Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari nisbiy atom va nisbiy molekulyar massa. Modda miqdori


KIMYOVIY REAKSIYALARNING TENGLAMALARI



Download 1,36 Mb.
bet14/73
Sana16.01.2022
Hajmi1,36 Mb.
#378901
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
masala mashq kitob

1.4. KIMYOVIY REAKSIYALARNING TENGLAMALARI
Kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari reaksiyaga kirishayotgan va reaksiyada hosil bo‘layotgan moddalarning formulalari asosida tuziladi va moddalar massasining saqlanish qonuniga binoan tenglashtiriladi. Buning uchun formulalar oldiga koeffitsientlar qo‘yiladi. Masalan, alyuminiyning oksidlanish reaksiyasi tenglamasini tuzishni qarab chiqsak:

Al+O2Al2O3,

bu ifodaning chap tomonida bitta Al va ikkita (juft) kislorod bor, o‘ng tomonida esa ikkita Al va uchta (toq) kislorod bor. Eng avvalo, o‘ngdagi toq sonli kislorod atomlarini juftlaymiz, buning uchun Al2O3 ning oldiga 2 raqami qo‘yiladi, bunda

Al+O22Al2O3

hosil bo‘ladi. Endi ifodaning chap tomonidagi Al va O2 oldiga mos ravishda 4 va 3 koeffitsientlarini qo‘yamiz, ya'ni

4Al+3O22Al2O3.

Endi tenglamaning har ikkala tomonidagi alyuminiy va kislorod atomlari sonlari tenglashdi.

Modda massasining saqlanish qonuniga ko‘ra, reaksiyaga kirgan moddalar massalari yig‘indisi, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar massalari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ko‘pchilik kimyoviy reaksiyalar (yadro reaksiyalari bundan mustasno) shu qonunga bo‘ysunadi. Biroq hamma vaqt ham reaksiyalar oxirigacha bormaydi, natijada reaksiya unumi modda massasining saqlanish qonunidagidan (nazariyaga) ko‘ra past bo‘ladi. Buni hisobga olish uchun reaksiyaning unumi tushunchasi kiritilgan. Reaksiyaning unumi () - moddaning amaldagi massasining (ma) nazariy olinishi kerak bo‘lgan massasiga (mn) nisbatiga teng bo‘lgan kattalikdir:

Reaksiya unumi foizlarda ham ifodalanadi, bunda tenglama bo‘yicha hisoblab olingan qiymat 100 ga ko‘paytiriladi. Agar masalaning shartida reaksiya unumi keltirilgan bo‘lmasa, uni 100 % deb olish tavsiya qilinadi.



1.96. 10,4 g massali xrom olish uchun zarur bo‘lgan Cr2O3 va alyuminiynnng massalarini hisoblang.

Yechish: Ushbu masalani proporsiya tuzish va modda miqdorini topish orqali ikki usulda yechish mumkin. Biz quyida bu ikki usulni ham keltirib, ularning qaysi biri qisqaroq ekanligi haqidagi xulosani o'zingiz chiqarishga havola qilamiz. Masalani yechish uchun reaksiya tenglamasini tuzamiz:

Cr2O3+2Al=Al2O3+2Cr.



Birinchi usul (modda miqdori bo‘yicha hisoblash): Olinishi kerak bo‘lgan xromning modda miqdorini topamiz:

mol.

Reaksiya tenglamasidan ma'lumki, 2 mol xrom olish uchn 1 mol Cr2O3 va 2 mol alyuminiy metali kerak. Endi Cr2O3 va Al ning massalarini topamiz: g.



mAl=0,2.27=5,4 g.

Ikkinchi usul (proporsiya usuli): Reaksiya tenglamasiga ko‘ra proporsiya tuzamiz:

104:10,4=152:x va g Cr2O3 kerak.

104:10,4=54:x va g Al kerak

1.97. 11,2 g temirning suyultirilgan sulfat kislota bilan ta'sirlashishida qancha hajm (n.sh.) vodorod ajralib chiqadi?

Yechish: Reaksiya renglamasini yozamiz:

Fe+H2SO4=FeSO4+H2.

Normal sharoitda har qanday gazning 1 mol miqdori 22,4 l hajmni egallashini hisobga olib, tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak: 56:11,2=22,4:x; x=4,48 l.

1.98. 22,2 g malaxit [Cu2(OH)2CO3] parchalanganda necha grammdan mis (II) oksid, suv va karbonat angidrid hosil bo‘ladi? (Javob: CuO16 g; H2O1,8 g; CO2 4,4 g).

1.99. 1 mol kaliy xlorat (KClO3) parchalanganda qancha massa kaliy xlorid va qancha hajm (n.sh.) kislorod hosil bo‘ladi? (Javob: 74,5 g: 33,6 l).


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish