1 – qobiq; 2 – quvur to’rlari; 3 – quvurlar; 4 – qopqoq; 5,6 – issiqlik agentlari
Sanoatda 4-6 yo’lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo’llarning soni ortib borishi
bilan
isitkichning
gidravlik
qarshiligi
ortib,
qurilmaning
konstrukstiyasi
murakkablashadi. Qobiq-quvurli isitkichlarda qobiq bilan quvurlar orasidagi
temperaturalarning farqiga qarab quvur va qobiqning uzayishi har xil bo’ladi. Shuning
uchun qobiq quvurli isitkichlar konstrukstiyasiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) qo’zg’almas
to’rli isitkichlar; 2) kompensatorli isitkichlar.
Qo’zg’almas to’rli isitkichlarda issiqlik ta’sirida quvurlar va qobiq har xil
uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar quvurlar va qobiq o’rtasidagi temperaturalar
farqi katta bo’lmaganda ( 50
0
S gacha) ishlatiladi.
Quvurlar to’r pardalarga razvalstovka, payvandlash, kavsharlash va salniklar
yordamida biriktiriladi (1.7- rasm).
Qobiq – quvurli qurilmalarda quvurlar to’r pardaga asosan 3 xil usul bilan
joylashtiriladi (1.8-rasm):
a) to’g’ri oltiburchak qirralari bo’ylab;
b) konstentrik aylanalar bo’ylab;
v) kvadratning tomonlari bo’ylab.
1.9 - rasm. Quvurlarni quvur to’rlarida joylashtirish sxemasi.
a – teng yonli uchburchak cho’qqilarida; b – kvadrat cho’qqilarida; v – aylana
bo’ylab.
Temperaturalar farqi 50
0
S dan katta bo’lganda quvurlar va qobiqning har xil
uzayishini kompensastiyalash maqsadida linzali kompensatorli (1.10- rasm,
a) va U
– simon quvurli (1.10-rasm, b) va suzuvchan kallakli qobiq quvurli isitkichlar
ishlatiladi.
Linzali kompensator isitish quvurlari va qurilma devori o’rtasidagi bosim
2
5
/
10
6
м
н
gacha bo’lganda ishlatiladi.
U – simon qobiq quvurli isitkichlarda issiqlik ta’sirida quvurlarning uzayishidagi
kompensastiyani quvur qurilmalarining o’zi bajaradi.
1.11– rasmda suzuvchan kallakli qobiq quvurli isitkich tasvirlangan. Unda quvur
to’rlaridan biri qobiqqa mahkamlanmagan bo’ladi, shuning uchun temperatura
deformastiyasi natijasida quvurlar to’plami korpus ichida erkin qo’zg’ala oladi.
1.10 – rasm. Temperatura yuqori bo’lganda qobiq va quvurlarni uzaytirishni
hisobga oluvchi qobiq-quvurli isitkichlar:
a) linza kompensatorli; b) U - simon quvurli.
Isitkich quyidagicha ishlaydi. Mahsulot oqimlaridan biri shtuster orqali
taqsimlash kamerasiga beriladi, so’ngra quvurlar bo’shlig’i orqali o’tib,
harakatlanadigan quvurlar to’ri va uning qopqog’i hosil qiluvchi kameraga o’tadi.
Kamerada o’z yo’nalishini o’zgartirib, qolgan quvurlar orqali yana taqsimlash
kamerasiga qaytadi. Bu kamera tekis to’siq yordamida ikki qismga bo’lingan. Shunday
to’siqlar yordamida isitkichni quvurlar bo’shlig’i bo’yicha 2, 4 va undan ortiq
oqimlarga ajratish mumkin.
Ikkinchi mahsulot oqimi quvurlararo bo’shliqqa beriladi, quvurlarni yuvib, undan
chiqariladi. Bunday isitkichlarning aksari quvurlararo bo’shliq bo’yicha bir yo’llidir.
Suyuqlikning quvurlararo yo’lini uzaytirish uchun, unda qalinligi 5 mm bo’lgan
ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. To’siqlar orasidagi masofa 0,2 m dan 50 d
t
gacha
qabul qilinadi. Bu to’siqlar shuningdek, quvurlar to’plami uchun tayanch vazifasini
ham bajaradi.
Qo’zg’aluvchan kallakli isitkich ajraluvchan bo’lib, quvurlar to’plamini
korpusdan oson chiqarib olish mumkin. Bu esa quvurlarni tozalash, ko’rikdan
o’tkazish va ta’mirlashni osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: