03-4son-17.
63. Quyidagi moddalarda oksidlanish darajasi bir xil bo‘lgan element birikmalar qatorini toping.
A) bor gidrid, ammiak
B) chumoli kislota, uglerod(II) oksid
C) seziy oksid, etan
D) uglerod(II) oksid
E) uglerod(IV) oksid, ammiak
98-8son-63.
64. Quyidagi birikmalarning qaysi birlarida azotning oksidlanish darajalari noldan kichik bo‘ladi?
1) litiy nitrid 2) bariy nitrid
3) azot(II) oksid 4) ammiak
5) nitrat kislota 6) azot(V) oksid
A) 2,4,6 B) 1,2,6 C) 1,2,4 D) 1,3,5 E) 2,3,4
98-9son-3.
65. Quyidagi birikmalarni ular tarkibidagi azot atomining oksidlanish darajasi ortib borish tartibida joylashtiring.
1) ammoniy xlorid 2) gidrazin N2H4
3) natriy nitrat 4) azot(III) oksid
5) azot(IV) oksid
A) 2,1,4,5,3 B) 1,2,4,5,3 C) 3,4,5,2,1 D) 1,2,5,4,3
E) 2,1,3,5,4
98-9son-15.
66. Kalsiy karbidda uglerod atomining valentligi va oksidlanish darajasi qanchaga teng bo‘ladi?
A) 4,-2 B) 1,-1 C) 4,-1 D) 2,-1 E) 2,-2
98-9son-29.
67. Suv molekulasi va proton orasida hosil bo‘lgan gidroksoniy kationida kislorodning oksidlanish darajasi va valentligi nechaga teng?
A) -2, 2 B) -2, 3 C) -1, 2 D) -1, 3 E) -2, 4
98-9son-62.
68. Quyidagi qaysi birida element valentligi to‘g‘ri tariflangan? Valentlik...
A) ayni element atomi bilan birikadigan vodorod atomlari soni orqali aniqlanadi.
B) element joylashgan guruhning tartib raqami bilan aniqlanadi
C) atomning tashqi elektron pog‘onasidagi toq elektronlar soni orqali aniqlanadi.
D) elementlar birikmalaridagi elektron juftlar soni bilan aniqlanadi
E) kimyoviy element atomlarining muayyan sondagi boshqa kimyoviy element atomlarini biriktirib olish xossasi
98-10son-13.
69. Alyuminiy nitrat tarkibidagi azotning valentligi va oksidlanish darajasini ko‘rsating.
A) 5,+5 B) 4,+5 C) 3,+3 D) 3,+5 E) 4,+3
98-10son-15.
70. [BeF3]- va [Be(H2O)4]+2 ionlardagi markaziy atomning valentligi va oksidlanish darajasini aniqlang.
A) 3,4 va +2,+2 B) 3,3 va +3,+3 C) 2,3 va -3,-3
D) 2,4 va -2,-2 E) 4,4 va +4,+4
03-4son-19.
71. Uglerodning uch valentli birikmasini ko‘rsating.
A) karbonat angidrid B) etan C) uglerod(II) oksid
D) benzol E) buten
98-11son-35.
72. Alyuminiy oksid, vodorod oksid, vodorod peroksid, ftor oksidlarda kislorod atomining oksidlanish darajasi to‘g‘ri keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A) -2,-2,+1,+1 B) -2,+2,+1,-2 C) -1,-2,+1,-2
D) -2,-2,-1,+2 E) +2,-1,-2,+1
98-12son-4.
73. Kaliy sianiddagi elementlar oksidlanish darajalarining ketma-ketligini aniqlang.
A) +1,+4,-3 B) +1,+2,-3 C) +1,+3,-3 D) +1,+3,-4
E) +1,+1,-2
03-6son-40.
74. Uglerod elementning qaysi birikmalarida atomning oksidlanish daraja qiymati va valentlik soni o‘zaro mos keladi?
1) natriy karbonat 2) metanol 3) uglerod(IV) oksid
4) metan 5) formaldegid 6) atsetilen 7) uglerod tetraxlorid
A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5, 6
E) 1, 3, 6, 7
99-1con-4.
75. Quyidagi birikmalarning qaysi birida vodorod manfiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi?
A) suv B) ammiak C) natriy gidrid
D) vodorod sulfid E) fosfin
03-6son-46.
76. Kalsiy karbidda uglerodning valentligi va oksidlanish darajasi qanday bo‘ladi?
A) 1 va -1 B) 2 va -2 C) 4 va -2 D) 4 va -1 E) 2 va -1
99-2son-33.
77. Ammiak, gidroksilamin (NH2OH), nitrit va nitrat kislotalardagi azot atomining oksidlanish darajalarini ko‘rsating.
A) -1,-2,-3,+5 B) -3,0,+1,+4 C) +3,+1,+3,+5
D) -2,+1,0,+3 E) -3,-1,+3,+5
Do'stlaringiz bilan baham: |