Kimyoviy muvozanat



Download 85,5 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2022
Hajmi85,5 Kb.
#675783
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy muvozanat


Kimyoviy muvozanat


Reja


1. Qaytar va qaytmas reaktsiyalar.
2. Kimyoviy muvozanat konstantasi
3. Geterogen sistemali kimyoviy reaktsiyalar muvozanati.
4. Kimyoviy muvozanatning siljishi. Le-shatele printsipi.
Tayanch iboralar va tushunchalar:
Qaytar jarayon, qaytmas jarayon, kimyoviy muvozanat, dinamik muvozanat, kimyoviy muvozanatning siljishi, muvozanat kontsentratsiyasi, Le – Shatele printsipi, muvozanatga kontsentratsiya o’zgarishining ta‘siri, muvozanatga temperaturaning ta‘siri, muvozanatga bosimning ta‘siri.

1. QAYTAR VA QAYTMAS REAKTSIYALAR.


Hamma kimyoviy reaktsiyalar to’liq borishiga, ya‘ni- unumiga qarab ikki sinfga bo’linadi.- bir tomonlama va ikkinchi tomonlama boruvchi reaktsiyalar. Bir tomonlama boruvchi reaktsiyalarda jarayon faqat bir tomonga – mahsulotning hosil bo’lish tomonigagina boradi va dastlabki olingan moddalarning hammasi mahsulotga aylanadi, ya‘ni reaktsiya mahsuloti 100 % ga teng bo’ladi.
Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama – qarshi yo’nalishda boradi, ya‘ni reaktsiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi, birmuncha vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir – biriga o’zaro ta‘sir etib, qisman, dastlabki moddalarga aylanadi, natijada, reaktsiya olib borilayotgan idishda reaktsiya mahsulotlari bilan birga dastlabki moddalar aralashmasi hosil bo’ladi.
Mahsulotning hosil bo’lish tomoniga boruvchi reaktsiyalar qaytmas jarayonlar, qarama – qarshi yo’nalishda boruvchilariga esa qaytar jarayonlar deyiladi.
Qaytar jarayon qarama– qarshi uchlik (strelka)lar bilan ko’rsatiladi.
А + В → С + Д
Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma‘lum sharoitda qaytar tarzda boradigan jarayon deb qarash mumkin, lekin amalda esa faqat bir yunalishda boradigan reaktsiya mahsulotlari reaktsion muhit doirasidan chiqib ketadigan xollarda (gaz ajralib chiqqanda, chukma tushganda, amalda dissotsilanmaydigan moddalar hosil bo’lganda)va dastlabki moddalardan biri nihoyatda mo’l miqdorda olinib, qarama – qarshi jarayonning bir yo’nalishini tomomila to’xtatib quyilgan xollardagina yuz beradi.
Bariy xlorid eritmasiga natriy sulfat eritmasi quyilganda bariy sulfat cho’kmasining tushishi natriy karbonat eritmasiga xlorid kislota ta‘sir etganda karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi va boshqalar kimyoviy qaytmas jarayonlar uchun misol bo’la oladi. Bariy sulfatning cho’kishi amalda qaytmas jarayondir, chunki BaSO4 oz bo’lsada suvda eriydi. Ammo, bertole tuzi KClO3 ning parchalanishi yoki qo’rg’oshin azid Pb3 N2 ning parchalanishi odatdagi sharoitda mutlaqo qaytmas jarayonlardir.
Reaktsiya mahsulotlari, odatda, bir-biri bilan ta‘sirlashib, dastlabki moddalarni hosil qilishi mumkin. Masalan, CO2 bilan Н2 qizdirilganda o’zaro reaktsiyaga kirishadi, natijada uglerod (II) – oksid va suv bug’i hosil buladi. Shu sharoitning o’zida СО va suv bug’i o’zaro ta‘sirlashib dastlabki moddalar СО2 va Н2 ni hosil qiladi. Ikkala reaktsiyani ham bitta umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:

СО2 + Н2 → СО + Н2О


Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, shuncha miqdor yangisi, hosil bo’ladi. shuning uchun ham kimyoviy munosabat dinamik (haroratdagi) muvozanat hisoblanadi. U quyidagi uch belgiga ega:
1. Kimyoviy muvozanat holatidagi reaktsion sistema (aralashma) tarkibi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.
2. Muvozanatdagi sistema tashqi ta‘sir tufayli muvozanat holatidan chiqarilsa, tashqi ta‘sir yo’qolgandan keyin bu yana usha oldingi muvozanat holatiga qaytadi: agar tashqi ta‘sir davom etaversa, shu sharoitga mos bo’lgan yangi muvozanat holati qaror topadi.
3. Qaytar reaktsiya mahsulotlarini o’zida reaktsiyaga kiritish yoki dastlabki moddalarni bir-biriga ta‘sir ettirish yo’li bilan (ya‘ni qarama-qarshi yo’llar bilan) muvozanat holatiga erishish mumkin.

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish