BMT tabiat muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 1973 yilda tuzilgan atrof muhit bo'yicha maxsus dasturi YUNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. 1948 yili tuzilgan nodavlat tashkilot-Tabiatni Muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi yuzdan ortiq davlatlarning 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi sohasida 250 dan ortiq nodavlat tashkilotlari faoliyat ko^rsatmoqda. BMT ning fan, maorif ta'lim va san'at masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti-YUNESKO 1968 yili qabul qilgan 14 loyihadan iborat "Inson va biosfera' dasturi xalqaro hamkorlikni amalga oshirilayotgan eng yirik dasturdir. TMXI 1966 yildan xalqaro "Qizil kitob"ni e'lon qilib keladi. Biologik resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati kattadir. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga yetgan hozirgi davrda tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir» O'zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli a'zo bo'lishi tabiat muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo'l ochib berdi. 1992 yili Rio-DeJaneyroda o'tkazilgan BMTning Ikkinchi Umumjahon tabialni muhofaza qilish kongressida O’zbekiston Respublikasi birinchi bor mustaqil davlat sifatida qatnashdi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda BMTning atrof muhit muammolari bilan shug’ulanuvchi 7-missiyasi faoliyat kcfrsatmoqda. Ayniqsa, Orol va Orolbo'yidagi ekologik muammolar xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo’lib, ushbu yo'nalishda turli tadbirlar crtkazilmokda. Orolbo'yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'miilash, ularga tibbiy yordam ko"rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Jahon Banki, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqalar (Tzbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa qo'shmoqdalar. (Tzbekistondagi nodavlat tashkilot-Ekologiya va salomatlik fondi "Ekosan" ekologik muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o'z hissasini qo'shmoqda