1.1. Kimyo oʻqitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari: Muhim kashfiyotlarni amalga oshirishda, fan oldiga qoʻyilgan muammoni tez hal qilishda ishni bajarish metodikasi (usuli) muhim ahamiyatga ega. Toʻgʻri usul bilan bajarilgan ilmiy tekshirishlar olimlaming buyuk kashfiyotlariga sabab boʻlgan. Masalan, spectral analiz usulining kashf etilishi tabiatdagi koʻp elementlaming ochilishiga olib keldi. Elektrokimyoviy tekshirish usullarining yaratilishi fan va sanoatdagi muhim muammolarni tez hal qilish imkoniyatini yaratdi.
Shunga koʻra kimyo fani asoslarini oʻquvchilar tomonidan tez oʻzlashtirilib olinishi oʻqitish usuliga bogʻliq. Metodist olimlar tomonidan fanlarni oʻqitishdagi darslar samaradorligini oshirishning turli metodlari ishlab chiqilgan. Ulardan kimyoni oʻqitish jarayonida foydalaniladi.
“Kimyo oʻqitish metodikasi” fani kimyo oʻquv fanlari asoslari bilimlarini oʻzlashtirib olishni oʻrgatadi. Bn fan tayyor bilimlar beradigan fanlardan farqlanib, ilmiy fan vazifasini ham oʻtaydi, chunki yangi oʻqitish usullari pedagogik ish jarayonida yaratiladi. IIgʻor ta’lim texnologiyalarini dars jarayonlariga tatbiq qilib, oʻqitish va ta’lim olish metodikasini takomillashtirish ham ilmiy-metodik ish hisoblanadi.
Oʻqitish metodlari oʻqituvchining ishlash jarayonida rivojlanib boradi. Shuning uchun ilgʻor oʻqituvchilarning dars olib borish tajribasini oʻrganish oʻqitish jarayonini takomillashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Olimlar tomonidan har bir yaratilgan yangi oʻqitish usullari ta’lim bosqichlarida pedagogik tajribadan oʻtkaziladi. Samara bergan usullar oʻquv jarayoniga tatbiq etiladi.
Hozirgi vaqtda kimyoni oʻqitish jarayoniga innovatsion va axborot texnologiyalari keng joriy qilinmoqda.
Kimyo oʻqitish metodikasi pedagogika fani bilan chambarchas bogʻliq. Chunki uning ta’limiy funksiyasi pedagogika qonuniyatlariga asoslanadi. Uning metodologik asosi esa milliy istiqlol gʻoyasidir.
Kimyo metodikasining ta'sir etish obyekti har xil saviyadagi, turli xarakter va qiziqish xususiyatlari turlicha boʻlgan har xil yoshdagi oʻquvchilardir. Maktab uchun yoziladigan kimyo fanlari darsliklari oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajalariga asoslanishi kerak..
Oʻquvchilarning yoshi bilan bogʻliq boʻlgan xususiyatlarni esa fiziologiya hamda psixologiya fanlari oʻrganadi.
Oʻquvchilarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash jarayonlari muammolarini hal qilish uchun boʻlajak kimyo fani oʻqituvchilari yoshlar fiziologiyasi va psixologiya fanlarini yaxshi bilishi kerak.
Kimyoni oʻqitish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi munosabati bilan informatika, ya’ni kompyuter yordamida dars oʻta olish metodikasini egallash fimksiyasi ham vujudga keldi. Xuddi shuningdek, har bir oʻqituvchi pedagogik. tajriba natijalarini matematik. tahlil qilish masalalarini bilishi uchun matematika fanlari asoslaridan toʻliq xabardor boʻlishi kerak.
Mа’lumki, hаr qаndаy oʻquv fаnining mаzmunini biror metodsiz oʻquv jаrаyonidа tushuntirib boʻlmаydi. Shuning uchun fаlsаfiy nuqtаi nаzаrdаn qаrаlgаndа, oʻqitish metodi mаzmunning oʻquv jаrаyonidаgi hаrаkаt shаklidir. Oʻquv jаrаyonini olib boruvchi oʻqituvchining bosh vаzifаsi tа’lim, tаrbiya vа oʻquvchilаrni ilmini rivojlаntirishini аmаlgа oshirаdigаn oʻqitishning eng muqobil metodini tаnlаsh hisoblаnаdi.
Oʻquvchilaming ta’lim bosqichlarida jamiyatning rivojlanishi uchun xizmat qiladigan kimyoviy bilimlarni egallashi kimyo ta’limini amalga oshirish bilan yuzaga chiqadi. Kimyo ta’limini shakllantiruvchi va me’yorga ke1tiruvchi vositalariga umumiy, oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi boʻyicha ixtisoslik beruvchi mutaxasislik, Davlat ta’lim standarti va oʻquv rejasi, fan dasturi va darsliklari kiradi.
Davlat ta’lim standarti oʻquvchilarning egallashi mumkin boʻlgan kimyoviy bilimlar, koʻnikma va malakalarining chegaralarini, kasbiy omilkorlikni hamda jamiyatning rivoji va kimyoviy bilimlarni egallashga yordam beradigan fanlarni belgilab beradi va ular tanlagan mutaxassislikni DTS tarkibiga kiruvchi oʻquv rejasida aks ettiradi. Fan dasturi tanlagan kimyogarlik ixtisosini egallash uchun zarur boʻlgan kimyoviy bilimlarning asoslari va chegarasini koʻrsatadi.
Kimyo ta’limini amalga oshirishda kimyo darsligi asosiy oʻqitish vositasi hisoblanadi. Shuning uchun kimyo darsligini jamiyat oldidagi mas’uliyatni his etgan holda mukammal yozish eng muhim vazifa hisoblanadi.
Quyida kimyo darsligining vazifasi, shakllanishi va uning mazmuniga boʻlgan didaktik talablar, oʻquv materiallari hajmi va murakkabligining me’yori hamda kimyo ta’limi didaktik birliklarini oʻzida mujassamlashtirgan, kimyoviy bilimlarning poydevori boʻlgan maktab kimyo kursi va ta’lim bosqichlaridagi kimyo fanlarining mazmunini yaratish masalalariga toʻxtalamiz.
Kimyo oʻquv fani boshqa oʻquv fanlari singari mustaqillik gʻoyalariga sodiq boʻlgan oʻquvchilar shaxsiyatini shakllantiradi, kimyo ta’limi asoslari bilan qurollantiradi. Oʻqitishning ta’lim va tarbiya beruvchi hamda rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshiradi.
Kimyo oʻquv fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Oʻquvchilarning kimyo fani asoslari va usullarini ongli ravishda oʻzlashtirishlarini ta'minlaydi.
2. Oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
3. Oʻqitiladigan mavzularga oid respublikadagi kimyoviy tabiiy zaxiralar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishni bayon etish orqali oʻquvchilami vatanga sadoqat, fanga boʻlgan qiziqishlari va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishlarini tarbiyalaydi.
4. Oʻquvchilarning kimyoviy bilimlarni egallashdagi faolligi va tafakkurini rivojlantiradi.
5. Kimyoviy ishlab chiqarishlarning xalq xoʻjaligidagi salmogʻini va ishlab chiqarish texnologiyalarini bayon etish orqali oʻquvchilarda mehnat ta’limini shakllantiradi va kimyo kasbiga yoʻnaltirish masalalarini amalga oshiradi
Har bir kimyo fani oʻqituvchisi oʻqitish jarayonida ilgʻor oʻqituvchilarning pedagogik ish tajribalaridan foydalanishi, dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir koʻrsatadi.
Ilgʻor tajribani darsga tatbiq qilganda ish sharoitini hisobga olgan holda yondashish kerak. Bunda oʻqitishning kimyoviy mazmuni, oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va oʻqituvchining faoliyati hisobga olinadi. Pedagogik jarayonda tajribaning ijodiy tomoniga yondashish kerak. Oʻqitish metodikasining tarixi shuni koʻrsatdiki, metodikadagi biror masalani haddan tashqari boʻrttirib koʻrsatish boshqa masalalarga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Faqat metodlar va oʻqitish vositalari uygʻunlashtirilgan holda dars olib borilganda ijobiy natijalar olinadi. Kimyo oʻqitishning ilgʻor tajribalaridan xabardor boʻlish uchun ilmiy-metodik jurnallar, “Xalq ta’limi”, “Uzluksiz ta’lim”, “Pedagogik ta’lim” jurnallar va ilmiy maqolalar oʻqib borish kerak. Muntazam ravishda oʻtkaziladigan oʻqituvchilarning pedagogik oʻqishlari va konferensiyalarida aktiv qatnashishlari kerak boʻladi.
Kimyo oʻqituvchilarining ilmiy-metodik ishlari. Oʻquv metodik ishining asosiy mazmuni kimyo oʻqitish metodikasi oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratiladi. Har bir oʻqituvchi pedagogik tekshirish usullarini egallab borishi va undan foydalanishi kerak. Bunga adabiyot manbalari ustida ishlash, oʻquvchilarning oʻzlashtirish natijalarini kuzatib borish va pedagogik eksperiment oʻtkazish kiradi.
Adabiyot manbalari ustida ishlash. Metodist oʻqituvchi kimyo oʻqituvchilari darsini tahlil qilish uchun adabiyot manbalari bilan tanish boʻlishi kerak. Oʻqituvchi adabiyot manbalarini yozib olishi, ulardan kartochkalar tuzishi va yangiliklarni oʻzlashtirib borishi zarur.
Maqsadga yoʻnaltirilgan kuzatish. Metodist oʻqituvchi kimyo oʻqitish jarayonini yaxshilash uchun boshqa kimyo fani oʻqituvchilarining darslarini kuzatib boradi. Undagi yutuq va kamchiliklarni yozib oladi. Darsdan keyin kimyo oʻqiluvchilari bilan birgalikda dars tahlili oʻtkaziladi. Bundan asosiy maqsad kimyo ta’limi va tarbiyasi jarayonini yaxshilashdir. Masalan, 7-sinf oʻquvchilari 8-sinf oʻquvchilariga qaraganda yaxshi oʻzlashtirishga erishgan boʻlsa, uning sababi tahlil qilinadi. Masalan, 8-sinfda oʻquvchilar oʻqituvchi boshchiligida koʻp vaqtlarini masala yechish bilan oʻtkazsalar, kimyoviy tajribaga vaqt qolmaydi, natijada kimyoviy bilimlarni egallashlari va darsga boʻlgan qiziqishlari pasayib ketadi. Kirnyo oʻqitish jarayonini yaxshilash uchun oʻquvchilar orasida anketa savollari oʻtkaziladi.
Pedagogik eksperiment. Bu pedagogik tadqiqotning eng muhim usuli hisoblanadi. Misol uchun yangi yozilgan sinov darsliklarini oʻquvchilar qanday oʻzlashtirishlarini bilish maqsadida bir necha maktablarda pedagogik eksperiment oʻtkaziladi. Bunda yangi darslik boʻyicha oʻqitish jarayoni va oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi kuzatib boriladi. Kimyo oʻqitishning ayrim metodlari samaradorligini aniqlashga oid tadqiqot ishlarida 2 ta paralel sinf tanlab olinadi. Oʻquvchilar guruhini tanlashda ikkala sinfda ham oʻquvchilarning bilim darajalari bir xil boʻlishi shart. Bu sinflarning biri eksperimental guruh, ikkinchisi nazorat uchun olingan guruh boʻladi. Darsning samaradorligini baholash uchun ikkala sinfda ham oʻqitish sharoiti bir xil boʻlishi va bir xiI oʻqitish vositalaridan foydalanish talab etiladi. Faqat ulaming farqi eksperimental sinfda tanlangan ilgʻor pedagogik metodni yuritishga katta ahamiyat beriladi. Metodning samaradorligini aniqlash uchun matematik tahlildan foydalaniladi. Oʻquvchilaming oʻzlashtirish darajalarini bilish maqsadida ikkala guruhning ham oʻrtacha baho bali hisoblanadi va eksperiment natijalari olinadi. Oʻquvchilaming tajriba oʻtkazish, masalalar yechish, koʻnikma va malakalarini aniqlashga oid tadqiqot ishlari oʻtkazilishi mumkin. Tajribada olingan natijalarning foydaliligini aniqlash maqsadida maternatik hisoblashlar eksperiment natijalari asosida olib boriladi. Pedagogik tajribada yaxshi samara bergan ta’lim metodlari oʻquv jarayoniga tatbiq qilinadi.
Kimyo oʻqituvchisi oʻz mehnatini ilmiy tashkil qila olishi uchun oʻquv tarbiyaviy jarayonlarni aniq rejalashtirishi, yangi ilmiy-metodik adabiyotlar bilan uzluksiz ishlashi, ilgʻor pedagogik ish tajribalarini oʻzlashtirib borishi, dars samaradorligini oshirish uchun pedagogik tajriba oʻtkazish usullarini toʻliq egallab olishi, doimo ijodiy izlanishda boʻlishi, oʻquvchilar mehnatini yengillashtirish va samaradorligini oshirish yoʻllarini puxta egallagan boʻlishi kerak.