Suyuq eritmalar. Suyuq eritmalar odatdagi suyuqliklarga o‘xshash o‘ziga xos strukturaga ega. Suyultirilgan eritmalarning xossalari erituvchinikiga o‘xshab ketsa, konsentrlangan eritmalarning xossalari erigan moddaga o‘xshab ketishi aniqlangan.
Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha. Ba’zi suyuqliklar masalan: spirt, glitsirin suvda cheksiz eriydi. Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan - fenol sovuq suvda oz eriydi.Shunga ko’ra, suyuqliklarning suyuqliklarda erishi 3 xil bo’lishi mumkin:
1) suyuqliklar o’zaro istalgan nisbatda aralashadi(masalan, suv bilan spirt);
2) suyuqliklar o’zaro ma’lum chegaradagina aralashadi(masalan, suv bilan fenol);
3) suyuqliklar o’zaro aralashmaydi(masalan, suv bilan simob).
Harorat ko‘tarilganda uning eruvchanligi ortadi. 66,45о С dan yuqori haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo‘ladi. Bu haroratni kritik erish harorati deyiladi.
Qattiq va suyuq moddalarning eruvchanligiga bosim ta’sir etmaydi, chunki ularning hajmi bosim ta’sirida deyarli o‘zgarmaydi( lekin mihoyatda katta bosim eruvchanlikni o’zgartirib yuboradi).
XIX asrning oxirlariga kelib eritmalarning tabiati haqida fizik va kimyoviy nazariyalar ta’riflandi.
Fizik nazariyaga muvofiq, erish modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari bilan aralashishidan iborat sof fizik jarayondir; eritmaning xossalari ayni hajmdagi eritma zarrachalari sonigagina bog’liq; eritma-erigan modda va erituvchidan iborat bir jinsli aralashma xolos. Eritmalar haqidagi fizik-nazariya XIX asrning oxirlarida ancha rivojlandi. Vant-goff va raul qonunlari fizik nazariyaning isboti bo’ldi. Lekin bu qonunlarga elektrolit bo’lmagan moddalarning ideal eritmalarigagina to’la bo’ysunishi aniqlandi.
Eritmalar tabiati haqidagi kimyoviy nazariyaga muvofiq, erish hodisasini erigan modda bilan erituvchi orasida sodir bo’ladigan kimyoviy jarayon deb qarash lozim. D.I.Mendeleyev, K. Bertole, N.S.Kurnakov va boshqalar kimyoviy nazariyaning asoschilari hisoblanadi.
I.Mendeleyevning fikricha, eritmada erigan modda bilan erituvchidan tashqari, ular orasidagi kimyoviy o’zaro ta’sir natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar, ya’ni solvat va gidratlar ham mavjuddir. Solvat deb, organic tabiatli erituvchu va erigan modda orasidagi o’zaro kimyoviy ta’sir natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarga aytiladi. Gidrat-erigan modda bilan erituvchi sifatida qo’llanilgan suv o’rtasida hosil bo’lgan birikmadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |