Kimyоviy texnologiyа



Download 0,74 Mb.
bet4/4
Sana10.12.2019
Hajmi0,74 Mb.
#29214
1   2   3   4
Bog'liq
2 5469654492272132918


5. Klinker tavsifi

TSement klinkeri sifati quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:

Alohida oksidlarning miqdori (kimyoviy tarkibi).

Asosiy oksidlar miqdorining nisbatini ifodalovchi modullar qiymati.

Asosiy minerallarning miqdori. Klinkerga oksidlarning o’zaro nisbati va klinker minerallarining miqdori bilan tavsif beriladi.

Demak, portlandtsement sifatini har qaysi klinker mineralining foiz miqdoriga qarab aniqlash mumkin. Klinkerning mineralogik tarkibini aniqlashning ikki usuli bor: bevosita petrografik yoki rentgenografik tahlil usuli yoxud bevosita hisoblab aniqlash usuli. Klinker mineralogik tarkibi zavodlarda ko’pincha hisoblab aniqlanadi (asosiy oksidlarning foiz nisbati orqali). Muhim oksidlarning foiz nisbati ikki xil modul (silikat va qumtuproq) hamda to’yinish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Bu modullar va koeffitsiyent miqdori xomashyo aralashmasi uchun ham, klinker uchun ham amalda bir xil bo’ladi. Bu esa muhim amaliy ahamiyatga ega, chunki xomashyoning kimyoviy tarkibini tegishlicha tanlash bilan klinker mineralogik tarkibini o’zgartirib turish mumkin.



Silikat modul. Silikat modul (n) qumtuproq modul deb ham ataladi. Bu modul reaksiyaga kirishgan kremniy ikki oksid miqdori-ning alyuminiy va temir oksidlari miqdoriga foiz hisobidagi nisbatini ko’rsatadi:

Awallari klinker tarkibini ifodalash uchun faqat gidravlik (boshqacha asosli) moduldan foydalanilgan. Bu modul birikkan kalg’tsiy oksid miqdorini kislota oksidlar miqdoriga nisbatini ifodalaydi.



Zamonaviy tsement kiinkerlarining bosh moduli BM-1,7— 2,4. Biroq gidravlik modul klinker sifatini xarakterlash uchun yetarli yemas edi. Shuning uchun yana ikkita modul: silikat (qumtuproq) va giltuproq (alyuminat)lar kiritildi.

Silikat modul (n) boshqa oksidlar bilan reaksiyaga kirishgan kremniy oksid miqdorini va klinker tarkibidagi alyuminiy hamda temir oksidlar yig’indilarga nisbatini ko’rsatadi.

Xomashyo aralashmasi tarkibidagi kremniy ikki oksid ohak bilan hamma vaqt C3S va C2S holida birikavermaydi, shu tufayli birikkan qumtuproq miqdori kremniy ikki oksidining umumiy miqdori SiО2 umumiy va yerkin holda qolgan SiО2 yerkin miqdori ayirmasi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun silikat modul quyidagicha yoziladi:



n tsementdagi silikat minerallari yeruvchan minerallar (klinkeming alyumoferrit, alyuminat qismlari) o’rtasidagi nisbatni aniqlaydi.

Oddiy portlandtsementlar uchun silikat modul qiymati 1,7—3,5; sulg’fatga chidamli portlandtsement uchun esa 1,7—4.

Giltuproq (alyuminat) modul p alyuminiy oksid miqdorining temir oksid miqdoriga nisbatini ifodalaydi: p klinkerdagi uch kalg’tsiy alyuminatning temir oksid bor birikmalarga nisbatini ifodalaydi.

Giltuproq modul qiymati oddiy portlandtsementlar uchun 1—3. Silikat modul katta qiymatga ega bo’lganda ham xomashyo aralashmasini qovushtirib pishirish qiyinlashadi. Hosil bo’lgan tsement sekin tishlashadi va sekin qotadi, biroq keyinchalik uning mustahkamligi yuqori boiadi. Alyuminat moduli kichik qiymatga ega bo’lganda portlandtsementlar minerallashgan tuzlar tahsiriga chidamli bo’ladi.

p katta qiymatga ega bo’lganda esa tsementlar tez tishlashadi va qotadi, ammo oxirgi mustahkamlik ko’rsatkichi past boiadi.

Silikat modul katta boisa, klinkerda C3A va C4AF kam, ammo C3S va C2S ko’p, giltuproq modul katta boisa, klinkerda C3A juda ko’p, biroq C4AF kam boiadi.

To’yinish koeffitsiyenti (TK). Olimlardan V.A.Kind va V.N.yunglar tomonidan aniqlangan to’yinish koeffitsiyenti portlandtsement klinker mineralogik tarkibining eng muhim tavsifidir. Klinker minerallar orasida uch kalg’tsiy silikat eng muhim mineral hisoblanadi, portlandtsement xossalari ko’p jihatdan ana shu silikatning foiz miqdoriga bogiiq. Shu bilan birga, klinker tarkibidan uch kalg’tsiy silikat olish texnologik jihatdan juda murakkab. Qolgan uch tur silikat osongina hosil boiadi.

Shu narsa maiumki, ohak keragidan ko’p boisa, C2S, S3A va C4AF ning hosil boiish jarayoni (shuningdek, CaO bilan SO2 o’zaro tahsir yetishi tufayli CaSО4 ning ham) uch kalg’tsiy silikat faqat ancha yuqori (1300°C dan ko’p) haroratda va kuydirilayotgan aralashmada suyuq faza boigandagina ikki kalg’tsiy silikatning ohak bilan to’yinishi hisobiga hosil boiadi.

Shunday qilib, portlandtsement klinker ishlab chiqarishda 2CaOSiО2 ni 3CaOSiО2 ga aylantirish va klinkerda kerakli miqdorda 3CaOSiО2 hosil qilish kerak. Ammo klinkerda yerkin ohak qolmasligi kerak, yahni CaO dan C3S, C3A va C4AF hosil qilish uchun ular kerakli miqdorda boiishi lozim. Bu vazifa qanchalik aniq bajarilayot-gani to’yinish koeffitsiyentining (TK) qiymati orqali aniqlanadi.

Unda yutilgan (alyuminiy oksidning uch kalg’tsiy alyuminatga, temir oksidning bir kalg’tsiy ferritga va sulg’fat kislota angidridining kalg’tsiy sulg’fatga aylanguncha to’yinishidan ortgan ohak) ohak miqdorining qumtuproq uch kalg’tsiy silikatgacha ohakka to’yinishi uchun zarur boigan ohak miqdoriga nisbati beriladi.

Klinker minerallari tarkibiga kiruvchi oksidlarning molekulyar og’irliklariga qarab qumtuproq 2CaOSiО2 gacha, gil-tuproq 3CaOAl2О3 gacha, temir oksid CaOFe2О3 gacha va sulg’fat kislota angidridi CaSО4 gacha to’la to’yinishi uchun talab qilinadigan CaO miqdorini hisoblash mumkin (CaSО4 ikkita, yahni CaO va SО3 oksidlaridan iborat deb olinadi).

Uch kalg’tsiy silikatda kalg’tsiy oksidning og’irligi bo’yicha kremniy



oksidga nisbati

ga teng. Demak, 3CaO • SiО2hosil bo’Iayotganda Si02 ning har bir og’irlik qismi 2,8 og’irlik qism CaO ni yutadi.

Xuddi shunday yohl bilan A12О3 ning bir og’irlik qismi (3CaO • A12О3 hosil bo’Iayotganda) 1,65 og’irlik qism CaO

nbir og’irlik qism Fe2О3 esa (CaO Fe2О3


hosilbo’Iayotganda) 0,35 og’irlik qism CaO ni

bir og’irlik qism S03 (CaS04 hosil

bo’Iayotganda) 0,7 og’irlik qismni



yutishini aniqlash mumkin.

Klinker minerallaridagi ohak va kislota oksidlarining og’irlik nisbatlari mahlum bo’lsa, qancha CaO kerakligini kislota oksidlari orqali ifodalash mumkin. C2S hosil bo’lishi uchun 2,8 SiО2 va C3A ga 1,65 A12О3; CF ga 0,35 Fe2О3 va CaSО4 ga 0,7 SО3 talab qilinadi. Bu mahlumotlardan foydalanib, to’yinish koeffitsiyenti formulasini quyidagicha yozish mumkin:



Bu formula suratdagi A12О3, Fe2О3 va CО3 lar C3A; CF va CaSО4 gacha to’yingandan keyin qolgan ohak miqdorini, maxraji esa qumtuproqning C3S gacha to’yinishi uchun zaair bo’lgan ohak miqdorini ifodalaydi. Surat bilan maxraj teng bo’lsa, to’yinish koeffitsiyenti 1 bo’ladi. Bunday klinker tarkibida ikki kalg’tsiy silikat bo’lmaydi. Qumtuproqning C3S gacha toia to’yinishini qiyinlashtiradigan bir qator texnoiogik omillar tufayli qiymati 1 ga teng bo’lgan to’yinish koeffitsiyentiga yerishish amalda juda qiyin. Shuning uchun to’yinish koeffitsiyenti odatda 1 dan kichik bo’ladi. Oddiy portlandtsement uchun TK=0,80—0,95. Demak, bunday portlandtsement tarkibida C3S dan tashqari ikki kalg’tsiy silikat ham bor. To’yinish koeffitsiyenti qanchalik kichik bo’lsa, klinkerda C2S shuncha ko’p, C3S esa kam bo’ladi.

Shunday qilib, to’yinish koeffitsiyenti va ikki modul qiy-matlariga qarab portlandtsement klinkerining sifati haqida fikr yuritish mum kin.

Portlandtsement klinkerining mineralogik tarkibini aniqlash. Klinkerning mineralogik tarkibi kimyoviy tahlil mahlumotlari va to’yinish koeffitsiyenti qiymati bo’yicha hisoblab aniqlanadi.

Kalg’tsiy silikatlar C3S va C2S miqdorini hisoblashda silikatlarning asoslilik darajasi (AD) degan tushunchadan foydalaniladi. AD deganda, bir molekula Si02 ga to’g’ri keladigan CaO molekulalar soni tushuniladi. Masalan, C2S ning asoslilik darajasi 2 ga, C3S ning asoslilik darajasi esa 3 ga teng. Klinkerdagi silikatlarning asoslilik darajasi 3 ga teng bo’lsa, u holda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan uch kalg’tsiy silikat holida, AD 2 ga teng boisa, ikki kalg’tsiy silikat holida bog’langan bo’ladi. AD ning oraliq qiymatlari klinkerda C,S dan tashqari C2S ham borligini ko’rsatadi. Modomiki, to’yinish koeffitsiyenti 1 ga teng bo’lganda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan C3S holida bog’langan. TK 1 dan kichik bo’lsa, klinkerda C2S bor bo’ladi, har qaysi portlandtsement klinkeri uchun silikatlar asoslilik darajasini quyidagicha belgilash mumkin:

AD = 3TK.

Klinkerdagi uch kalg’tsiy silikatning foiz miqdori qum-tuproq foiz miqdoriga qarab aniqlanadi. Сhunki yuqorida aytilganidek, uch kalg’tsiy silikatda har 1% Si02 ga 2,8% CaO to’g’ri keladi. Ular o’zaro tahsirlashib, 3,8% C3S ni hosil qiladi. U vaqtda klinkerdagi C3S ning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:


%C3S=3,8-Si02(AD-2)

yoki


% C3S=3,8Si02(3TK-2).
Formuladan ko’rinib turibdiki, ayinna (3TK-2) 1 ga teng bo’lsa (AD=3), klinkerning hamma qumtuprog’i C3S holida birikkan bo’ladi.

C2S ning miqdorini aniqlash uchun formula quyidagi ko’rinishga keltiriladi:



Yoki

Сhunki ikki kalg’tsiy silikatda har 1 % Si02 ga 1,87 % CaO to’g’ri keladi. Ular o’zaro tahsirlashib, 2,87 %C2S hosil qiladi.

ikkinchi formula AD-3 (TK-1) bo’lganda klinkerdagi C2S miqdori nolga tengligini ko’rsatadi.

Klinkerdagi giltuproq (A1203) C3A va C4AF holida bog’langan bo’ladi. C4AF holda birikkan giltuproqning foiz miqdori har 1% Fe203 ning 0,64% A1203 ni biriktirishiga qarab aniqlanishi mumkin:



Klinkerdagi qolgan giltuproq C3A ni hosil qiladi. 1% ortib qolgan A1203 esa 1,65% CaO bilan o’zaro tahsir yetishib, 2,65% C3A ni beradi. Bu sharoitda uch kalg’tsiy alyuminat miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:



Qavs ichidagi ayirma C4AF hosil bo’layotganda Fe203 yutgan giltuproq miqdorini ifodalaydi.

To’rt kalg’tsiy alyumoferrit ilgari qabul qilingan shartga ko’ra ikki modda, yahni C3A va CF dan iborat deb qaraladi. Har 1 % CaO 0,35% Fe203 bilan o’zaro tahsir yetishib, 1,35% CF hosil qilishi hisobga olinsa, C4AF ning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:

2,65 • 0,64-Fe2O3 ko’paytma C4AF ning tarkibida C3A holida birikkan giltuproq miqdorini ko’rsatadi.



1% Fe203 ning 3,04% C4AF hosil qilishi ham aniqlangan. U vaqtda C4AF foiz miqdori oddiyroq formula bo’yicha hisoblanishi mumkin:

Keltirilgan formulalardan foydalanib, klinkerning mineralogik tarkibini kimyoviy tahlil mahlumotlari bo’yicha aniqlash mumkin. Formuladagi SiO, va CaO ning foiz miqdori ularning birikkan holdagi miqdoriga teng. Bu miqdor shu oksidlarning klinkerdagi umumiy miqdori bilan yerkin holdagi miqdori ayirmasi tariqasida aniqlanadi.


6. Klinkerlarning sinflanishi va portlandtsement turlari.
S.D.Okorokov klinkerlardagi asosiy minerallar yig’indisini C3S+C2S=75%; C3A+C4AF=25% deb qabul qilib, klinkerlarning quyidagicha sinflanishini taklif qildi (19-jadval).

Agar klinker birdaniga ko’p miqdorda silikatli minerallar yoki yeruvchan minerallar yig’idisidan iborat bo’lsa, ular misol uchun alit-alyuminatli, belit-alyuminatli va hokazo deb ataladi yoki klinker mineralogik tarkibini o’zgartirib ular asosida turli qo’shilmalar bilan tsement tayyorlansa, turli qurilish xossalariga ega bo’lgan gidravlik bogiovchi moddalarni tayyorlash mumkin.



19-jadval.

Klinkerning mineralogik tarkibiga qarab nomlanishi.




Klinker

Taxminiy miqdor, %

C3S

C2S

C3A

C4AF

Alitli

60 ko’pi bilan

15 kamida

-

-

Normal (alit miq­doriga ko’ra)

60 - 37,5

15 - 37,5

__

__


Bclitli

37,5 kamida

37,5ko’pi bilan







Aluminatli

__

-

15 ko’pi bilan

10 kamida

Normal (aluminatli miqdoriga ko’ra)

-

-

15 - 7

10 - 18

Selitli

__

__

7 kamida

18 ko’pi bilan

Hozirgi kunda portlandtsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqarilmoqda:

l.Tarkibida 30-70% donador domna toshqoli bo’lgan portlandtsement.

2.Tarkibida 20-45% pussolan qo’shilmasi bo’lgan pussolan portlandtsement.

3.Tez qotuvchan portlandtsement.

4.Plastik va gidrofob portlandtsement.

5.Tarkibida ko’pi bilan 50% C3S va 5% C3A bo’lgan sulg’fatga chidamli portlandtsement.

6.O’rtacha yekzotermiyali portlandtsement.

7.Oq va rangli portlandtsementlar.
Xomashyo materiallari va yoqilg’i.
Portlandtsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalg’tsiy karbonat ko’p bo’lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo’lgan gillar, shuningdek, gil va kalg’tsiy karbonatning tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandtsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va asosan domna toshqollaridan, nefelin chiqindilaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandtsement, sulfotsement va S02 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sulg’fat kislota kam ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo`lga qo’yilgan.

Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chi-qaruvchi sanoatda hosil boiadi. Uning tarkibida 25—30% SiO2; 2 - 5% A12O3; 3-5% Fe2O3; 50 - 58% CaO va 3 - 8% boshqa oksidlar, chunonchi, 1,5—3% ishqorlar bor. Tarkibida shuncha CaO bo’lgan materialga 15—20% ohaktosh qo’shib, portland­tsement ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin.

Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20—30% ga oshiradi va yoqilg’i sarfini 25% ga kamaytiradi.

40—50% gacha tarkibida kalg’tsiy oksidi bo’lgan domna toshqollari ham portlandtsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Hozircha ular ko’p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandtsement ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin.

Gil suvda osongina ivib, bo’shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog’ jinslaridan iborat. Ular bitta konning o’zida mineralogik va granulometrik (donadorlik) tarkibi jihatidan juda xilma-xil bo’lishi bilan farq qiladi. Ko’pincha gil tarkibida ko’p miqdorda tog’ jinslari, ularning siniq parchalari

mayda dispers kul hosil qilish yana shuning uchun zarurki, kul qancha mayda bo’lsa, klinker uni batamom singdirib oladi va kul unda tekis joylashadi. Yoqilg’i 009 raqamli yelakda 8—10% qoldiq qolguncha maydalab tuyilishi kerak.

Serkul yoqilg’i juda mayda tuyilishi zaair. Zavodga kelgan yoqilg’i ko’pincha ancha nam bo’ladi. Shuning uchun u bir marta quritib olinadi. Yoqilg’ini quritish tuyayotgan vaqtda yoki tuyishdan oldin bajariladi. Bir yohla ham tuyib, ham quritish eng foydali va unumli usuldir.
Portlandtsement ishlab chiqarish usullari
Portlandtsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo’linadi:

1.Klinker ishlab chiqarish (portlandtsementning chala mah-sulotini tayyorlash).

2.Klinkerni qo’shilmalar bilan birga tuyish (portlandtsement olish).

Birinchi jarayon juda murakkab bo’lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan bog’liq. Shuning uchun hamma vaqt portland­tsement asosini tashkil yetuvchi klinkerni tejash kerak. Сhunki portlandtsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatning ko’p qismi (70—80%) klinker qiymatini tashkil yetadi.

Portlandtsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik jarayonlar bajariladi:

1.Ohaktosh va gil qazib olinadi.

2.Xomashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi.

3.Yoqilg’i tayyorlanadi.

4.Xomashyo materiallari kuydiriladi.

Klinkerni tuyish va portlandtsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi texnologik jarayonlar mavjud:

1.Qo’shilmalar tayyorlanadi.

2.Klinker qo’shilmalar bilan birga tuyiladi.

3.Portlandtsement omborga joylanadi.

Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil va to’g’rilovchi qo’shilmalar) ning hammasi mayda qilib tuyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materiallar maydalab tuyilsa, xomashyo aralashrnasi tarkibidagi oksidlar kuydiri-layotganda o’zaro yaxshi tahsirlashadi. Xomashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda tahsir yetishmay qolgan moddalar deyarli bo’lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog’langan bo’ladi.

Mayda. qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab aralashtirilishi mumkin. Xomashyo materiallari suv bilan tayyorlansa, portlandtsement ishlab chiqarish «ho’l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa, «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator omillarga bog’liq (chizmaga qarang).

Garchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo’lsa ham, hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiyada va AQShda ho’l usul, quruq usul esa Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko’proq qo’Uashga moyillik salmoqli o’rin olmoqda.


Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xomashyo aralashmasini tayyorlash.
Ohaktosh bilan gil, odatda, tsement zavodi yaqinidagi konlardan qazib olinadi. Ohaktosh portlatish yordamida qazib oli­nadi va vagonetkalar, platformalar yoki yukni o’zi ag’daradigan mashinalar samosvallarda tashiladi.

Gilni qazib olish uchun bir cho’michli (kamdan-kam hollarda ko’p cho’michli) yekskavatorlar ishlatiladi. Gil ham ohaktosh singari tashiladi. Ayrim vaqtlarda bu maqsadlar uchun gidro-transportdan foydalaniladi.

yuqorida ko’rsatib o’tilgan transportlardan tashqari, mahalliy sharoitlarga qarab, lentali transportyorlar (kon 1 km gacha, bahzan esa 5—8 km gacha uzoqda bo’lsa) yoki zavod bilan kon orasi past-baland bo’lsa, osma sim-arqon yohllardan foydalansa ham bo’ladi.

Qazib olinadigan xomashyo narxi turli korxonalarda bir-biridan farq qiladi. Tashish xarajatlari esa xomashyo umumiy sarfming 60 % ini tashkil yetadi.

Yog’ingarchilik va sovuq kunlari yoki uskuna va transport vositalari buzilgan vaqtlarda ish to’xtab qolmasligi uchun zavod hovlisida ohaktosh va gil zaxiralari bo’lishi kerak. Buning uchun qo’shimcha yuklash va tashish ishlarini bajarish lozim,bu esa iqlimi keskin o’zgaradigan sharoitlarda zavidning me`yoriy ish tartibini ta`minlaydi.

Portlandtsementning qotishi, xossalari va ishlatilishi.
13. TSementning suv bilan birikishi va hosil bo’lgan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi.
Portlandtsement klinker, gips, faol mineral (gidravlik), shuning-dek, boshqa qo’shilmalar aralashmasidan iborat bo’ladi. Bu moddalar portlandtsementning qotish jarayonida va tsementtosh tarkibiy tuzilmasining o’zgarishida mahlum darajada ishtirok yetadi. Ammo yuqorida aytib o’tilganidek, portlandtsementning sifat ko’rsatkichlari asosan klinker miqdoriga ko’ra aniqlanadi. Ko’rsatilgan jarayonlarda maydalangan klinkerning suv bilan o’zaro tahsir yetishi ayniqsa qatta ahamiyatgaega.

Maydalangan tsement klinkeri hech qanday aralashmasiz yoki qum yoxud qum va shag’al bilan suvda qorilganda, vaqt o’tishi bilan tishlashib, tobora mustahkamlana boradigan va toshsimon holatga o’tadigan tsementtoshga, qorishmaga va betonga aylanadigan plastik xamir, qorishma va beton hosil boiadi.



Yangi hosil bo’lgan kimyoviy birikmalarning tarkibi tsement-larning kimyoviy va mineralogik tarkibiga, shuningdek, reaksiya ketayotgan muhitda haroratning o’zgarishiga bog’liq. Mahlumki, oddiy portlandtsementning klinker qismi quyidagi fazalardan iborat (% hisobida):

Murakkab tarkibli portlandtsementning suv bilan birikishini va yangi hosil bo’gan mahsulotlarning tsement fizik-mexanik xossalariga tahsirini aniq bilish uchun uning har bir komponenti suv bilan reaksiyaga kirishishini ko’rib chiqib, so’ngra murakkab jarayon haqida to’la tushunchaga ega bo’lishi mumkin.

Alit-klinkerda Al2O3 va MgO qo’shimchasi bilan birga uchraydigan C3S ning qattiq yeritmasi suv bilan reaksiyaga kirishganda atrof-muhitning haroratiga va kalg’tsiy gidroksidning konsentratsiyasiga bogiiq holda turli gidrosilikatlar hosil qiladi.

Odatdagi harorat va Ca(OH)2 ning yeritmadagi konsentratsiyasida CaO hisoblansa, uning miqdori 0,05-1,1 g/1 gacha bo’lganda, mahlumotlarga ko’ra, C3S ning gidratatsiyasi tufayli kam darajada kristallangan o’zgaruvchan tarkibli CaO0,8-1,5 • SiO2 • H2O2,5-1 gidrosilikatlar hosil bo’ladi. Yeritmada Ca(OH)2 ning konsentratsiyasi qancha kam bo’lsa, hosil bo’lgan gidrosilikatlarning asosligi shuncha past bo’ladi. Bunday gidrosilikatlar Bogg — CSh(B) ko’rinishidagi umumiy formula bilan yoki Teylor — CSh(l) bilan belgilangan.

Eritmada Ca(OH)2 ning konsentratsiyasi to’yingan va o’ta to’yingan, Ca(OH)2 ning yeruvchanligi oshadigan (ayniqsa, past haroratda) darajaga yetganda (masalan, 10° C da CaO ning miqdori 1,25g/1) C3S metastabil tarkibli gidrosilikat CaO1,5-2 • SiO2• nH2O ga aylanadi.

Bogganing fikricha, u C2Sh2 formulasi bilan, Teylorning fikricha, C2Sh(II) bilan belgilanadi. Biroq qotuvchi tsement xamiri aralashmasining harorati 30—50°C ga yetganda, shuningdek, Ca(OH)2 ning yeruvchanligini kamaytiruvchi yeritmada ishqorlarning borligi asosan 3CaO • 2SiO2 • 3H2O tarkibli gidrosilikatlarni hosil qilishga imkon beradi. Bu birikma CSh(B) guruhiga taalluqlidir. Shuning uchun yaxshi kristallangan tobermorit C5S6H5 ham shu guruhga kiradi.

Agar tsement xamirida asosan 3CaO • 2Si02* 3H20 hosil boiadi, deb farz qilsak, u holda C3S ning suv bilan reaksiyasi quyidagicha yoziladi:

2(3CaO • SiO2)+6H2O=3CaO • 2SiO2 • 3H2O+Ca(OH)2.

Ko’rinib turibdiki, bu reaksiyada uch kalg’tsiyli silikat gidrolitik parchalanish natijasida ko’p miqdorda yerkin kalg’tsiyli gidrat oksid hosil boiadi. Bu gidrat tsementoshning tarkibiy tuzilishini o’zgartirish bilan birga, uning suvda yemirilishini tezlashtiradi. Bu holning oldini olish usuli quyida bayon yetilgan.



CSh(B) guruhidagi kalg’tsiy gidrosilikatlar qatlami kristallik tarkibiy tuzilishga ega bo’lib, turli miqdorda H2O molekulalarini (2; 5; 1; 0,5) qator orasida ushlab turadi. Bu suv esa kristali tekisliklari orasidagi bo’shliqdan bugianib ketishi va yana singib kirishi mumkin. Natijada kristallik tur kirishadi va suv singib kirganda shishadi. 2—2,5 molekula suvli gidrosilikatlar odatdagi va bir oz harorat ko’tarilganida ham barqaror turadi. Harorat 100°C atrofida bo’lganida gidrat suvning miqdori bir molekulagacha kamayadi, harorat 250°C gacha ortsa, suv molekulasi 0,5 qoladi. 450—500°C haroratda gidratning tarkibiy tuzilishi o’zgarmasdan, gidro­silikatlarning toia suvsizlanishi boshlanadi. 700—800°C da to’r o’zgarib anchagina kirishadi va natijada B — vollastonit hosil bo’ladi.

CSh(B) va C2Sh2 guruhidagi gidrosilikatlar qalinligi 20-30 A ikki-uch molekula qatlam atrofida, kengligi 400—500 A , o’rtacha uzunligi 1 mkm ga yaqin juda yupqa barg kabi hosil boiadi. Yangi mahsulot zarrachalarining solishtirma sathi: ikki qatlamning qalinligi 376 m2/g, uch qatlamning qalinligi 252 m2/g.

Ko’p maiumotlarga ko’ra, yangi mahsulotlarning, ayniqsa, yuqori asoslilarining tarkibi C/S nisbat (ko’pi bilan 1,3) bilan ifodalansa, ichi bo’sh tola kabi o’ram — rulonga aylanishga moyil boiib qoladi. Tolaning ichki va tashqi sathiga adsorbsiya kuchlari tahsirida turli tezlik bilan ushlanib turgan suv molekulalari joyiashadi. Vakuum yoki qizdirish vaqtida suv bu oraliq (bo’shliq)lardan asta-sekin bugiana boshlaydi. Kristallar tarkibiga kiruvchi va to’r qatlari orasiga joylashgan hamda oldindan qo’shimcha valentliklar bilan birikkan suv molekulalari juda katta qiyinchilik bilan bartaraf yetiladi.

CSh(B) va C2Sh2 gidrosilikatlarni muntazam ravishda suv bilan ishlansa, Ca(OH)2 yerib yuvilishi hisobiga ular toia parchalanadi. yuvilmay qolgan qattiq qism asosan g’ovak holatdagi suvli qumtuproqdan iborat boiadi.

C3S ning 50—100°C haroratdagi gidratlanishi yuqorida aytib o’tilgan CSh(B) va qisman C2Sh2 tipdagi kalg’tsiy gidrosilikatlarni hosil qiladi. Shu gidrosilikatlarning Ca(OH)2 konsentratsiyalari mahIum miqdorga yetganda belit ham hosil qiladi. Bu holda gelsimon CSh(B) va C2Sh2 bilan birga Ca(OH)2 ham hosil boiadi, ammo uning miqdori C3S gidratatsiyalangandagiga nisbatan kam boiadi. Bu, reaksiya mahsuli tarkib jihatdan C3S gidrolizi natijasida hosil boiadigan gidrosilikatlarga o’xshash.

Zamonaviy maiumotlarga ko’ra, C2S ning 175—200°C haroratdagi gidratatsiyasi Ca(OH)2; C2Sh2; C2Sh(A); [(1,8-2,4) CaO • SiO2( 1—1,25) • H2O)] lardan iborat turli mahsulotlarni va uch kalg’tsiyli gidrosilikat C3Sh15ni hosil qiladi. Ko’rsatib o’tilgan gidrosilikatlaming qaysisi ko’p hosil bo’lishi haroratga, issiq-nam sharoitda ishlov berishning vaqtiga va boshqa faktorlarga bog’liq.



B— ikki kalg’tsiy silikat 160°C haroratgacha qizdirilsa, gidratatsiya jarayonida C2Sh2 ni hosil qiladi. Bu birikma yana yuqoriroq issiqliklarda C2Sh(A) ga, Teylor nazariyasi bo’yicha esa C2S a -gidratiga o’tadi.

C3S va C2S ning kvars qumi bilan 10:30 va 50:50 nisbatdagi aralashmasi 175—200°C haroratda 8—10 soat davomida issiq-nam sharoitda ishlov berilganda CSh(B), qum kam bo’lganda CSh(B) bilan birgalikda C2Sh(A) hosil bo’ladi.

CSh(B) tipdagi gidrosilikatlar 150-200°C haroratda 10 - 20 monomolekulalar qalinligidagi plastinkadan iborat bo’ladi. Bu esa yangi mahsulotlarning oddiy haroratda hosil bo’lgandagisiga nisbatan solishtirma sathini juda ham kamaytirib yuboradi. Kristallanish darajasi ancha ortadi.

Uch kalg’tsiy alyuminat C3A odatdagi sharoitda maydalanganda oldin metastabil geksagonal plastinkasimon birikma - 3CaO • A12O3 • (10 - 12) H2O hosil bo’ladi. Ammo bu modda ikki kalg’tsiy va to’rt kalg’tsiy gidroalyuminatlarning yekvimolyar nisbatdagi aralash-masidan iborat, deb taxmin qilinadi. Bu faza nisbatan past haroratlarda va namlik kamroq bo’lgan muhitda bir qism gidrat suvini yohqotadi (10—8 H2O gacha), 105°C haroratda gidrat suvning miqdori (6 - 8H2O gacha) kamayadi. Suv yeritmasidan Ca(OH)2 ning konsentratsiyasi ko’pi bilan CaO hisobida 1,08 g/1 bo’lsa, yuqorida ko’rsatilgan faza asta-sekin 4CaOAl2O3 • 13H2O ga aylana boshlaydi.

To’rt kalg’tsiy gidroalyuminat 19H2O holida ham hosil bo’lishi mumkin. Biroq nisbiy namligi 80% atrofida bo’lgan muhitda gidrat suvining miqdori 13H2O gacha kamayadi, bu esa gidratning kirishuviga sababchi bo’ladi.

25°C haroratdan yuqorida geksagonal plastinkasimon faza C3AH12, 105° C da barqaror kubiksimon 3CaO • A12O3 • 6H2O ga o’tish qobiliyatiga ega bo’ladi. 275°C va undan yuqori haroratda bu birikma 3CaO • A12O3 • 1,5H2O ga aylanadi.



Eritmada CaO ning konsentratsiyasi kamida 0,25 - 0,35 g/1 va harorat 20°C ga yaqin bo’lganda 3CaO • A12O3 • 6H2O parchalanib, Ca(OH)2 va Al(OH)3, -gibbsitlar hosil bo’ladi. C3A avtoklavlarda issiq suv bilan ishlanganda 215°C gacha barqaror 3CaO • A12O3 • 6H2O ga o’tadi.

C3A ning mayin qilib tuyilgan kvars qum bilan aralashmasiga (masalan, og’irligi bo’yicha 1:1 nisbatda) avtoklavda (175 - 200°C) ishlov berilsa, umumiy formulasi 3CaO • A12O3 xSiO2 • (6 - 2x) H2O ko’rinishidagi gidrogranat va tobermorit [CSh(B)] hosil bo’ladi. Odatda x=0,3 - 0,5. Toza C3A shunday avtoklav ishlovidan so’ng mustahkamlikka deyarli ega bo’lmaydi, uning qum bilan aralashmasi esa katta mustahkamlik kasb yetadi.

C3A suv va gipsning turli modifikatsiyalari ishtirokida odatdagi haroratda gidratlanib gidrosulfoalyuminat deb ataluvchi kompleks birikma 3CaO • A12O3 • 3SaSO4(30-32)H2O hosil qiladi. Bu birikma gidrosulfoalyuminatning yuqori sulg’fatli shakli deb ham ataladi. U, odatda, Ca(OH)2 ning to’yingan yeritmasidan quyidagi reaksiya bo’yicha hosil bo’ladi:

3CaO • Al2O3+3CaSO3 • 2H2O+25H2O= 3CaO • A12O3 • 3SaSO4 • 31H2O.

Tabiatda uchraydigan bunday tarkibli mineral modda yettringit deb ataladi.

Ca(OH)2 va kalg’tsiy sulg’fatning past konsentratsiyalarida asosan gidrosulfoalyuminatning bir sulg’fatli shakli hosil bo’ladi. U ko’pincha 4CaO • A12O3 • 13H2O bilan qattiq yeritma hosil qiladi, uning for­mulasi quyidagicha:

3CaO • A12O3 • Ca(OH)2 • 12H2O.

Suvli yeritmalarda kalg’tsiy oksidning miqdori 0,027 g/1 dan kam bo’lsa, uch sulg’fatli shakldagi gidrosulfoalyuminat barqaror boimaydi.

70—110°C haroratda uch sulg’fatli shakldagi gidrosulfoalyuminat awalgi suvning miqdori 8 - 10 H2O bo’lguncha degidratlanadi, so’ngra bir sulg’fatli shakli va gips hosil bo’lguncha parchalanadi. Gidrosulfoalyuminatlarning ikkala shakli ham avtoklav ishlovida (175 - 200°C) C3AH6, yarim molekula suvli gips va angidrid hosil qilib parchalanib ketadi. Uch sulg’fatli shakl magniy sulg’fat va ishqoriy karbonatlar tahsirida parchalanadi, ammo natriy va kalg’tsiy xlor tuzlarining yeritmasida barqaror turadi. Uch sulg’fatli shaklning zichligi 1730 kg/m3 (25°C haroratda), bir sulg’fatli formaning zichligi esa 1950 kg/m3 (20°C haroratda). Birinchisi ko’pincha ninasimon ko’rinishdagi kristallar, ikkinchisi geksagonal plastin-kalar holida hosil bo’ladi.

Tarkibi va tarkibiy tuzilishuiga ko’ra, gidrosulfoalyuminatlarga o’xshash boshqa sulfo-, karbo-, xloralyuminat deb ataluvchi kompleks birikmalar ham bor, ular quyidagilar: 3CaO • A12O3 • CaSO3 • 12H2O; 3CaO * A12O3 - 3CaSO3- 31H2O- gidrosulfoalyuminat, 3CaO • A12O3 • CaCO3 • 12H2O; 3CaO • A12O3 • 3CaCO3 • 31H2O -gidrokarboalyuminat, 3CaO-Al2O3-CaCl2-10H2O — gidroxlor-alyuminat kalg’tsiy va boshqalar.

Alyumoferrit fazasi suv bilan quyidagi reaksiyaga kirishadi:

4CaO • A12O3 • Fe2O3+7H2O= 3CaO • A12O3 • 6H2O+CaO • Fe2O3 • H2O.

Ammo ko’p miqdordagi suv tarkibida Ca(OH)2 ning bo’lishi bir kalg’tsiy gidroferritni to’it kalg’tsiy ferritli gidratga quyidagi reaksiya bo’yicha aylantiradi:

CaO • Fe2O3 • H2O+3Ca(OH)2+10H2O=4CaOFe2O3 • 13H2O.

Selit va ferritli tsementlar tarkibida ikki kalg’tsiy ferrit bor. U gidratatsiyalanganda ikki kalg’tsiy gidroferrit 2CaO • Fe2O3 • H2O ni beradi. Bu birikma Ca(OH)2 yeritmalarida 3CaO • Fe2O3 • 6H2O ga, ayrim mahlumotlarga binoan esa 4CaOFe2O3 • 13H2O ga o’tadi.

Shuni ham tahkidlab o’tish kerakki, C4AF suv bilan reaksiyaga kirishganda xossalari va tarkibi jihatidan gidratatsiyalanayotganda hosil bo’ladigan C3A ga o’xshash olti molekula suvli kalg’tsiy gidro-alyuminat hosil boiadi.

Kalg’tsiy gidroferrit asosining bir kalg’tsiy ferritdan uch va to’it ferritgacha ortishi, yahni CaO ning ko’payishi kalg’tsiy gidro-alyuminatlarga ham xosdir. Mineral asosi ortganda esa uning suv-nam sharoitlardagi barqarorligi ancha pasayishi mumkin. Shuning uchun muayyan sharoitlarda ishlatiladigan beton konstruksiyalarga mo’ljallangan tsementlar tanlanganda minerallar tarkibining ana shunday o’zgarishini hisobga olish zarur.

Klinker minerallarining suv bilan o’zaro tahsir yetishish jara-yoni hamma vaqt bir xil tezlikda o’taveradi. C3A suv bilan ancha tez tahsir yetishadi, C4AF esa bir muncha sekinroq, C3S undan ham sekin, C2S juda sust tahsir yetishadi.

Uch va to’it kalg’tsiy gidroalyuminat va gidroferritlarning bir xil tarkiblisi bir vaqtning o’zida hosil boia boshlasa, umumiy formulasi: 3CaO • (A12O3 • Fe2O3) • 6H2O va 4CaO • (A12O3 • Fe2O3) • 13H2O boigan qattiq yeritmalar hosil bo’ladi.

Gidroferritlar gidroalyuminatlar singari gips va kalg’tsiy xlor bilan kompleks birikmalar [3CaO • Fe2O3 • 3SaSO4 • (30—32)H2O va 3CaO • Fe2O3 • SaSO4 • 12H2O] hosil qiladi. Tuyilgan qum bilan 175—200°C haoratda gidrogranatlarni

[3CaO • (A12O3 • Fe2O3) • xSiO2 • (6-2x) • H2O]

va shuningdek, CSh(B) tipdagi gidrosilikatlarni hosil qiladi. C2F ham avtoklavda issiq nam ishlovga uchratilsa, huddi shunday jarayon namoyon bo’ladi.

TSement shisha fazasi suv bilan biriksa, C3AH6 va CFH6 ning qattiq yeritmalari hamda avtoklav sharoitida gidrogranatlar hosil bo’ladi. TSementlar tarkibidagi yerkin CaO va MgO suv bilan reaksiyaga sust kirishib gidratlanadi, ular har birining miqdori 1% dan ortiq bo’lsa, hajmi notekis o’zgaradi. Bu esa qotib qolgan tsementtosh ichida kuchli kuchlanishlar paydo boiishiga sababchi bo’ladi.

TSement tarkibidagi alyuminat, alyumoferrit va shisha fazasidagi Na20+K20 suv bilan reaksiyaga kirishganda unda yerib NaOH va KOH hosil bo’ladi. CaS04 ishtirokida ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib Na2S04 va K2S04 ni hosil qiladi. Natriy va kaliy ishqorlari suvda Ca(OH)2 ning konsentratsiyasini pasaytirib, bilvosita vujudga keladigan kalg’tsiy gidrosilikatlarning tarkibiga tahsir ko’rsatadi. Odatda, tsement xamirining suvli yeritmasida ishqorlarning umumiy miqdori 1% dan ortmaydi.

TSementning tishlashish muddatlarini uzaytirish maqsadida klinkerni tuyayotganda portlandtsementga ikki molekula suvli gips qo’shiladi. Tuyish paytida tegirmonda materialning harorati ancha ko’tariladi, natijada ikki molekula suvli gips yarim molekula suvli gips va yeruvchan angidridga aylanadi. Bular suv ishtirokida tezlik bilan ikki molekula suvli gipsga aylanadi. TSement tarkibidagi gips bilan birga suvda qorilganda klinker tarkibidagi alyuminat va alyumoferritlar bilan murakkab reaksiyalarga kirishib, yuqorida aytib o’tilgan kompleks birikmalarni hosil qiladi.

Portlandtsementning suv bilan reaksiyaga kirishuvi tsement tar­kibiga kiruvchi ayrim minerallarning va fazalarning gidratatsiyasi hamda gidrolizidan boshlanadi. Birinchi navbatda suv bilan C3A reaksiyaga kirishib, umumiy tarkibli gidroalyuminatlar aralashmasini (C3AH10-12) so’ngra C4AF ning gidratini hosil qiladi. C3S birmuncha sust gidratlanadi va gidrolizlanadi. U suvni Ca(OH)2 ga to’yintirib boradi. Belit esa suv bilan o’ta sust reaksiyaga kirishadi. Ayni bir vaqtda murakkab ikkilamchi reaksiyalar ham ketadi. Ulardan ayrimlari uch sulg’fat shakldagi gidrosulfoalyuminat va gidrosulfo-ferritlarni hosil qiladi. Bu birikmalarning qattiq yeritma holda hosil boiishi suyuq muhitda Ca(OH)2 va SaSO4 ning konsentratsiyasi yuqoriligini ko’rsatadi. Umumiy tarkibli gidrosulfoalyuminatlar C3(AF) • 3CaSO4(30-32) • H2O yomon yeruvchanligi tufayli o’ta mayda dispers zarrachali qattiq faza hosil qiladi. Bu zarrachalarni bahzan mikroskop orqali ham ko’rib bo’lmaydi. Keyinchalik tizimda kalg’tsiy sulg’fatning miqdori kamayib borishi tufayli, uch sulg’fatli faza asta-sekin bir sulg’fatli fazani, ayni shu vaqtning o’zida tarkibi C3(AF) • CaSO4 • 12H2O va C4(AF) • 13H2O dan tashkil topgan murakkab qattiq yeritmali birikmalarni hosil qiladi. Havodagi CO2 ning ishtirokida qisman C3A- CaCO3 • 12H2O ham hosil bo’lishi mumkin.

Portlandtsement dastlab suv bilan birikkanda sersuv gidratli birikmalar 2CaOSiO2 • 4H2O; 3CaOAl2O3•12H2O; 3CaOAl2O3 • 3CaSO4 • 31H2O va boshqalar hosil bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan asta-sekin qotish jarayonida ko’rsatilgan birikmalar parchalanib, portlandtsement kam suvli gidratlarga, jumladan, C3S2H3; C3AH6; C3A- CaSO4- 12H2O ga o’tadi. Shunday qilib, qattiq moddalar suvning ajralib chiqishi va qaytadan uning yangi birikmalar o’rtasida taqsimlanishi issiqlikning yutilishi va fazalar mutlaq hajmlarining o’zgarishi sodir bo’ladi.

TSementlarning yuqori haroratda qotishi ham kam suvli gidratlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Bu esa tsementtosh tarkibiy tuzilmasining g’ovakliligini oshiradi. Portlandtsement suv bilan odatdagi va yuqori haroratlarda (100°C gacha) reak-siyaga kirishganda yangi mahsulotlar (ayniqsa, kalg’tsiy gidro-silikatlar) juda ham mayda dispers kristall zarrachalar ko’rinishida hosil bo’ladi. Ulargelsimon fazalarga kiradi. Ularni rent-gengrafik usulda tarkibiy tuzilmasini tahlil qilib, elektron mikros­kop yordamida aniqlash mumkin. Optik mikroskop ularni ajratib ololmaydi. Kalg’tsiy gidrat oksid va kalg’tsiy gidrosulfoalyuminat kristallari ancha yirik o’lchamlargacha (ko’pi bilan 0,5 mkm) o’sa oladi. Ularni oddiy mikroskop bilan aniqlash mumkin. Avtoklavda, ayniqsa, uzoq vaqt davomida va yuqori haroratda ishlash natijasida yangi hosil bo’lgan mahsulotlar zarrachalarining oichami keskin ortadi. Bunday zarrachalarni optik mikroskopda ko’rsa bo’ladi.

Aniqlanishicha, tsementlar gidratatsiyasining submikrokristall mahsulotlari bir-biri bilan qattiq yeritmalar va aralash kristallar hosil qilishga moyil, bu hoi tarkibi murakkab va o’zgaruvchan bo’lgan ko’p fazalar hosil qiladi. Shu narsa mahlumki, C2S va C3S ning yerta gidratatsiyalanishida tarkibi jihatidan yaqin bo’lgan kalg’tsiy gidrosilikatlar hosil bo’ladi, C3S ning gidratatsiyasi mobaynida yerkin holda ajralib chiqadigan Ca(OH)2 kristallari qotayotgan massaning mikroto’ldirgichi vazifasini bajaradi, yahni C2S va C3S bir xil darajada gidratatsiyalanganda ulardan hosil bo’lgan monomineral toshlarning mustahkamligi bir-biriga yaqin boiishi kerak. Xlorid, sulg’fat nitrid, karbonat, ftorid va boshqa tuzlar sinfining tsement gidratatsiyasi hamda qotishiga tahsiri haqidagi mahlumotlar muttasil kengayib bormoqda. Ba, P, S, Cr, Mn, Ti ning mahlum miqdorida modifikatsiyalangan klinkerlardan olingan tsementlar, odatda, yuqori darajada gidratatsiya faolligiga ega bo’ladi.



Avtoklav materiallar texnologiyasida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar

Avtoklav materiallar texnologiyasida kalg’tsiy gidrosilikatlar hozircha birinchi darajali ahamiyat kasb yetmoqda. Aslida esa avtoklav qurilish materiallari ishlab chiqarish kalg’tsiy gidrosilikatlarning texnik sinteziga asoslanadi.

Hozirga qadar kalg’tsiy gidrosilikatlarning 28 turi, jumladan, 11 ta tabiiy minerali mahlum. Bundan tashqari, hali tarkibi aniqlanmagan bir qancha fazalar ham bor.

Gidrosilikatlar suvda deyarli yerimaydi (22-jadval). Kalg’tsiy silikatlar 100°C dan past haroratda gidratatsiyalanganda yaxshi kristallanmagan yangi hosilalar vujudga keladi; bunga qotgan tsement xamiri misol boia oladi. Muayyan kalg’tsiy gidrosilikat kristallarini hosil qilish uchun kerakli aralashma tarkibi hamda o’ziga xos gidrotermal sharoitlar boiishi kerak. Shuni tahkidlash lozimki, bunda tajriba bahzan 1000 soat davom yetadi, harorat esa 500 - 1000°C ga yetadi. Shunga qaramay, kalg’tsiy gidrosilikatlar kristallarining kattaligi, odatda, 10 - 30 mkm boiadi, bu hoi ularning tarkibi, tarkibiy tuzilishi va xossalarini o’rganishni mu-rakkablashtirib yuboradi. N.V.Belov bir qancha kalg’tsiy gidro­silikatlarning xossalarini (ksonotlit, gillebrandit, tobermorit va boshqalar) izohlab berdi.


MAXSUS PORTLANDTSEMENTLAR

Portlandtsement turlari
TSementning ko’p turlari mahlum. Bahzi birlari juda tez qotsa, bahzilari sekin qotadi. Suv inshootlari uchun tsementning bir turi ishlatilsa, yohl qurilish ishlariga ikkinchisi va boshqa binokorlik qorishmalari uchun esa uchinchi turi qo’llaniladi. TSementning bunday xilma-xilligi, uning tarkibidagi to’rtta mineralning bir-biriga qanday nisbatda bo’lishidandir.

TSement qancha yaxshi tuyiigan bo’lsa, uning sifati shuncha yaxshi bo’ladi, tishlanish qobiliyati shuncha oshadi, chunki zarrachalarning umurniy yuzi qancha katta bo’lsa, modda zarra-chalari o’rtasidagi fizik-kimyoviy jarayonlar shuncha tola va tez o’tadi.

Portlandtsement gidravlik bog’lovchi moddalarning bir turidir. Bu bog’lovchi moddalar qatoriga yana qumtuproqli tsement, pussolan tsement, toshqolli tsement, mikroto’ldiruvchi tsement, kengayuvchi tsement kabi gidravlik bog’lovchilar kiradi. Bu bog’­lovchi moddalar yana bir qancha ko’rinishlarga ham ega.

Masalan, portlandtsement tarkibiga ko’ra: oddiy, alitli, belitli, alyuminatli, aiyumoferritli, ferritli; xossasi va ishlatiJishiga ko’ra: oddiy, tez qotuvchan, maxsus tez qotuvchan, plastifikatsiya-langan, gidrofob, sulg’fatli suvlarga chidamli, o’rtacha yekzotermiyali, tamponaj, oq va rangli xillarga bo’linadi.


Tez qotuvchan portlandtsement
Jadallik bilan o’sib borayotgan sanoat qurilishi talabini to’la qondirish uchun zavodlar oldiga tayyor beton yelementlarini ko’plab ishlab chiqarish vazifasi qo’yildi. Bunga esa o’z navbatida portlandtsementni juda maydalab tuyish va tarkibidagi faol minerallarni ko’paytirish yohli bilan yerishiladi. Bunday portland­tsement 1 - 3 kun ichida mustahkamlanishi bilan oddiy portland-tsementlardan farq qiladi. Bunday tsement ishlatilganda, yig’ma konstruksiya ishlab chiqarish texnologik jarayonining muddati ancha qisqaradi va korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi.

Bir-ikki kun ichida ochiq joyda mustahkamligi yetarli darajada ortadigan bogiovchi modda tez qotuvchan tsement deb ataladi. Uning bir kundan keyin siqilishga mustahkamligi 20 MPa bo’lsa, uch kundan keyingisi 30 MPa gacha ko’tariladi. Bunday tsement konstruksiyalar yoki buyumlar tayyorlashda, shuningdek, bugiash uchun sharoit bo’lmagan joylarda ishlatiladi. Tez qotuvchan tsement olish uchun tarkibida 50—60% uch kalg’tsiy silikat (C3S), 8 - 14 % uch kalg’tsiy alyuminat (C3A) bilan to’rt kalg’tsiy alyumoferrit (C4AF) hamda 8 % qurilish gipsi qo’shilgan tsement klinkeri ishlatiladi. Qo’shiladigan qurilish gipsi zarur miqdordan oshmasligi kerak, aks holda, buyum yoki konstruksiyada darzlar hosil boiishi mumkin.

yuqorida aytilganidek, gips tsement tarkibida uning tishlanish muddatini sekinlatibgina qolmasdan, tsementning dastlabki qotish davrida uning yanada mustahkamlanib borishida ham faol ishtirok yetiladi: gips bilan C3A o’zaro tahsir yetishidan hosil boigan kalg’tsiy gidrosulfoalyuminat tsement betonlarning yana ham mustah-kamlanishiga yordam beradi. Bu vaqtda eng muhim sharoitlardan biri shuki, kalg’tsiy gidrosulfoalyuminat hosil bo’lish jarayoni tsementning birinchi qotish kunlaridayoq tugashi mumkin (aks holda beton yemiriladi).

Kalg’tsiy gidrosulfoalyuminatning hosil boiish tezligi tsementning qanchalik mayda tuyilganligi va gipsning yerish darajasiga, yerish darajasi esa o’z navbatida uning modifikatsiyasiga bogiiq. Gips qo’shilma sifatida yarim molekula suvli CaSO4 • 0,5H2O yoki ikki molekula suvli SaSO4 • 2H2O ko’rinishda ishlatiladi. Birinchisining yeruvchanligi ikkinchisinikiga nisbatan 5 marta ko’p. Demak, tsementga yarim molekula suvli gips qo’shish ko’proq foydali yekan.

Zavod sharoitida ikki molekula suvli gips ishlatish mumkin. TSementni shar tegirmonlarda tuyganda u juda qizib ketadi va shu issiqlik tahsiridan ikki molekula suvli gips suvsizlanib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi. Gips qo’shimcha ravishda tuyilgan tsementga qo’shilsa, masalan, ikkinchi marta tuyganda (amalda yig’ma temir-beton zavodlarida shunday qilinadi) yarim molekula suvli gips qo’shgan mahqul.

Biroq tsement zavodlarida hamma vaqt tarkibida C3S va C3A aralashmasi ko’p boigan tsement ishlab chiqarib boimaydi, bu xomashyo sifatiga, yoqilg’i va texnologik jarayonni tashkil yetishga bog’liq. TSementni juda maydalab tuyish ham iqtisodiy jihatdan foydali yemas. Ammo shu bilan birga, temir-beton buyumlari zavodlarida, ayniqsa, oldindan zo’riqtirilgan temir-beton buyumlar ishlab chiqarish uchun tez qotadigan tsement kerak boiadi. Bunday sharoitlarda tsement vibrotegirmonlarida yana bir marta tuyib olinadi.

Yig’ma temir-beton ishlab chiqarishda ishlatiladigan tsement-Jarning Jiammasi vibrotegirmonlarda tuyiiishi mumkin. Toshqol portlandtsementlarni qayta tuyish ayniqsa yaxshi foyda beradi.

TSement titratma qurilmada qayta tuyilsa, yaxshi mustahkamlana borishi bilan birga, markasi ham ortadi. Masalan, 400 markali tsement qayta tuyilsa, 600 markali tsement hosil boiadi.

TSementning tez qotuvchanligi, birinchidan, uning mineralogik tarkibiga, ikkinchidan, klinkerning maydalanish darajasiga bogiiq. Klinker qanchalik mayda qilib tuyilsa, olingan tsement shuncha tez qotuvchan boiadi. Shu sababli tez qotuvchan tsement olishda uning maydalik darajasini ifodalovchi solishtirma yuzasini 350 - 450 m2/kg gacha yetkazish kerak (oddiy portlandtsementning solishtirma yuzasi 250 - 300 m2/kg).

Tez qotuvchan tsement olish uchun I.V. Smirnov va B.V. Osin portlandtsementga 1,2 - 2 % xlorid kislota (NC1) va 10 - 15 % qaynovchi ohak qo’shib, solishtirma yuzini 400 - 500 m2/kg ga yetkazishni taklif yetdilar.

TSement zarrachalari qancha kichik boisa, uning yerish va gidratlanish jarayoni shunchalik tezlashadi. Masalan, tsement zarrachalarining kattaligi 10 mkm boisa, bunday tsementdan tayyor-langan namunaning uch kundan keyingi mustahkamligi, yirikligi 60 mkm boigan tsementnikiga nisbatan 7 marta katta boiadi. TSement maydaligining uning mustahkamligiga tahsiri 31-jadvalda berilgan.

31-jadval.

TSement maydaligining mustahkamlikka tahsiri.


Solishtirma yuzi m2/kg

Siqilishdagi mustahkamlik, MPa

mustahkam

Kk, MPa


1 kundan keyin

3 kundan keyin

28 kundan keyin

6 oydan keyin

12 oydan keyin

188

8,4

26

53

52

69

210

14,5

28

40

60

72

300

14,7

34

57

61

72

400

21,5

46

59

61

69

500

28

40

54

60

74

Tez qotadigan tsementlar metall qoliplarni tez bo’shatishga imkon beradi. Ayrim vaqtlarda esa issiq ishlov berishdan ham ozod qiladi.

Maxsus tez qotuvchan portlandtsement ham mavjud. U tez qotuvchan portlandtsementga nisbatan yana ham jadalroq qotadi. Bunday tsement tarkibida kamida 60 - 65% C3S va 8 % C3A bo’Igan klinkerni gips ishtirokida o’ta mayda tuyish (400 - 450 m2/kg) orqali olinadi. O’lchamlari 30 mkm boigan zarrachalarning umumiy miqdori kamida 50 - 60 %, bahzan 80 % gacha bo’lishi kerak. Standartga ko’ra bu tsementga mineral qo’shilmalar qo’shilmaydi.

Maxsus tez qotuvchan tsementning tishlashish muddatlarini yaxshilash uchun ko’p miqdorda gips qo’shiladi (SO3 hisoblaganda kamida 4 % gacha ). TSement tez tishlashib qolmasligi uchun uni tuyish paytida haroratning o’ta ko’tarilib ketishiga yoi qo’ymaslik kerak.

GOST 310 - 85 ga ko’ra maxsus tez qotuvchan portlandse-mentning mustahkamligi 1, 3, 28 sutkadan keyin 30, 40 va 50 - 60 MPa ni tashkil qilishi kerak.

Hozirgi kunda oddiy portlandtsement klinkerni sulfoalyuminat klinkeri bilan birga tuyish orqali bundan ham tez qotuvchan va yuqori mustahkamlikka ega bulgan tsementlar olinadi. 28 sutkadan so’ng bunday tsementlarning markasi 700 - 800 ni tashkil qiladi.


Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandtsementlar
Klinkerni plastifikatsiyalaydigan yoki gidrofoblovchi qo’shilma bilan birga mayda qilib tuyishdan hosil boiadigan gidravlik bog’lovchi moddalar tegishlicha plastifikatsiyalangan yoki gidrofob portlandtsement deb ataladi.

Plastifikatsiyalaydigan va gidrofob qo’shilmalar tsement og’irligining (quruq moddaga nisbatan hisoblaganda) 0,1 - 0,25 % miqdorida qo’shiladi.

Plastifikatsiyalovchi sirt-faol qo’shilmalar sifatida standart talablariga binoan sulfit spirt bardasi (SSB)ning konsentrati xizmat qiladi.

TSement zarrachalarining ustida gidrofil moddalarning adsorb-sion pardalari borligi beton qorishmasining bevaqt yopishib qoli-shiga (koagulyatsiyaga) to’sqinlik qiladi, shuningdek, tsement zarra­chalarining va toidirgichlarning qatlam-qatlam bo’lib cho’kishini hamda qorishmadan suvning ajralib chiqishini kamaytiradi, yahni suv, shag’al, qum va tsement qorishmasining alohida-alohida qatlamlanishiga yoi qo’ymaydi.

Plastifikatsiyalangan tsementdan tayyorlangan beton zich, sovuqqa chidamli va kam suv o’tkazuvchan boiadi. Bunday tsement ishlatilganda 10% gacha bog’lovchi material tejaladi.

Plastifikatsiyalangan tsement 300, 400, 500, 600 markalarda chiqariladi.

Portlandtsement ochiq havoda ko’p qolib ketsa, uning markasi kun sayin pasayib boradi, chunki havodagi namlik tsementdagi minerallar bilan qisman birikadi. Buning uchun tsement klinkerini tuyish jarayonida uning 0,1 - 0,25 % miqdorida mahsus gidrofob moddalar qo’shiladi. Bunday qo’shilmalar sifatida quyidagi moddalar ishlatilishi mumkin:

- atsidol 0,08 - 0,12 % miqdorda;

- atsidol - milonaft 0,08 - 0,12 % miqdorda;

- milonaft, tsement massasidan 0,1 - 0,25 % miqdorda;

- olein kislota yoki oksidlangan petrolatum, 0,06 - 1 % miqdorda;

- oksidlangan petrolatum, 0,3% miqdorda.

Klinkerni tuyish jarayonida gidrofob moddalar tsement zarrachasi yuzasini namlanmaydigan parda bilan qoplaydi. Shuning uchun uni uzoq vaqt havoda saqlash mumkin. Bu vaqt ichida uning mustahkamligi boshqa tsementlar kabi kamayib ketmaydi. Gidrofob tsementdan qorishma tayyorlanganda, qotish vaqtini 1,5 - 2 daqiqa uzaytirish kerak, chunki tsement zarrachalari sirtidagi gidrofob parda qum va shag’alning ishqalanishidan buzilib, suv bilan yerkin ravishda birikishi lozim. Shuning uchun gidrofob tsement uzoq saqlansa ham o’zining plastiklik xossasini yohqotmaydi.

Gidrofob portlandtsementdan buyum tayyorlaganda uning zichligi yuqori bo’ladi, suv o’tkazuvchanligi kamayadi, sovuqqa chidamliligi esa 800—1000 siklga ortadi (oddiy portlandtsement betonning sovuqqa chidamlilik markasi SСh-200—300). Gidrofob portlandtsement ham oddiy portlandtsement kabi markalarda chiqariladi.


Sulg’fatga chidamli portlandtsement
Bunday tsementlarning sulg’fatli suvlar tahsiriga chidamliligi yuqori bo’ladi. Shunday tsement hosil bo’lishi uchun klinker tarkibidagi sulg’fatli moddalar (masalan, SaSO4) bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadigan minerallar miqdorini kamaytirish zaair. Portlandtsement korroziyasining uchinchi turiga muvofiq, «tsement basillalari» suvdagi kalg’tsiy sulg’fat bilan klinkerdan uch kalg’tsiyli alyuminat (3CaO • A12O3) ning o’zaro tahsir yetishidan hosil bo’ladi. Sulg’fatlar tahsiriga turg’un boigan tsement klinkerida uch kalg’tsiyli alyuminat miqdori 5 % dan oshmasligi lozim, oddiy tsementda esa uning miqdori bahzan 15 % ga yetadi.

To’rt kalg’tsiyli alyumoferritning gidrolizi natijasida ham uch kalg’tsiyli gidroalyuminat hosil bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra sulg’fatlar tahsiriga turg’un bo’lgan portlandtsementda alyuminatli tarkibiy qismlarning hammasi 22 % dan ko’p boimoqligi lozim:

(3CaO • Al2O3+4CaO • A12O3 • Fe2O3).

Portlandtsementlarda uch kalg’tsiyli silikat ko’p miqdorda bo’lganda tsementning suv va sulg’fat tahsiriga turg’unligi kamayadi. Gidroliz vaqtida undan yerkin kalg’tsiy oksid gidrati ajralib chiqadi, bu gidrat juda yeruvchan bo’lganligidan betondan yuvilib chiqib ketadi. Shunga ko’ra, sulg’fat tahsirida turg’un portlandtsementda uch kalg’tsiyli silikat miqdori standartda ko’rsatilganidek, 50% dan oshmasligi shart.

Oddiy portlandtsement ishlab chiqarish texnologiyasi qanday bo’lsa, sulg’fat tahsiriga turg’un portlandtsement ishlab chiqarish texnologiyasi ham xuddi shunday. Sulg’fat tahsiriga turg’un portland­tsement ikki markaga bo’linadi: 300 va 400.

Bu portlandtsementdan gidrotexnika qurilishlarida doim namla-nib, qurib yoki muzlab, yerib turishi bilan birga sulg’fatli suvlar tahsiriga ham uchrab turadigan beton hamda temir-beton konstruk-siyalar tayyorlash uchun keng foydalaniladi.

1950- yilgacha O’zbckistondagi tsement zavodlari tarkibida alyuminat ko’p bo’lgan (15 % gacha) portlandtsement ishlab chiqarar edi. Bunday tsement sulg’fatli suvlarga chidamsiz bo’lib, buning asosiy sababi shuki, uch kalg’tsiyli gidroalyuminatning suvda yerigan gips bilan o’zaro tahsir yetishidan kalg’tsiy gidrosulfoalyuminat («tsement basillasi») hosil bo’ladi. U tsementtosh g’ovaklarida kristallanib, toshni yemirib yuborishga harakat qiladi. Demak, klinker tarkibida uch kalg’tsiyli alyuminat (C3A) minerali yohq bo’lsa, tsement sulg’fatlar tahsiriga bardosh bera oladi. Lekin klinkerda butunlay uch kalg’tsiyli alyuminatning bo’lmasligi ham mumkin yemas, chunki bu holda tsementning qotishi nihoyatda sekinlashib ketadi. Shuning uchun sulg’fatga chidamli portlandtsement klinkeri tarkibidagi uch kalg’tsiyli alyuminat miqdori 5 % dan oshmasligi lozim.

TSementning suvdagi korroziyasi ko’p jihatdan klinkerda uch kalg’tsiyli silikat (C3S) miqdoriga bogiiq. Uch kalg’tsiyli silikatning gidrolizi natijasida yerkin kalg’tsiy gidroksid hosil bo’ladi. U betondan yuvilib chiqib ketadi yoki sulg’fat bilan reaksiyaga kirishib, gips hosil qiladi. Gips uch kalg’tsiyli alyuminat bilan o’zaro tahsir yetishadi. Shuning uchun sulg’fatga chidamli portlandtsement tarkibida uch kalg’tsiyli silikat ham ko’p bo’lmasligi kerak. Lekin u klinker tarkibida juda oz bo’lsa ham sulg’fatga chidamli boigan qotayotgan tsementda Ca(OH)2 hosil bo’laveradi. Shuning uchun, yuvilib ketish korro­ziyasining oldini olish maqsadida sulg’fatga chidamli portland-tsementga 15 % gacha gliyej yoki boshqa faol gidravlik qo’shilmalar qo’shiladi. U Ca(OH)2 ni yuqorida aytib o’tilganidek, kam yeriydigan kalg’tsiy silikatlarga aylantiradi.

O’zbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor I.S. Kansepolskiy rahbarligida bir guruh olimlar tsementlarning sifatini yaxshilash borasida olib borgan ishlari natijasida, bu tsementlarning sulg’fat suvlariga chidamliligini yanada oshirish uchun klinker tarkibidagi C3A minerali miqdorini ancha kamaytirib, to’rt kalg’tsiyli alyumoferrit (C4AF) mineralining miqdorini oshirish kerakligini aniqladilar. Bunga 2 - 3 % kolchedan kuyindisini tsement xomashyosiga kuydirishdan oldin qo’shib yerishildi va shu bilan birga tsementni kuydirish jarayoni ham tezlashdi. Temir kolchedani katalizator sifatida qo’shilishi mahalliy tsementlarning O’rta Osiyo sharoitida, ayniqsa, yangi o’zlashtirilgan joylarning quruq va issiq hamda sovuq iqlim, kuchli shamol va sho’r suvlariga chidamli, kam alyuminatli alyumoferrit portlandtsement olish imkonini beradi. Bu tsement 1960- yildan Quvasoy, 1965-yildan esa Ohangaron tsement zavodlarida ishlab chiqarila boshlandi.

O’zbekistonda bunday tsement ishlab chiqarishni birinchi bo’lib, texnika fanlar nomzodi S.T. To’xtaxo’jayev amalga oshirdi. yuqorida aytilganidek, sulg’fatli suvlarga chidamli portlandtsement tarkibida C3A miqdori 5% atrofida olinib, bunday tsementda C3S ko’pi bilan 50% ni tashkil qilar edi. Bu tsementning dastlabki kunlardagi mustahkamligi (markasi) birmuncha past bo’ladi. Silikati ko’p (C3S miqdori 50% dan ortiq) tsementning sulg’fatli suvlarga chidamliligini oshirish borasida hozir ham izlanishlar olib borilmoqda.

Bahzi olimlar yuqori asosli, tarkibida alit moddasi ko’p bo’lgan portlandtsementlar qotayotganda zich, mustahkam tarkibiy tuzilma hosil qilgani uchun ulaming ichiga sulg’fatli suvlarning singib kirishi kamayib, pishiqroq boiadi, deb hisoblaydilar. Shiming uchun so’nggi yillarda AQSh standartlaridan C3S uchun kiritilgan chegaralash olib tashlangan.

I.S. Kansepolskiy rahbarligida olib borilgan ko’p yillik tajribalar portlandtsement klinkeri tarkibidagi C3A miqdorini nihoyatda (1 - 2 % gacha) kamaytiriladi va C3S miqdori 50% atrofida qoldirilib, tsementlar asosligini oshirish mumkinligi ko’rsatib berildi. Bu ishlar natijasida sulg’fatli suvlarga chidamli 400 markali, kam alyuminatli alyumoferrit portlandtsement olinadi. Dastlab sulg’fatli suvlarga chidamli tsementlar markasi 300 ga teng edi. Shunday qilib, oldindan belgilangan mineralogik tarkibli tsement Quvasoy xom-ashyosi bazasida sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi.



Oq va rangli portlandtsementlar

Oq portlandtsement - tarkibida temir oksid (0,3 - 0,45 % gacha) bo’lgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil boiadigan gidravlik bog’lovchi modda.

Klinkerni tuyish jarayonida 15 % gacha gidravlik yoki 10 % gacha inert qo’shilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha o’zgartirib turish uchun ko’pi bilan 3 % gips qo’shishga ruxsat yetiladi. Gips va qo’shilma tuyilgandan so’ng bu tsement belgilangan darajada oq boishi kerak.

Portlandtsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab har xil bo’ladi. Masalan, kalg’tsiy silikatlar oq, C3S esa C2S dan oqroq boiadi va hokazo. Ayniqsa, uch kalg’tsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa tsementlardan ajralib turadi. To’rt kalg’tsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli qoraroq boiadi. Shu sababli oddiy portlandtsement kul rang-yashil bo’ladi. Demak, klinkerda uni bo’yovchi oksidlar, ayniqsa Fe2O3 bo’lmasa bunday tsement oq rangli bo’ladi.

Shunday qilib, oq portlandtsement ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, tarkibida temir oksid boimagan yoki juda oz miqdorda boigan xomashyoni ishlatish. Bunday klinker tarkibida C4AF ham deyarli boimaydi. Biroq maium kimyoviy tarkibli xomashyo ishlatishning o’zi oq portlandtsement ishlab chiqarish uchun kifoya qilmaydi. Buyovchi oksidlar tsementga yoqilg’i kulidan yoki tuyish jarayonida tegirmon sharlaridan yoxud tegirmonning poiat qoplamasidan o’tishi mumkin. Shuning uchun klinkerni pishirish paytida kulsiz suyuq yoki gazsimon yoqilg’i ishlatiladi. Klinker pishib bo’lgan zahoti uning oqligi oshiriladi. Buning uchun klinker qaytarish muhit tahsiriga uchratiladi. Shunda klinker tarkibidagi Fe2O3 ko’rinishidagi temir oksid kamroq bo’yaydigan Fe3O4 ga aylanadi va tsement yanada oqaradi. Xomashyo aralashmasi va oq tsement klinkeri mahsus qattiq kam yoyiladigan poiat yoki chinni plitalar qoplangan zoidirli tegirmonlarda maydalanadi.

Oq portlandtsement oqlik darajasiga qarab uch navga boiinadi. Oliy nav, OS-1, OS-2 (OS-oq tsement). Turli nav tsementning oqlik darajasi kamida quyidagi talablarga mos boiishi kerak. 1-nav - 76 %, 2 nav - 72%, oddiy portlandtsement — 40% gacha.

Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko’ra, qaytarish koeffitsiyenti 96,3 % dan kam boimagan bariy sulg’fat (BaS04) oqlik andozasi hisoblanadi. Uch kalg’tsiyli silikat klinkerda ko’p miqdorda boisa, oq portlandtsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida pq dogiar yoki sho’ra hosil boiishi mumkin. Bu C3S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga yoi qo’ymaslik uchun oq portlandtsement, ohakni kam yeriydigan kalg’tsiy gidrosilikatga aylantirish maqsadida 5 - 10% juda faol gidravlik qo’shimcha qo’shiladi.

Klinker tarkibida ko’p miqdorda C3S va C3A boigani uchun oq tsement tez mustahkamlana boradi hamda ko’proq kirishish xossasiga ega boiadi. Bu tsement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.

Oq portlandtsement klinkeriga gips, diatomit (marmar yoki bo’r) va mineral pigmentlar (suvda va organik yeritmalarda yerimaydigan mayda tuyilgan rangli kukunlar pigmentlar deb ataladi) birga qo’shib tortish yoii bilan rangli tsementlar olinadi. Jumladan, qo’shilmalar sifatida oxra (sariq yoki qizil tusli mineral buyoq), temir, surik (qizil yoki qizg’ish-jigarrang beruvchi mineral), marganes rudasi (jigarrang), ultramarin (havo rang) va shu kabilar qo’shish mumkin. Oq va rangli tsementlar sunhiy marmar tayyorlashda ham ishlatiladi.

Rangli tsementlar yana quyidagi yoi bilan ham olinadi. Bo’yovchi oksidlar (xrom, marganes, kobalt, nikel, mis oksidlar) xomashyo aralashmasiga aralashtirilib, yashil, havorang, qora, jigarrang, sariq va boshqa turdagi rangdor klinkerlar olinadi. Mineral tarkibiy tuzilmasiga turli oksidlarning birikishi tufayli olingan rangli klinker tortilib yaltiroq, tekis va turg’un rangga ega boigan tsement tayyorlanadi.

Pardozlash materiallari o’zining tabiati va texnikaviy xossasiga ko’ra konstruktiv betonga yaqin tursa ham yig’ma uy-joy qurilish-laridagi pardozlash ishlarini mexanizatsiyalashga qulay imkon yaratadi. Ular bir xil tipdagi texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni ishlatish hamda uzoq muddatga chidamli rangli konstruksiyalar olish imkonini beradi. Shu jihatdan oq va rangli portlandtsementlarni eng yuqori unumli pardozlash materiallaridan biri deb hisoblash mumkin. Сhunki bu oddiy portlandtsementning ko’rinishlaridan biri boiib, oq va turli ranglarni o’zida mujassam-lashtirgan hamda yuqori darajadagi mustahkamlikka ega bo’lgan tsementdir.
MAXSUS TSEMENTLAR
Tomponaj tsementlar
Hozirgi kunda yuzlab va minglab neft hamda gaz quduqlari kovlanmoqda. Ko’pincha bu quduqlarning chuqurligi bir necha ming metrga yetadi. Quduqni o’rab olgan aylanasimon bo’shliq devorlarining ba`zi qismi suv qatlami yoki bo’sh g’ovakli jinslar, hatto g’orlardan iborat bo’ladi. Bu esa neft va gaz ishlab chiqarishni qiyinlashtiradi. Сhunki gaz va neft shu g’ovak, g’orlar orqali katta masofalarga yoyilib ketishi mumkin. Shuning uchun bu bo’shliq, yahni quvur orqasi bilan quvur ichki devorlari o’rtasi suv va gaz o’tkazmaydigan massa bilan to’ldiriladi, yahni tamponlanadi (gaz mustahkam berkitilgan po’lat quvurlar yordamida osonlikcha chiqarib olinadi). Shuning uchun har bir gaz, neft quduqlarini qazib, ulardan foydalanish xamda kapital tahmirlashda portlandtsement turlaridan biri bo’lgan tamponaj tsementlari ishlatiladi.

Tamponaj tsementlari birinchi ikki sutka davomida kerakli kotish mustaxkamligiga erishishi lozim. Qisqa vaqt ichida tsement qorishmasining erishgan mustaxkamligi kuduk stvolida kolonnani maxkam biriktirilishi va natijada qayta burg’ulash xamda perforatsiya davrida va singdiruvchan jinslardan barqaror ravishda ximoya qilinishini tahminlashi lozim.

Sanab o’tilgan barcha talablarni kanoatlantirish uchun tsementtoshning mustaxkamligi kanchaga teng bo’lishi murakkab masaladir. Mustaxkamlik kiymati 2-3 ga teng zaxira koeffitsienti bilan birga kamida 3,5 MPa bo’lishi kerak, deb taxmin kilindi. TSementning turli sharoitlarda ishlatilishi unga ko’yildigan xamma talabiga to’la javob bera olmaydi. TSement sanoati asosan 2 xil tamponaj ishlab chikaradi. Uning bir turi "sovuk" kuduklarga, ikkinchi turi esa "issiq" quduklar uchun mo’ljallangan. Bulardan tashkari, boshka maxsus tamponaj tsementlaar ishlab chikarish usullari xam o’zlashtirilmokda.

"Sovuk" va "issik" kuduklar uchun mo’ljallangan tsementlarga ko’yiladigan talablar juda jiddiy. Tamponaj tsementlar ishlab chiqarish murakkabdir. "Sovuk" kuduklar uchun mo’ljallangan tamponaj tsementlarda C3S va C3A minerallarining yig’indisi 60% ga teng, u portlandtsementni o’ta mayda tuyush (solishtirma sirti 300-350 m2/kg ga tenglanguncha) orkali olinadi.

Undagi gips mikdori 3%, "issik" kuduklar uchun mo’ljallangan tamponaj tsementning tishlashish muddatini sekinlatish uchun unga kam alyuminatli portlandtsement ko’shiladi. Bunday tsement taxminan 75oC issiklikda ishlatiladi.

2. Sulfomineral tsementlar

Sulfominerallarning agressiv muxitlarda kotish jarayoni.

Ayrim minerallarning tuzlar ta`siriga bardoshliligi shu minerallarning 3% li MgSO4 va 5% li Na2SO4 eritmalarida qotish jarayonini kuzatish davomida o’rganiladi.

Sulfoalyuminat tsement namunalari mazkur eritmalarda juda tez yemiriladi, chukur yoriklar paydo

bo’ladi va ularning yuzasi maydalanadi.

Sulfosilikat namunalarning, shuningdek, 20% sulfoalyuminatli sulfosilikat tsement namunalarining MgSO4 xamda Na2SO4 eritmalarida tuzlar tahsiriga yukori darajada chidamliligi aniqlandi. Olti oy mobaynida ularning chidamlilik koeffitsienti 1, bahzilariniki esa 2 dan yukori, yahni suvda kotayotganga nisbatan mustaxkamligi 1-2 marta ko’p.

Avtoklav ishlov berish sulfoalyuminat namunalarining korroziyasini yo`kota olmaydi. MgSO4 ning 3% li va Na2SO4 ning 5% lieritmalari tahsirida tsement namunalari ulardan juda ko’p mikdorda ettringit (kaltsiy gidrosulfoalyuminatning sulfati ko’p bo’lgan shakllari) xosil bo’lishi tufayli yemiriladi.

Sulfosilikatli tsement namunalarida 20% 3(Ca o Al2O3) o CaSO4 bo’lib, agressiv eritmalarida shu tsementlar mustaxkamligining ortishi ularning kimyoviy chidamliligi bilan bog’liq. Gips va ettringitning birmuncha kristallanish bunga misol bo’ladi. Mazkur minerallarning mayda kristallari gidrosilikatlar bilan birgalikda jips birikadi, bu xol tsementning uzok vakt mobaynida kotishda tsementtosh tarkibiy tuzilmasini mustaxkamlaydi.

Sulfominerallardan iborat tsementtoshga yukori xaroratning tahsiri.

Erkin oxak ajratmay kotadigan tsementlar portlandtsementga nisbatan yuqori darajada issikka chidamli bo’ladi. Shuning uchun sulfoalyuminat xamda sulfosilikatning yukori xaroratdagi xususiyatlarini o’rganish muximdir.

Sulfosilikatli tsement namunalarining mustaxkamligi 800oC xaroratda 25%, 900oC xaroratda 30 - 40%, 1000oC da esa 44 - 50% kamayadi.

Tarkibida 3CaO o Al2O3 o CaSO4 bo’lgan tsement namunalarining issikka bardoshli ekanligi mahlum. Bu mineralning yukori xaroratga chidamliligining sababi, digidratlanish jarayonida gilsimon maxsulotlarning yoqilg’idir.


3. Kislotaga chidamli tsement.

Kislotaga chidamli tsement, kremli ftorli natriy (Na2SiF6) va kvars kumni birgalik juda maydalab tuyib olinadi. TSementni kotirish uchun suv emas, balki eruvchan shisha ishlatiladi. Kislotaga chidamli tsement kvarsli, marshalitli, diabazli, andezitli turlarga bo’linadi. Kislotaga chidamli tsementdan beton tayyorlashda 8- jadvalda berilgan ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin.

Eruvchan shisha-natriy silikat (Na2O o nSiO2) yoki kaliy silikat (K2O o SiO2) dan tashkil topgan, xavoda qotadigan bog’lovchi eruvchan shisha maxsus xumdonlarda sodaaralashgan toza kvars kumni natriy sulfat yoki potash (K2CO3) bilan korishtirib, 1300-1400oC xaroratda pishirib olinadi.

Yuqori xaroratda erigan moddalar o’zaro kuyidagicha reaksiyaga kirishadi:

Na2CO3 + nSiO2  Na2O • nSiO2 = CO2 ;

K2CO3 + nSiO2  K2O • nSiO2 = CO.

Kislota chidamli tsementlar qotishmalar, zamaskalar, tayyorlashda, kimyoviy uskunalarni koplashda, devor,

pollarni bo’yashda, kislotaga chidamli g’ishtlarni terishda va beton tayyorlashda keng ko’llaniladi.



Adabiyotlar

1.

2.

3.

4.

5.

Mundarija
O’zbekistonda tsement sanoatining taraqqiyot bosqichlari………………... …..........7

Ilmiy-texnika taraqqiyotining tsement sanoatidagi

samaradorligi……………………………………………………………………….…10

3Anorganik (mineral) bog’lovchi materiallar……………………………………..…..14

Havoda qotadigan bog’lovchi materiallar…………………………….……………….15

Gipsning xarakteristikasi………………………………………………………………19

Suvli va suvsiz kalьtsiy sulьfat modifikatsiyasi………………………………………21

Yarim molekula suvli gipsning qotishi………………………………………………...22

Gips bog’lovchining qotishiga qo’shilmalarning ta’siri………………….…………….27

Fosfogipsning fizik-kimyoviy xossalari undan qurilish

materiallari sanoatida foydalanish imkoniyatlari…….…………………………………35

Fosfogipsning tarkibi, tuzilishi va xossalarini fizik-

kimyoviy tatqiq etish ..………………………………………………………….…..….35

Havoda qotadigan ohak………………………………………………………………56

So’ndirilmagan kesak-ohak……………………………………………………………57

So’ndirilgan ohak…………………………………….….…….….….….…………….67

Gidravlik bog’lovchi moddalar……………………………………………………….84

Gidravlik ohak va romantsement……………….….….…………………..……….…84

Romantsement………………………………………………………………….……91

Portlandtsement…………………………………………………….….….………….95

Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi…….…………………….…96

Portlandtsement texnologiyasi……………………………………………………...108

Portlanlandtsement ishlab chikarish usullari………………………………………..112

Portlandtsementning qotishi, xossalari va ishlatilishi……………………………….137

Kaltsiy gidrosilikatlarining hosil bo’lish sharoitlari va

barkarorligi……………………………………………………………….…………150

Portlandtsementning qotishi…………………………………………….…………..152

Portlandtsementning mustahkmligi ………………………………………………..157

Maxsus portlandtsementlar …………………………………………….………….172

Portlandtsement turlari…………………………………………….………………172

Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandtsementlar……………………………..175

Sulfatga chidamli portlandtsement………………………………………………..176

Oq va rangli portlandtsementlar…………………………………..………………..178

Maxsus tsementlar………………………………………………………………….179

Tamponaj tsementlar………………………………………………………………..179

Putstsolan portlandtsement…………….….………………………………………..184



Sulfomineral tsementlar……………………………………………….…………..192

Kislotaga chidamli tsement…………………………………………………………201
Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish