Kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan



Download 93,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2022
Hajmi93,61 Kb.
#784800
Bog'liq
Tuzlar - Vikipediya



Tuzlar
Tuzlar
— 
kimyoviy birikmalar
sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan 
kristall
moddalar.
Ularga 
metall
 
kationlari
(yoki 
ammoniy

fosfoniy

gidroksoniy
kationlari)
va 
kislota
 qoldigʻi 
anionlaridan
tashkil topgan 
moddalar
kiradi. 
Elektrolitik dissotsiatsiya
nazariyasiga muvofiq, tuzlar 
eritmada
 musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar)
va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar
quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki
gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy
pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod
atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Ca(HCO3)2 —
kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga
toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir
(P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni
suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy
oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota
krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~
guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1
kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish
mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham
yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday
qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali
anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali
anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan
kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.


Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli
xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl,
dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl)
va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek
kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan
oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon"
(Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli
qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli
natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy
xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit koʻrinishidagi
minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli
eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun
qoʻllash tavsiya etildi.
Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining
muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi.
Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lokboʻyoq
sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi tuzlar (mas.,
ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi.
[1]
Kundalik roʻzgʻorda
isteʼmol uchun NaCl tuzi (
osh tuzi
) ishlatiladi.
Galit
 tuzi kristallari.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 5 oy avval
 
84.54.76.163
 tomonidan amalga oshirildi
Мукимов С. М., Исследование взаимодействия в расплавах сульфатов натрия,
калия, магния и кальция (в соавторстве), Tашкент, 1949
Parpiyev N. A.,Muftaxov A. F., Rahimov H. R., Anorganik kimyo [3-qism], Toshkent, 2000-2003.
1. 
Rustam Maʼrupov. 
OʻzME
. Toshkent
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kimyoga oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Tuzlar&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Tuzlar&oldid=2451178

dan olindi
Manbalar


Download 93,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish