Test atamasi inglizchadan olingan bo‘lib, o‘zbekchaga tarjima qilinganda - tekshirish, tadqiq etish, sinab ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Test - bu qisqa, standart va odatda vaqt bilan chegaralangan sinovdir. Bunday yangicha va qulay sinovlarni o‘tkazish uchun test savollari tuziladi. Nar bir savolning beshta A, B, C, D, E harflari bilan belgilangan javoblari bo‘lib, ularning ichida bitta javobi to‘g‘ridir. Savollar "Ko‘p ichidan to‘g‘risini tanlab olish" hamda "Soddadan murakkabga" prinsipida va qat’iy maktab dasturi asosida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |