Cu + 2H2SO4= CuSO4+SO2 + 2H2O
Cu0 -2 ®Cu+2 2 1
S+6 -2 e ® S+4 2 1
CuSO4+Zn=ZnSO4+Cu Zn0 -2e → Zn+² 2 1
Cu+2 +2e ® Cu0 2 1 Molekulalararo oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari gazlar orasida: 3H2+N2=2NH3 4NH3+5O2=4NO+6H2O
2SO2+O2=2SO3
Qattiq moddalar orasida:
2Mg(q)+O2(g)=2MgO(q)
2Sb(q)+3CI2(g)=2SbCI3(q)
Qattiq moddalar bilan suyuqliklar orasida:
4HCI(S)+MnO2(q)=CI2(g)+ Mn CI2(s)+2H2O(s)
16HCI(s)+2KMnO4(q)=5CI2(g)+2MnCI2(s)+8H2O(s)+2KCI(s)
Qattiq moddalar orasida:
2AI(q)+ Fe2O3(q)=AI2O3(q)+2Fe(q)
C(q)+2PbO(q)= 2Pb(q)+CO2(g)
Aksariyat oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmada ketadi:
3Na3AsO3+K2Cr2O7+4H2SO4= 3Na3AsO4+Cr2(SO4)3+4H2O+K2SO4
2NaCrO2+3H2O2+2NaOH=2Na2CrO4+4H2O
Bunday reaksiyalar qatoriga oksidlanish darajasi turlicha bo’lgan lekin bir xil atomlardan iborat moddalar orasidagi reaksiyalarni ham olish mimkin:
2H2S+H2SO3=3S+3H2O
5HCI+HCIO3=3CI2+3H2O
Disproporsiyalanish yoki o’z-o’zidan oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari
Molekula tarkibidagi bir xil element atomoning oksidlanish darajasi ham ortadi, ham kamayadi:
3K2MnO4+2H2O=2KMnO4+MnO2+4KOH
3KCIO=2KCI+KCIO3
3HNO2=HNO3+2NO+H2O
Na2SO3=3Na2SO4+Na2S
6NaOH+3S=2Na2S+Na2SO3+3H2O
2KOH+CI2=KCI+KOCI+H2O
6KOH+3CI2→5KCI+KCIO3+3H2O
Ichki molekulyar-oksidlanish qaytailish reaksiyalarida oksidlovchi va qaytaruvchi
Bitta molekulani o’zida lekin har xil element atomlari ba’zan bir xil element
atomlari ham bo’lishi mumkin: 2KNO3=2 KNO2+ O2 4HNO3=4NO2+2H2O+O2
2 Ba(NO3)2=2BaO+4NO2+O2 (NH4)2Cr2O7=Cr2O3+N2+H2O 2HgO= 2Hg+O2 2KClO3=2KCl+3O2
23-Bilet
1.Kolloid kimyoning biologiyadagi o’rni qanday?
Kolloid kimyo — kimyoning dispers sistemalar xossalari, fazalararo chegara sirtlarida sodir boʻladigan hodisa va jarayonlarni oʻrganadigan boʻlimi. 19-asrning 60-yillarida mustaqil fan sifatida shakllandi. Fizik-kimyoning maxsus tadqiqot usullari: ultramikroskopiya, ultrafiltrlash, ultratsentrifugalash, dializ, elektrodializ, elektroosmos, elektroforez, dispersion analiz; nefelometriya, reologiya, elektron mikroskopiya, xromatogʻrafiya va boshqa Kolloid kimyo ta-raqqiyotida muhim rol oʻynadi. Kolloid kimyo kimyo sanoati va kimyo-texnologiyada katta ahamiyatga ega. Xom ashyoni maydalash, boyitish (flotatsiya), tindirish, choʻktirish, briketlash va donalash kabi jarayenlar dispers sistemalarda sodir boʻladi va bu jarayonlardagi hoʻllanish, kapillyarlik, adsorbsiya, sedimentatsiya, koagulyasiya, flokulyasiya kabi hodisalarni ham Kolloid kimyo oʻrganadi. Oʻzbekistonda Kolloid kimyoningrivojlanishidaakad. K. S. Axmedov rahbarligidagi ilmiy maktabning xizmati katta. Olim va uning shogirdlari tomonidan mineral dispers sistemalar (tuproq, tabiiy mineral sorbentlar, sement, keramik qorishmalar, burgʻulash eritmalari va emulsiyalari va boshqalar)ning xossalarini boshqarishda sirt faol moddalar va polielektrolitlardan ratsional foydalanish usullari ishlab chiqildi. K-4, K-9, "Uniflok", OGS kabi yangi polielektrolitlar suvni flokulyasiya yoʻli bilan qayta tozalashda, yuvindi va oqova suvlardan oltin ajratib olishda, tuproq strukturasini yaxshilashda, tuproq suvini tejashda, tuproq erroziyasiga qarshi kurashda, yerning shoʻrini yuvishda, rangli metallarni ajratib olishda, koʻchma qum va shoʻr tuproq-gruntlarning harakatini (Orol dengizi atrofida) toʻxtatishda va boshqalarda qoʻllaniladi. Kolloid kimyo sohasidagi ilmiy ishlar Oʻzbekistonda FA umumiy va noorganik kimyo institutida, Toshkent kimyotexnologiya institutida hamda OʻzMU ning kolloid kimyo kafedrasida olib boriladi. Ayni vaqtda tabiiy gaz, gaz kondensatlari va boshqa xom ashyolardan sirt faol moddalar, suvda eruvchan polimerlar va polielektrolitlar olish, ularni amaliyotga tatbiq qilish borasida Oʻzbekiston yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi.
2.Alkanlarning agregat xolati va nechta izomeriyasi bor?
Uglerod atomlari o’zaro bir-biri bilan oddiy kovalent (-bog’) bilan bog’langan va qolgan valentliklari vodorod bilan to’yingan organik birikmalarga to’yingan uglevodorodlar- alkanlar deb ataladi. Toyingan uglevodorodlarda uglerod atomlari birinchi valentlik holatida (sp3- gibridlangan holatda) bo’lib, uglerod zanjirini hosil qilishda sarf bo’lmagan valentlik birliklari vodorod atomlari bilan to’la to’yingan bo’ladi. Shuning uchun ular to’yingan uglevodorodlar deb ataladi. To’yingan uglevodorodlar CnH2n+2 umumiy formulaga muvofiq keladigan gamologik qatorni hosil qiladilar. Bu yerda n=1,2,3 … va h.o. butun son. metan, etan, propan, butan va izobutanlar gaz, pentandan geksadekangacha siiyuqlik bo‘lib, ular o‘ziga xos benzin va kerosin hidiga ega, geksadekandan boshlab esa qattiq moddalardir. Molekula massasi ortishi bilan to'yingan uglevodorodlarda suyuqlanish, qaynash temperaturalari va solishtirsa massa oshib boradi
Tuzilishi o`zaro o`xshash, kimyoviy xossalari esa yaqin bo`lib, tarkibi bir yoki bir necha CH2 gruppa bilan farq qiluvchi moddalar qatori gomologik qator deyiladi. Gomologik qatordagi moddalar esa gomologlar deyiladi.
Gomologik qator a`zolarining fizika-kimyoviy xossalari biridan ikkinchisiga o`tganda asta-sekin o`zgarib boradi. Qatordagi ayrim a`zolarning xossalarini o`rganish bilan bu qatordagi quyi va yuqori gomologlarning xossalari haqida fikr yuriitish mumkin.
Izomeriyasi. Metan, etan va propanning izomeri yo`q. Lekin butanda uglerod atomlari o`zaro ikki xil, pentanda uch xil, tartibda birikishi mumkin. Demak, butan ikki, pentan esa uchta izomerga ega.
n-butan izobutan Izopentan neopentan
Butan va pentandagi uglerod atomlari o`zaro birikib, to’g`ri zanjirni hosil qilgan. Bunday tuzilishga ega bo`lgan birikmalar normal birikmalar deyiladi va n harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentandagi uglerod zanjiri esa tarmoqlangan. Bunday birikmalar izo- birikmalar deyiladi. Yuqorida keltirilgan butan hamda pentanning izomerlari bir-biridan uglerod zanjirining turlicha tuzilganligi bilan farq qiladi. Bunday izomeriya struktura izomeriya yoki uglerod skeletining izomeriyasi deyiladi. Uglevodorod molekulasidagi uglerod atomlarining soni oshib borishi bilan izomerlarning soni ham juda tez ortib boradi.
uglevodorodlarda birlamchi uglerod atomlari C1, ikkilamchilari C2, uchlamchilari C3, to`rtlamchilari C4 birlamchi uglerod H1 ikkilamchilari H2 va uchlamchilari H3 belgilar bilan ifodalanadi.
3. Alkinlarda uch bog’ning xolati qanday?
Alkinlar — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3-C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3-CH2-C≡CH va Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʻzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshieriydi. Alkinlarning asosiy kimyoviy xossalaridan biri rc-bog‘larni oson uzilishi hisobiga birikish reaksiyasiga kirishadi, buning sababi 7i-bog‘lar energiyasining kichikligidir. Oddiy Ô- bog'ning —С—C — energiyasi 83 kkal/molga teng, uch bog‘ — C = C~ niki esa 199 kkal/molga teng, u holda bog‘99-83 —-— = 58 kkal/mol energiyaga ega boladi.
Asetilen molekulasidagi H-C≡C-H har bir uglerod atomi bitta vodorod atomi bilan bogʻlanadi va oʻzaro uch karrali bogʻlanish orqali davom etadi. Alkinlarning tarkibidagi har bir uglerod atomi sp-gibridlangan holatda boʻladi. Uglerodning ikkita gibridlangan orbitallarining bittasi vodorod atomining s-orbitali bilan, ikkinchisi uglerod atomining sp-gibridlangan orbitali bilan σ-bogʻlar tuzishda qatnashadi, asetilen molekulasidagi atomlarning hammasi 180 °C burchak ostida bitta chiziq atrofida joylashadi. Atsetilen molekulasidagi ikkita uglerod atomi orasidagi uch bogʻning bittasi σ-, ikkita π-bogʻidan iborat. Uch bogʻning (−S≡S−) uzunligi 0,121 nm, bogʻlanish energiyasi 830 kJ/mol. [1]
4.Kislata asos titrlash uchun standart ishchi eritmalar qanday tayyorlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |