28. Deskriptor va Hansh diagrammasi? Birikmalarning tuzilish formulalari asosida ularning biologik faolliklarini bashorat qilish, struktura-biologik faollik bog’liqliklarini o’rganish talab qilinardi. Bu sohadagi birinchi ishni, bugungi kunda “QSAR otasi” nomini olgan Korvin Hansh 1971 yilda amalga oshirgan. U biologik faollik va LogP orasida miqdoriy bog’liqlik mavjudligini aniqlagan. LogP birikmalarning hujayra membranasidagi lipid qo’shqatlamidan o’tishini ifodalovchi kattalik bo’lib, taqsimlanish koeffisienti deyiladi. LogP QSAR sohasida qo’llanilgan 1-chi deskriptor bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |