14- Ma’ruza: Favqulotda vaziyatlar, ularning turlari va hususiyatlari. Tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari
Reja:
1 Gеоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr
2 Mеtеоrоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr.
3 Biоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr
8.1 Gеоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаrgа – vulqоnlаr оtilishi vа yer qimirlаshlаri kirаdi. Yer qimirlаshi – eng хаvfli vа vаyrоn qiluvchi fаvqulоddа hоlаtdir. Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu – yer silkinishidir.. Yer silkinishi – yer osti zarbasi va yer usti qatlamining tebranishi bo‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi.Yer ostki zarbasining paydo bo‘lishi o‘chog‘i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning ozod bo‘lish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O‘choqning ichki qismi markazi gipomarkaz, yerni ustki qismidagi markaz epimarkaz deyiladi. Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Tektonik zilzilalar;
Vulqon zilzilalari;
Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari;
Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinish turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko‘p talofot keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o‘ramlarida bo‘ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida tog‘ jinslarining katta bo‘laklarini ag‘darilishi yoki tog‘larning o‘pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishiga vulqoniy yer silkinishi deb ataladi. Bunday yer silkinish vulqonning faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ko‘p hollarda aniq bashorat qilinadi. Bunday yer silkinishlarining talofati unchalik kuchli bo‘lmaydi.
Insonning muxandislik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishlar, yirik suv omborlari vujudga kelgan xududlarda, neft, gaz mahsulotlarining yer ostidan so‘rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda.
Ma’lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar(seysmogarflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojiali bo‘lib, imorat va inshoatlarning bo‘zilishiga, yer yuzida yoriqlarning paydo bo‘lishiga, minglab insonlarning yostig‘ining qurishiga olib keladi.
Yer silkinishi o‘chog‘i gipomarkazning joylashgan chuqurligi bo‘yicha: yuza− 70 km gacha, o‘rta− 70−300 km, chuqur−300 km dan pastda “mantiya” qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km gacha chuqurlikda joylashganini qayd etish mumkin. Mantiyada katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila o‘chog‘i vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo bo‘ladi, bular o‘znavbatida yerning ustki qatlamining tebranishiga olib keladi. Gipomarkazdan hamma tarafga qaytarseysmik to‘lqinlar tarqaladi, ular asosan, uzunasiga va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi. Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) o‘z yo‘nalishi bo‘yicha navbatma−navbat yer po‘stlog‘ini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinish oldidin chiqadigan tovushning o‘zginasidir. Tovushning past va balandligi yer qimirlashining kuchiga bog‘liq. Ko‘ndalang to‘lqinlar (gorizantal) yer yuzasiga chiqib, zilzila to‘lqinlarini vujudga keltiradi va epimarkazning barcha taraflariga tarqaladilar.
_
Yer qimirlashning asosiy ko‘rsatkichlari yer silkinish o‘chog‘ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasiga bog‘liq. Zilzila kuchi ikki o‘lchov birligida, ballarda va magnitudada o‘lchanadi.
Ball – yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko‘rsatadi. Silkinish ko‘chini ballarda ballarda o‘lchashda seysmograflardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi, ya’ni yozib olingan seysmogarmmalar orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosda seysmik to‘lqin tezlanishi quyidagi formula orqali chiqarish mumkin.
α = A;
α—seysmik to‘lqin tezlanishi, m/c²;
T− seysmik tebranish davri, s;
A – tog‘ jinsi tezlanish amplitudasi, mm;
𝞹− 3,14.
Rossiya FA tomonidan kiritilgan 12 ballik shkala bo‘yicha barcha MDH da qo‘llaniladi. O‘zbekistonda MSK ( Medvedyev, Shponxoyer va Karnik) nomi bilan o‘lchanadi.
Rixter shkalasi bo‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. 1935 yil Amerika seysmologi Ch.Rixter nomiga qo‘yilgan. Magnituda yer silkinishining umumiy enargiyasini ko‘rsatib, u yerning maksimal surilishamplitudasini logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proporsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9M gacha bo‘ladi.
Yer silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
Е=𝞹²·ʕ·υ〔〕²;
Bu yerda;
ʕ−yer silkinishining gipotsentrdagi mavjud tog‘ jinslarining zichligi, g/sm²;
υ – tog‘ jinslarida seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi, m/soniya;
А− tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
T – seysmik tebranish davri, soniya.
Bu energiyaning (YE) miqdori shunchalik kattaki, yuz ming vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng kelishi mumkin.
Yer qimirlаgаndа аtrоfni o’rаb turgаn fаzоdа sеysmik zаrb kuzаtilаdi, vulqоnlаr оtilishi, tsunаmilаr pаydо bo’lishi, tоg’ qаtlаmlаrini so’rilishi, qоr vа muzliklаrni ko’chishi vа bоshqа hоdisаlаr ro’y berishi mumkin. Yer yuzаsidаgi yer qimirlаsh kuchini bаll оrqаli ifоdаlаsh, uning ob’yektga tа’sirini esа yer qimirlаshning intеnsivligi sifаtidа qаbul qilingаn. Yer qimirlаsh kuchi 1 dаn 4 bаllgаchа bo’lgаndа binоlаr vа inshооtlаrgа zаrаr еtmаydi, yer yuzаsidа vа suvlаrdа o’zgаrishlаr kuzаtilmаydi.
Zilzila kuchinn aniqlash shkalasi (ballarda).
I. Sezilmaydigan zilzilalar. Yer tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga yetmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin.
P. Zo‘rg‘a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bo‘lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo‘lgan ayrim insonlar sezishi mumkin.
III. Yerning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo‘lgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bo‘lganlardan faqat tinch holatda turganlari sezadi. Tebranish go‘yo ma’lum masofadan yuk mashinasi o‘tgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bo‘lgan buyumlarning yengil tebranishini ilg‘ab oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatai kuchliroq bo‘ladi.
IV. Sezilarli tebranish. Bino ichida bo‘lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg‘onadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar yengil zirillaydi. Osma holatda bo‘lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo‘ladi. To‘xtab turgan avtotransportdagilar ham zilzilani sezishi mumkin.
V. Uyg‘onib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uyqudagilarning aksariyat qismi ko‘rquv aralash uyg‘onadi. Ayrimlar zudlik bilan ko‘chaga otiladi. Hayvonlar bezovta bo‘ladi. Osma soatlar to‘xtab koladi. Mustahkam asosga ega bo‘lmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. Yaxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman to‘kiladi.
VI. Qurquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochik joydagi insonlarning hammasi sezadi. Ko‘pchilikni qo‘rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo‘qotadi. Hayvonlarda bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib ketadi. Og‘ir mebellar suriladi.
VII. Binolar shikastlanadi. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv paydo bo‘ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog‘ oldi zonalarida ko‘chki, o‘pirilish bo‘ladi. Suv yuzida to‘lqinlar paydo bo‘lib loyqalanadi. Quduq suvlari sathi, mikdori o‘zgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib chiqish hollari bo‘ladi.
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo‘rquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo bo‘ladi. Yangi suv havzalari paydo bo‘ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati keskin o‘zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo‘ladi.
IX. Binolarning batamoi shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat kiladi. Yer osti quvurlari uziladi, temir yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. gacha darzliklar paydo bo‘ladi. Qoyalar qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.
X. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, to‘g‘onlar, ko‘priklarda buzilish bo‘ladi. Yer yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar paydo bo‘ladi. Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko‘chishi yuzaga keladi. Kanal, ko‘l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo‘ladi.
XI. Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar, to‘g‘onlar, temir yo‘llar jiddiy shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog‘ oldi zonalarida kuchli ko‘chkilar yuzaga keladi.
XP. Yer relyefinnng o‘zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to‘liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo‘lib, relyef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari o‘zgaradi. Yirik tog‘ ko‘chkilari bo‘ladi. Yangi ko‘llar paydo bo‘ladi.
Respublikamiz hududida yuzaga kelayotgan yer ko‘chkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bog‘liqdir. Shu sababli bu jarayon mavsumiy xususiyatta ega, ya’ni atmosfera yog‘inlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yer ko‘chishi xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yer ko‘chishi - yer yuzasi bo‘lagining yonbag‘ir bo‘yicha gravitatsiya kuchi ta’sirida surilishi, siljishiga aytiladi.
Markaziy Osiyodagi yer ko‘chishi shakl va ko‘lami bilan ajralib turadi. Ular lyoss qatlamlarida tarqalgan bo‘lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yog‘inlari ma’lum chuqurlikkacha borib, suv o‘tkazmas qatlamga yetgach yonbag‘ir bo‘ylab oqadi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitatsiya (tortishish) kuchi ta’sir qilishi oqibatida yonbag‘irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo‘ladi va uzilgan bo‘lak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o‘n mln. m3 larda bo‘ladi. Yer ko‘chishi yonbag‘irning qiyaligiga, tog‘ jinsi tarkibiga, atmosfera yog‘inlari miqdoriga bog‘lik holda rivojlanadi. Yonbag‘ir qiyaligi qanchalik katta bo‘lsa ko‘chkining tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ko‘chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho‘kish hodisalari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |