6 – tajriba. Nikel – geksaamingidrat [Ni(NH3)6](OH)2 ning olinishi. Probirkaga 3 – 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan quydik. Uni ustiga ammiak eritmasidan chо‘kma hosil bо‘lgunga qadar tomchilatib qо‘shdik. Tushgan cho’kmani tsentrifugalab suyuq fazadan pipetka yordamida ajratdik. Nikel (II) – gidroksidning hosil bo’lish reaktsiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozdik. Cho’kmaga 25 % li ammiak eritmasidan 5 – 6 tomchi qo’shdik. Nikel (II) – sulfat eritmasining rangi bilan olingan eritmaning rangini solishtirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |