Kimyo va uni o’qitish



Download 26,79 Kb.
Sana10.11.2022
Hajmi26,79 Kb.
#863000
Bog'liq
4. Mullaboyevaga.RAXBAR.TAQRIZI
619-21 guruhlar uchun 1-Mustaqil ish, 1-5, 320 kireeva a s nikotinizm, ШОК, yurak g, Задание лаб 1, N-1 shakl dalolatnoma, zfo kursovaya rabota voloznev, auk, Asadbek chizma autocad.-Model, Xudoynazarov Azizbek kursavoy metall, Xudoynazarov Azizbek, 6f7e8f6f11c9220af8d35d0b75a1c1e8 220804 071001 220806 093811, 3-Лаб-я

Chirchiq davlat pedagogika instituti Fizika va kimyo fakulteti “Kimyo va uni o’qitish” kafedrasi 70110801-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi magistratura talabasi Mullabayeva Sevara Xusniddinovnaning “Kimyo fanini o’qitishda interfaol ta’lim metodlari va didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasi (7 – sinf misolida)” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishiga

T A Q R I Z
Dunyoda uzluksiz ta’lim yaxlit tizim sifatida shakllanib, uning rivojlanib borishi uchun kerakli ta’lim muhitini yaratish konsepstiyasi dolzarb vazifalar qatoridan o’rin olgan. Davlatning intelektual salohiyati uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining modernizasiyalash darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim jarayonida yangicha innovatsion metodlar va axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo’llash, tizimni isloh qilishning muhim tendentsiyalaridan sanaladi. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlarining soha mutaxassislari tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining kimyo fanidan olingan bilimlari yordamida hayotiy muammolarni hal qilishga qodir bo’lishini ta’minlashga imkon beradigan innovatsion usullardan foydalanib o’qitishning individual pedagogik tizimini shakllantirish jarayonini takomillashtirishga oid qator tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2021yil 12 avgustda PQ-4805 son qarori “Kimyo va bialogiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm – fan natijadorligini oshirish chora - tadbirlar to’g’risida”, 2022 yil 28 yanvarda “Maktab ta’limini rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarni belgilash” yuzasidan videosellektrda kimyo va biologiya fanlari bo’yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o’qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy - axloqiy va intelektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarishda fikrlashga chorlaydigan o’qitish metodikasini, darsliklarni ilg’or tajribalar asosida to’liq yangilash, darsliklar bilan ta’minlash, ta’lim, o’quv - tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion usullarini joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha maqsadli vazifalar belgilab berildi.
Ta’lim soxasida bo’layotgan o’zgarishlarni asosiy boshqaruvchisi sanalgan o’qituvchining kasbiy mahoratini muttasil ravishda oshirib borish, dunyo miqyosida ta’lim sohasidagi yangiliklardan xabardor bo’lib borishi o’ta muhim sanaladi.
O’qituvhcilarning ijodiy qobiliyatlarini va izlanuvchanligini rivojlantirish uchun faqat o’qituvchi faolligi asoslangan ta’lim usulidan emas, balki o’quvchida bilim, ko’nikma va malaka kompetensiyalarni to’liq shakllanishiga olib keladigan zamonaviy o’qitish ta’lim texnologiyalarini, ilg’or xalqaro va xorijiy tajribalar, o’sib kelayotgan yosh avlodni kompetensiyaviy yondashuv asosida ma’naviy-axloqiy av intellektual rivojlantirish, o’quv tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida motivatsion va innovatsion yechimlarini qo’llash ta’limda samarali natija beradi.
Mullabayeva Sevara Xusniddinovnaning “Kimyo fani o’qitishda interfaol ta’lim metodlari va didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasi” (7- sinf misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishida: kirish, muammoning o’rganganlik darajasi, tadqiqotning maqasadi va vazifalari, ob’ekti, predmeti, yangligi, ilmiy farazi, nazariy va amaliy ahamiyatini yoritib berish bilan birg, dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi hajmiy jihatdan 85 betni tashkil etishini, bunda, birinchi bob: Kimyo fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim metodlaridan foydalanishning nazariy metodologik asoslari, ikkinchi bobi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o'qitishning innovatsion usul va ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish, uchinchi bobi: Ilmiy-pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning samaradorligi, har bir bob yuzasidan xulosalar keltirib o’tishi va mavzuga oid o’yin usullari va o’qitishda ta’lim yondashuv texnologiyalariga oid ishlanmalar ishlab chiqganligi va tajriba – sinov ishlarida samarali natija berganligi izohlangan va ilovada keltirib o’tilgan.
Dissertatsiyaning “Kimyo fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim metodlaridan foydalanishning nazariy metodologik asoslari deb nomlangan birinchi bobida, innovatsiyon metodlardan foydalanishda e’tiborli jihatlari, kimyo fanini o’qitishda xorij va respublikamizning yetuk olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlari yuzasidan chop etilgan adabiyotlar va darsliklar bilan tanishgan va taxlil qilgan. Inavatsion ta’lim texnologiyalarining ilmiy-pedagogik nazariy jihatlari, ya’ni didaktik va intrfaol metodlarnin umumiy tavsifi, foydalanish usullari va yo’llari, og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarning o’zaro bog’liqligi, izlanish xarakteridagi o’quv-bilish faoliyatining birligi va optimal o’zaro aloqasi, maktab ta’limidagi tutgan o’rni va afzal tomonlari keltirib o’tilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o'qitishning innovatsion usul va ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish” deb nomlangan dissertatsiyaning ikkinchi bobida, kimyo fanini o‘qitishda innovatsion usullar va interfaol metodlardan foydalanishning rivojlanish istiqbollari, sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari, 7-sinflarda kimyo fanini o’qitishda takomillashtirilgan interfaol metodlar va didaktik o‘yinlardan foydalanish metodikasi: unda shaxsiy xarakter xususiyatlari namoyon bo’lishida didaktik o‘yin texnologiyalarini tashkil etilish, yaniy: tayyorlov davri, o‘yinni tashkil etish, o‘tkazish va tasnifi, o`yin turlarini tanlash mezonlari, maqsadiga ko'ra bir nechta omilni o'z ichiga olishi va o’yin usullariga oid dars ishlanmalaridan na’munalar keltirilgan.
Ilmiy-pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning samaradorligi” deb nomlngan dissertatsiya ishining uchinchi bobida: kimyoni o‘qitishda innovatsion ta’lim metod va didaktik o’yin usullaridan foydalanish samaradorligini tekshirishda tajriba-sinov ishini tashkil etish bosqichlari asosida Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, 12-sonli umumiy o’rt a ta’lim maktabiining 7-sinf o’quvchilari: nazorat va eksperiment sinfilar bilan noodatiy, didaktik o’yin usullari va interfaol ta’lim metodlarini qo’llash yordamida tajriba – sinov ishlari amalga oshirilgan. Nazorat sinfiga dars mavzusi oddiy dars shaklida o’tilganligi, eksperiment sinfida darslarni olib borishda va o’tilgan mavzularni mustahkamlashda interfaol ta’lim metodlari va didaktik o’yin usullarini qo’llagan holda mavzular mustahkamlangan va olingan natijalar taxlil qilinganligi keltrilgan.
Pedagogik tajriba – sinov ishlarining natijalari tahlilidan ko’rishimiz mumkinki, 7-sinflarga kimyo fanini o’qitishda interfaol ta’lim metodlarni va motivatsion didaktik o’yinlarni qo’llaganda, o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishi oshgan, o’quvchilar kimyo fani boshqa fanlar bilan ham bog’liqligini anglashgan. Tajriba – sinov ishlarining natijalari samarali, ishonchli ekanligi didaktik topshiriqlar misolida yoritib berilgan va sifati ilmiy – amaliy jihatdan asoslangan.
Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismi qisqa va tushunarli tarzda bayon etilgan. Ilmiy tadqiqot ishi bo’yocha oldindan qo’yilgan maqsad va vazifalar bajarildi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu izlanishlar bo’yicha quyidagi natijalar olingan va takliflar berilgan:

  • kimyo fanidan 7- sinf o’quvchilari, topshiriqlarni mustaqil bajarishlarini e’tiborga olgan holda motivatsion didaktik o’yin usullar va fanlar integratsiyasi asosida topshiriqlar tizimi keltirilgan “Kimyo bilan tanishaman” nomli amaliy mashg’ulotdan ish daftari ishlab chiqilgan va samaradorligi tajribada ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan. Ular kimyo fanini o’qitish mazmuni va sifatiga qo’yiladigan davlat talablarini takomillashtirishga xizmat qiladi;

  • o’quvchilarga ta'lim jarayonida qo'llaniladigan motivatsiya beruvchi, ma’naviy – ijodiy harakatga keltiruvchi, didaktik o'yinlar tasnifi taklif etilgan;

  • interfaol usullarni qo’llash va ta’lim oluvchilar mashqlarni mustaqil bajarishga undovchi, faol ishtirok etishga chorlaydigan, interfaol usullarning nomlari, xususiyatlariga ko’ra turlarga ajratilgan holda qisqacha tavsifi keltilgan.

  • qo’llanilgan interfaol ta’lim metodlari va o’yin usullari asosida o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishi oshganligi kuzatilgan;

Albatda amalga oshirilgan ushbu dissertatsiya tadqiqot ishi O’zbekiston respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “”Kimyo va biologiya yo’nalishida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm – fan natijadorligini oshirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi 2020 yil 12-avgust PQ-4805-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Shu sababdan, magistr Mullabayeva Sevara Xusniddinovnaning “Kimyo fani o’qitishda interfaol ta’lim metodlari va didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasi” (7- sinf misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi davlat attestatsiyasi komissiyasining bitiruv malakaviy ishlariga qo’yiladigan talablariga javob beradi vahimoya qilishga loyiq deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar p.f.f.d. (PhD). Shayzakova D.A.
Download 26,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti