13. HyperChem dasturi? HyperChem dasturlar majmuasida, xuddi Avogadro dasturidek, “Draw” vositasidan foydalanib birikma strukturasini chizish va uni Mopac hamda boshqa kvant-kimyoviy hisoblash usullari uchun input fayllar tayyorlash mumkin. HyperChemda birikmalarni molekulyar mexanika, yarim empirik, noempirik hamda DFT usullari bilan hisob-kitoblar qilish mumkin. Infraqizil va ultrabinafsha spektrlarini hisoblash mumkin.
14. Kimyoda qo’llaniladigan hisoblash majmualari? Eng birinchi yaratilgan va mashhur hisoblash majmualaridan biri J. Popl tomonidan yaratilgan GAUSSIAN hisoblash majmuasidir. Bugungi kunda ushbu usulning shaxsiy kompyuterlarga mo’ljallangan Windows va Linux operatsion sistemalarida ishlaydigan variantlari yaratilgan. GAUSSIAN hisoblash majmuasi keng imkoniyatga ega bo’lib, kimyoning deyarli barcha sohalaridagi muammolarni yechishga mo’ljallangan va o’z ichiga ayrim yarim empirik hamda juda ko’p noempirik hisoblash usullarini qamrab olgan.
GAMESS (General Atomic and Molecular Elektronic Structure System) Gordon guruhi tomonidan yaratilgan kvant-kimyoviy hisoblash majmuasi sanaladi. Uning PC/GAMESS varianti A. Granovskiy tomonidan Windows uchun modifikatsiya qilingan. Ushbu variant 2009 yildan boshlab Firefly deb nomlanmoqda. U bir necha yarim empirik va noempirik hisoblash usullarini o’z ichiga olgan. Yana shuningdek, DFT, MP2-4 hisoblashlarini amalga oshirish mumkin. UB- va IQ-spektrlarini DFT va noempirik usullarda hisoblash mumkin.
Ham yarim empirik ham noempirik, yana shuningdek molekulyar mexanika usullarida hisob-kitob o’tkazish imkoniyatini beruvchi majmualardan biri HyperChem hisoblanadi. GAUSSIAN va GAMESS dasturlaridan farqli ravishda hisoblanishi kerak bo’lgan birikmaning geometriyasi xuddi qalam bilan chizilgandek hosil qilinadi va hisoblashlarni bevosita kuzatib turish imkoniyati mavjud, yani vizualizatsiya qilingan. HyperChem dasturiga MM+, AMBER, BIO+ va OPLS MM usullari kiritilgan. Yarim empirik usullarining qariyb hammasi kirgan: Yarim empirik hisoblashlar uchun mo’ljallangan, keng tarqalgan majmualardan biri МОРАС sanaladi. J. Styuart (J. Stewart) 1981 yildan boshlab uni yaratishni boshlagan, lekin birinchi varianti 1989 yilda yaratildi. 1989-2000 yillar mobaynida kimyoning barcha muammolarini yechishga bag’ishlangan ilmiy maqolalar turli xil nashrlarda chop etildi. Ilk variantlarida (Mopac6 va Mopac7) MINDO/3, MNDO, AM1 va PM3 usullari kiritilgan edi. Bugungi kundagi oxirgi versiyasi МОРАС2012 dasturida MINDO/3, MNDO, AM1, PM3, RM1, PM6 va РМ7 yarim empirik usullari mujassam.
Do'stlaringiz bilan baham: |