(DTM 2009)
1. 1,25 molyarli sulfat kislota eritmasi olish uchun 1 l 0,8 molyarli sulfat kislota eritmasidan 40 A tokni qancha vaqt (sekund) davomida o`tkazish lozim?
A) 96500 B) 19300 C) 38600 D) 28950
2. Natriy gidroksidning suvli eritmasi 60 A tok kuchi bilan 96500 sekund davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan so`ng 600 ml (r=1,5g/ml) 40%-li natriy gidroksid qoldi. Eritmaning dastlabki konsentratsiyasini (%) hisoblang.
A) 15 B) 20 C) 25 D) 30
3. Natriy xlorid eritmasini elektroliz qilinganda 8,4 l (n.sh) xlor olindi. Hosil bo`lgan eritmani 0,25 mol fosforning konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’sirlashuvidan olingan fosfat kislota eritmasi bilan aralashtirildi. So`ngi eritmada hosil bo`lgan tuzning massasini (g) aniqlang.
A) 34 B) 41 C) 35,5 D) 30
4. Natriy xlorid va natriy yodid eritmalar solingan parallel ulangan elektrolizer orqali
doimiy elektr toki o`tkazilganda ikkinchi eritmadan 38,1 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizerdagi katod va anodda hosil bo`lgan mahsulotlar massalari yig`indisini (g) hisoblang.
A) 10,95 B) 21,9 C) 7,4 D) 5,47
5. 195 g 6% li natriy xlorid va 500 g 9% natriy iodid eritmalar bo`lgan parallel ulangan elektrolizer orqali doimiy elektr toki o`tkazilganda, ikkinchi eritmadan 38,1 g iod ajraldi. Birinchi elektrolizerdagi katod va anodda hosil bo`lgan mahsulotlar massalari yig`indisini (g) hisoblang.
A) 10,95 B) 8,2 C) 7,4 D) 11,25
6. 500 g 7,45% li kaliy xlorid va 1000 g 11,62% kaliy iodid eritmalar bo`lgan parallel ulangan elektrolizer orqali doimiy elektr toki o`tkazilganda, ikkinchi eritmadan 88,9 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizerdagi katod va anodda hosil bo`lgan mahsulotlar massalari yig`indisini (g) hisoblang.
A) 18,25 B) 8,2 C) 25,55 D) 20,05
7. Natriy xlorid eritmasini elektroliz qilinganda 2,8 l (n.sh) xlor olindi. Hosil bo`lgan eritmani 7,75 g fosforning konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’sirlashivudan olingan fosfat kislota eritmasi bilan aralashtirildi. So`ngi eritmada hosil bo`lgan tuzning massasini (g) aniqlang.
A) 34 B) 45 C) 58 D) 30
8. Natriy xlorid eritmasini elektroliz qilinganda 5,6 l (n.sh) xlor olindi. Hosil bo`lgan eritmani 0,25 mol fosforning konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’sirlashivudan olingan fosfat kislota eritmasi bilan aralashtirildi. So`ngi eritmada hosil bo`lgan tuzning massasini (g) aniqlang.
A) 34 B) 45 C) 35,5 D) 30
Do'stlaringiz bilan baham: |