar tuziladi
ALOHIDA BERILADIGAN TOPSHIRIQ
Alohida beriladigan topshiriqning maqsadi talabalarning ijod qilish qobiliyatlarini, sexdagi asosiy qurilmalarning tuzilishi, ish prinsipi va ularning hisoblarini o`rganishdan iboratdir.

Talabalarga alohida beriladigan topshiriq bitiruv malakaviy ishi mavzusi asosida bitiruv oldi amaliyotiga jo`nash oldidan beriladi. Talabalar alohida beriladigan topshiriqni to`la va sifatli bajarishga javobgardir. Alohida beriladigan topshiriqni bajarmagan talaba amaliyotdan o`tmagan deb topiladi va amaliyot bo`yicha sinovga qo`yilmaydi.

Talabalarga alohida tartibda bajariladigan ish sifatida biriktirilgan sexning texnologik sxemasini va sexdagi asosiy qurilmaning tuzilishi va ish prinsipi, hamda ularning ko`rinishni aks ettiruvchi eskizlarini chizadilar.

Bulardan tashqari talabalarga bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun kerakli materiallar to`plash, sexning texnologik sxemasini, asosiy qurilmaning ish prinsipi va tuzilishini o`rganish topshirig`i beriladi.

Alohida beriladigan topshiriqlar institut va korxona tomonidan tayinlangan rahbar bilan kelishilgan holda beriladi. Korxonadagi har bir sexdagi qurilmalar bir - biridan ish prinsipi va tuzilishi bilan katta farq qiladi. Shuning uchun talabalarga alohida beriladigan bu topshiriqlar bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun katta yordam beradi.

Alohida beriladigan topshiriqlar mavzusi.

I. Havoni ajratish sexi

1. Havoning ajratish sexi qurilmalari bilan tanishish.

2. Pastki rektifikasiya kolonnasining tuzilishi va ish prinsipi.

3. Pastki rektifikasiya kolonnasining moddiy va issiqlik hisobi.

4. Pastki rektifikasiya kolonnasining eskizi.

5. Yuqorigi rektifikasiya kolonnasining tuzilishi va ish prinsipi.

6. Yuqorigi rektifikasiya kolonnasining moddiy va issiqlik hisobi.

7. Yuqorigi rektifikasiya kolonnasining eskizi.

8. Sexning texnologik sxemasi.

II. Ammiak ishlab chiqarish sexi

a) Konversiya bo`limi bo`yicha
1. Konversiya bo`limi qurilmalari bilan tanishish.

2. Metan konvertorlarining tuzilishi va ish prinsipi.

3. Metan konvertorlarining moddiy va issiqlik hisobi.

4. Metan konvertorlarining eskizi.

5. SO konvertorlarining tuzilishi va ish prinsipi.

6. SO konvertorlarining moddiy va issiqlik hisobi.

7. SO konvertorlarining eskizi.

8. Absorberning tuzilishi va ish prinsipi.

9. Absorberning moddiy va issiqlik hisobi.

10. Absorberning eskizi.

11. Sexning texnologik sxemasi.

b) Ammiak sintezi bo`limi bo`yicha

1. Sintez kolonnasining tuzilishi va ish prinsipi.

2. Sintez kolonnasining moddiy va issiqlik hisobi.

3. Sintez kolonnasining eskizi.

4. Kondensasiya kolonnasining tuzilishi va ish prinsipi.

5. Kondensasiya kolonnasining moddiy va issiqlik hisobi.

6. Kondensasiya kolonnasining eskizi.

7. Metanatorning tuzilishi va ish prinsipi.

8. Metanatorning moddiy va issiqlik hisobi.

9. Metanatorning eskizi.

10. Sexning texnologik sxemasi.


III. Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi

a) Konversiya bo`limi bo`yicha


1. Kontakt qurilmasining tuzilishi va ish prinsipi.

2. Kontakt qurilmasining moddiy va issiqlik hisobi.

3. Kontakt qurilmasining eskizi.

4. Sexning texnologik sxemasi.

b) Absorbsiya bo`limi bo`yicha
1. Absorbsiya kolonnasining tuzilishi va ish prinsipi.

2. Absorbsiya kolonnasining moddiy va issiqlik hisobi.

3. Absorbsiya kolonnasining eskizi.

4. Sexning texnologik sxemasi.


IV. Ammoniyli selitra ishlab chiqarish sexi
a) Neytralizasiya bo`limi bo`yicha

1. Neytralizator qurilmasining tuzilishi va ish prinsipi.

2. Neytralizator qurilmasining moddiy va issiqlik hisobi.

3. Neytralizator qurilmasining eskizi.

4. Sexning texnologik sxemasi.
b) Bug`latish bo`limi bo`yicha
1. Bug`latish qurilmasining tuzilishi va ish prinsipi.

2. Bug`latish qurilmasining moddiy va issiqlik hisobi.

3. Bug`latish qurilmasining eskizi.

4. Sexning texnologik sxemasi.


v) Donadorlash bo`limi bo`yicha
1. Donadorlash minorasining tuzilishi va ish prinsipi.

2. Donadorlash minorasining moddiy va issiqlik hisobi.

3. Donadorlash minorasining eskizi.

4. Sexning texnologik sxemasi.

V. Shu tartibda boshqa sexlar bo`yicha ham rejalar tuziladi.
SEXNING IQTISODIY QISMI BILAN TANISHISH
Talabalarga bitiruv oldi amaliyoti davrida maxsus topshiriq sifatida bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun biriktirilgan sexning iqtisodiy qismi bilan tanishishadi. Talabalarni sexning iqtisodiy qismi bilan tanishishdan maqsad, sanoat korxonasida ishlab chiqarishni rejalashni tashkil qilish va boshqarish bo`yicha umumiy tushunchaga ega bo`lishdan iborat hamda bitiruv malakaviy ishini iqtisodiy qismi uchun kerakli materiallar to`plashdan iborat.

Bularni amalga oshirish uchun talabalar quyidagilarni e'tiborga olish kerak:

korxona yoki sex bo`limining ishlab chiqarish quvvati bilan tanishish;

bir yillik ish vaqtining balansi bilan tanishish;

qurilmaning samarali ishlash vaqti bilan tanishish;

sexdagi barcha texnologik jihoz va uskunalarning ro`yxati

va joriy yildagi qiymati bilan tanishish;

mahsulot assortimenti bilan tanishish;

sexning kapital xarajatlari bilan tanishish;

sex boshqaruv xodimlarining ish haqqilari bilan tanishish;

asosiy va qo`shimcha ishchilarga ish xaqi to`lash va moddiy rag`batlantirish tizimi bilan tanishish;

mahsulot tannarxi bilan tanishish;

sexning oldingi yildagi iqtisodiy ko`rsatkichlari bilan tanishish;

sexning yillik foyda rentabellik darajasi bilan tanishish;

mehnat unumdorligi bilan tanishish;

fond qiymati bilan tanishish;

o`z - o`zini qoplash muddati bilan tanishish;
AMALIYOT HISOBOTINI RASMIYLASHTIRISH VA TAYYORLASH
Bitiruv oldi amaliyoti xisobotini bajarish har bir talaba tomonidan mustaqil bajariladi va buyruq bo`yicha tayinlangan korxonaning belgilangan sexning ish joyida o`tkaziladi.

Amaliyot davomida yig`ilgan materiallar xisobot sifatida rasmiylashtiriladi. Xisobotning sarvarag`i dastur oxirida ilova qilingan (Ilova 1). Amaliyot davrida olingan dastlabki hamma ma'lumotlar talabalar tomonidan ish joyida yoziladi. Talabalar qaytgandan so`ng oqqa ko`chirib yozadilar. Amaliyot uchun berilgan kundalik sistematik ravishda to`ldirib boriladi.

Xisobot qo`lyozma shaklida va ozoda, benuqson qilib yoziladi va rasmiylashtiriladi (Ilova 2). Xisobotda korxonadan olingan chizmalar keltiriladi. Xisobot amaliyot davrida A 4 formatdagi varag`larga ilovada ko`rsatilgan tartibda yoziladi. Kundalikga korxonadan tayinlangan rahbar qisqacha o`z fikr-mulohazalarini yozib, xisobotga baho qo`yadi va xisobot sarvarag`iga imzo chekadi, uning imzosiga korxona (sex) muhri qo`yiladi. Xisobot davlat tilida (rus guruxlari uchun rus tilida) bajariladi.

Xisobot uchun talaba sexning texnologik sxemasi titul varag`i o`lchamidagi (yoki millimetrli) qog`ozga chiziladi, asosiy qurilmaning eskizi esa format yoki millimetrli qog`ozga chiziladi.

Amaliyot xisoboti talabaning sinov topshirishdagi asosiy xujjati hisoblanadi. Xisobotni yozishda amaliyot dasturi va uslubiy ko`rsatmasi asos qilib olinib, unga eshitilgan ma'ruza mavzusi va ekskursiyalar ro`yxati qayd qilinib kundalikga tirkab qo`yiladi.
BITIRUV OLDI AMALIYOTI HIMOYASI
Amaliyot himoyasi konferensiya tarzida bo`lib, talabaning bitiruv oldi amaliyoti tugagandan so`ng, korxona yoki institutda tashkil qilingan komissiya oldida talaba tomonidan himoya qilinadi va uning natijasi bo`yicha talabaga baho qo`yiladi.

Talabaga xisobotni himoya qilish bo`yicha umumiy baho institut tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Talabani xisobot bo`yicha himoyasi reyting tizimi bo`yicha belgilangan ballar bilan baholanib, sinov qaydnomasiga va talabaning sinov daftarchasiga belgilanadi. Amaliyot natijalari baholanayotganda quyidagilarga e'tibor beriladi.

" xisobot sifati;

" sex rahbarining tavsifnomasi;

" zavod rahbarining xisobot uchun yozgan taqrizi;

"kommisiya oldida himoya qilish jarayonida talabaning o`z bilimi va saviyasini yorqin namoyon qilishi va komissiya a'zolari savollariga bergan javobining naqadar to`g`ri va to`liqliklariga bog`liqdir.

Amaliyot xisobotining o`z vaqtida topshirmagan yoki salbiy taqriz olgan, himoyada qoniqarsiz baho olgan talabalar akademik qarzdor hisoblanadi. Bu talabalar Bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qo`yilmaydi va uni institut talabalari safidan chetlashtirishga olib keladi.

ADABIYOTLAR


1. Korxona sexining texnologik reglamenti.

2. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. - T.; "Sharq", 2003.

3. Ismatov A.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi. T.: O`zbekiston, 2002 - 336 b.

4. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. va boshqalar. Kimyo va oziq - ovqat sanoatining asosiy jarayon va qurilmalarini hisoblash va loyihalash. - Toshkent, Jahon, 2000. - 231 b.

5. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Ismatullaev P.R. Kimyo va oziq - ovqat sanoatining jarayon va qurilmalari fanidan hisoblar va misollar. - Toshkent, Nisim, 1999. - 351 b.

6. Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Toshkent. "O`zbekiston", 1 - tom, 1994.

7. Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Toshkent. "O`zbekiston", 2 - tom, 1995.

8.Дытнерский Ю.И. Процессы и аппараты химической технологии. -М.: Химия, 1 – часть, 1995.

9.Дытнерский Ю.И. Процессы и аппараты химической технологии. -М.: Химия, 2 – часть, 1995.

10. Позин М.Е. Технология минеральных удобрений. -Л.: Химия, 1989.

11. Олевский В.М. Производства аммиачной селитры в агрегатах большой единичной мощности. -М.: Химия, 1990.

12. Технология фосфорных и комплексной удобрений. Под ред. Эвенчика. -М.: Химия, 1987.

13. Позин М.Е. Расчеты по технологии неорганических веществ. -Л.: Химия, 1987.

14. Дыбина И.В. Расчеты по технологии неорганических веществ. -М.: Химия, 1967.

15. Васильев Б.Т., Отвагина М.И. Технология серной кислоты. - М.:Химия, 1985.

16. Зайцев И.Д., Ткач Г.А., Стоев Н.Д. Производство соды. -М.: Химия, 1986. -312 с.

17. Шах А.Д., Погостин С.З. Организация и планирования химического производства. Под. ред. проф. В.Л. Клименко. –Л.: «Химия», 1989.

18. Зубарёв В.Д. и др. Задачник по экономике нефтяной и газовой промықшленности. –М.: «Недара», 1989.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
"KIMYOMETALLURGIYA" fakulteti
"KIMYOVIY TEXNOLOGIYA" kafedrasi
BITIRUV OLDI AMALIYOTI
X I S O B O T I
__________________________________________________________

(amaliyot o`tilgan korxona nomi)


___________________________________________________________

(amaliyot o`tilgan bo`lim yoki sexning nomi)


Amaliyot muddati: boshlanishi "____"________ 200___ y.

tugallandi "____"________ 200___ y.


Amaliyot o`tuvchi: __________ kurs ________________ gurux

_________________________________________________________

(talabaning nasabi, ismi va otasining ismi) (imzo) sana
Korxonadan:_________________________________________________

(lavozimi nasabi, ismi va otasining ismi) (imzo) sana


Institutdan:________________________________________________

(lavozimi nasabi, ismi va otasining ismi) (imzo) sana


Xisobot himoyasida to`plangan ball _________________
Xisobotni himoya qilgan kun: "____" ___________ 200___ yil
Komissiya a'zolari:___________________________________________

(lavozimi nasabi, ismi va otasining ismi) (imzo) sana

____________________________________________

(lavozimi nasabi, ismi va otasining ismi) (imzo) sana

NAVOIY – 2021

2 - Ilova


Ammoniy nitrat ishlab chiqarish sexining texnologik sxema bayoni.

__________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________ [3, 56 bet]

bu yerda 3 - adabiyotlar ro`yxatidagi adabiyotning tartib soni;

56 - foydalanilgan adabiyot betining soni.

Eslatma:
1. Xisobot tushunarli tarzda, grammatik to`g`ri, iloji boricha chiroyli, o`rtacha yiriklikda qora yoki bir xil rangdagi siyoh bilan yoziladi.

2. Yozish paytida varag`ning chap tomonidan 25 mm, o`ng tomonidan 10 mm, yuqorigi va pastgi tomonlaridan 20 mm dan hoshiya qoldiriladi.

3. Sarlavha va matnlar orasida 10 mm masofa qoldiriladi.

4. Har bir varag`dagi qatorlar soni 26 - 28 dan oshmasligi kerak.

5. Har bir varag`dagi yozuvlar ko`rsatilgan o`lchamdan tashqariga chiqib ketishiga yo`l qo`yilmaydi.

6. Varag` atrofiga tashqi to`rtburchak shaklini chizish majburiy emas.


MUNDARIJA


1.Kirish …………………………………………………………………. 5

2. Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi va vazifalari …….........……….. 5

3. Bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish ………………………..……… 7

4. Amaliyotni o`tash muddati va vaqtning taqsimlanishi …........……… 7

5. Institut tomonidan belgilangan rahbarning vazifalari ......………….… 8

6. Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining

vazifalari …..………………………………………………….……… 8

7. Texnologik jarayon va qurilmani o`rganish …..……………….……. 9

8. Alohida beriladigan topshiriq ……………………..……………..…. 12

9. Sexning iqtisodiy qismi bilan tanishish ………………….……..…... 15

10. Amaliyot xisobotini rasmiylashtirish va tayyorlash ............………. 16

11. Bitiruv oldi amaliyoti himoyasi ……………..……………..……… 16



12. Adabiyotlar .………………………………………………..…..… 18

13. Ilovalar ….…………………………………....……………..……...19
Download 47,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish