Ayrim o‘qituvchilar imtihonni ikkita nazariy savol, uchinchini test topshirig‘i asosida o‘tkazilishni rejalashtirilgan bo‘lishlari mumkin. Ammo bunday yondashuv asosida o‘quvchini o‘zlashtirish darajasini to‘laqonli baholab bo‘lmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kelishgan holda ikki usuldan birini qat’iy tanlab olishi zarur.
- hatto o‘qituvchi yordamida ham ularni tuzata olmasa;
- ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘rilay olmasa bunday o‘quvchigа "1" baho qo‘yiladi.
XULOSA
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilar bilimida bo‘shliq paydo bo‘lishining yagona sabablaridan biri ularga yetarli bilim berilmaganligidandir. Bu esa o‘qituvchilarning o‘z fanidan yangi dastur materiallarini DTS talablari bo‘yicha egallashini talab etadi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z ustida qunt bilan ishlashi, malakasini oshirish uchun izlanishi lozim. Har bir dars va mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida noan’anaviy usulda tashkil etish davr talabi. Davr bilan hamo-hang qadam tashlash — ustoz-murabbiylar zimmasiga hamisha mas’uliyat yuklaydi. Ana shu mas’uliyatga yarasha faoliyat ko‘rsatish o‘qituvchining burchidir.