DTM 2014
1. HNO3 ning 40% li (ρ=1,2 g/ml) eritmasidan 0,7 M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?
A) 9,2 B) 10 C) 9,88 D) 10,88
2. Natriy elementining massa ulushi 23 % bo’lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to’liq neytrallash uchun 380 ml 1,5 M li sulfat kislota eritmasi sarf bo’ldi. Hosil bo’lgan cho’kmaning massasini (g) toping.
A) 84 B) 69,9 C) 62,9 D) 23,3
3. Tarkibida qo’shimcha sifatida 10,48 % BaCO3 bo’lgan BaO 6 M li nitrat kislota bilan ta’sirlashdi. Bunda 1,12 l (n.sh) gaz ajraldi. Dastlabki aralashmadan qanday massada (g) olinganligini hamda sarflangan nitrat kislota eritmasining hajmini (ml) aniqlang.
A) 141; 250 B) 47;150 C) 94; 200 D) 78; 300
4. 0,4 mol oltingugurtning mo’l miqdordagi kislorodda yonishidan ajralib chiqqan 11,2 l gazlar aralashmasi katalizatordan o’tkazildi va Ba(OH)2 ning 0,4 M li eritmasiga shimdirildi. Eritma to’la neytrallangan bo’lsa, hosil bo’lgan cho’kmaning massasini (g) aniqlang.
A) 91,6 B) 86,8 C) 93,2 D) 90
5. Natriy karbonat kristallogidrati va kaliy karbonat 9,28:5,52 massa nisbatda aralashtirildi. Aralashma yetarli miqdorda suvda eritilganda natriy va kaliy ionlari molyar konsentratsiyalari teng bo’lgan eritma olindi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.
A) Na2CO3∙10H2O B) Na2CO3∙8H2O
C) Na2CO3∙7H2O D) Na2CO3∙12H2O
6. HCl ning 30 % li (ρ=1,2 g/ml) eritmasidan 1 M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?
A) 5,85 B) 7,88 C) 10,14 D) 9,86
7. Xrom(III)oksidning 38 g ni eritish uchun 2 M li NaOH eritmasidan 250 ml sarflandi. Hosil bo’lgan tuz (NaCrO2) massasini aniqlang.
A) 53,5 B) 26,75 C) 33,36 D) 11,85
8. Natriy elementining massa ulushi 46 % bo’lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to’liq neytrallash uchun 0,125 l 4 M li sulfat kislota eritmasi sarf bo’lsa, olingan eritma tarkibidagi tuzning massasini (g) toping.
A) 23,3 B) 56,8 C) 28,4 D) 94,7
9. Natriy elementining massa ulushi 46 % bo’lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to’liq neytrallash uchun 0,25 l 4 M li xlorid kislota eritmasi sarf bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi bariy oksidning massasini (g) toping.
A) 25,3 B) 15,2 C) 38,25 D) 9,12
10. Natriy elementining massa ulushi 46 % bo’lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to’liq neytrallash uchun 0,125 l 4 M li sulfat kislota eritmasi sarf bo’lsa, hosl bo’lgan cho’kmaning massasini (g) toping.
A) 23,3 B) 56,8 C) 58,3 D) 38,6
11. Natriy elementining massa ulushi 46 % bo’lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to’liq neytrallash uchun 350 ml 2 M li xlorid kislota eritmasi sarf bo’lsa, hosil bo’lgan eritmadagi natriy xloridning massasini (g) toping.
A) 7,45 B) 29,8 C) 14,9 D) 17,4
12. Natriy elementining massa ulushi 46 % bo’lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to’liq neytrallash uchun 0,125 l 8 M li xlorid kislota eritmasi sarf bo’lsa, hosil bo’lgan eritma tarkibidagi natiy xloridning massasini (g) toping.
A) 46,8 B) 35,1 C) 56,8 D) 23,4
13. H2SO4 ning 60 % li eritmasidan (ρ=1,3 g/ml) eritmasidan 1,5 M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?
A) 5,3 B) 7 C) 10,88 D) 9,88
14. Suvda eriydigan tuzning 240 ml 1,5 M li eritmasiga uning 2,5 M li 200 g (ρ=1,25 g/ml) eritmasi aralashtirilganda 15,2 % li (ρ=1,75 g/ml) eritmasi hosil bo’ldi. 2,5 M li eritma tarkibidagi tuzning massasini (g) aniqlang.
A) 34,2 B) 37,6 C) 32,4 D) 30,8
15. 0,2 l suvda 112 ml vodorod sulfid (n.sh) eritildi. Hosil bo’lgan eritmaning C% va CM konsentratsiyasini toping.
A) 0,85; 0,0025 B) 8,5; 0,25 C) 0,025; 0,02 D) 0,017; 0,05
16. Natriy karbonat kristallogidrati va kaliy karbonat 6,44:2,76 massa nisbatda aralashtirildi. Aralashma yetarli miqdordagi suvda eritilganda natriy va kaliy ionlari molyar konsentratsiyalari teng bo’lgan eritma olindi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.
A) Na2CO3 ∙10H2O B) Na2CO3 ∙8H2O
C) Na2CO3 ∙7 H2O D) Na2CO3 ∙ 12H2O
17. 0,2 l 4 M li FeCl3 eritmasiga 0,15 mol H2S shimdirildi. Hosil bo’lgan eritma filtrlandi. Filtrat necha gramm 25 % li natriy gidroksid eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi?
A) 384 B) 360 C) 180 D) 420
Do'stlaringiz bilan baham: |