Turli yo‘nalishdagi sabzavotchilik xo‘jaliklari uchun ixtisoslashgan brigadaning almashlab ekishda sakkiz dalali namunaviy sxemasi
Sabzavot - beda
almashlab ekish
|
Poliz-beda
almashlab ekish
|
Kartoshka-beda almashlab ekish
|
asosiy ekinlar
|
takroriy va
oraliq ekinlar
|
asosiy ekinlar
|
takroriy va oraliq ekinlar
|
asosiy ekinlar
|
takroriy va oraliq ekinlar
|
Bir yillik bedaga aralash ekilgan arpa bilan
|
-
|
Bir yillik beda
|
-
|
Bir yillik beda
|
-
|
Ikki yillik beda
|
-
|
Ikki yillik beda
|
-
|
Ikki yillik beda
|
-
|
Uch yillik beda
|
-
|
Uch yillik beda
|
-
|
Uch yillik beda
|
-
|
Sabzavot (o‘rtagi)
|
-
|
Poliz ekinlari
|
-
|
Ertaki kartoshka
|
Ertaki kartoshka
|
Ertaki sabzavot
|
Kechki sabzavot
|
Poliz ekinlari
|
-
|
Ertaki sabzavot
|
Kechki kartoshka
|
Ertaki kartoshka
|
Kechki sabzavot
|
Ertaki kartoshka
|
Kechki sabzavot
|
Poliz ekinlari
|
Oraliq ekinlar
|
Sabzavot (o‘rtagi)
|
-
|
Ertaki sabzavot
|
Kechki kartoshka
|
Kechki kartoshka
|
-
|
Ertaki sabzavot
|
Kechki kartoshka
|
Poliz ekinlari
|
-
|
Ertaki kartoshka
|
Kechki kartoshka
|
Sabzavot mahsulotlari ko‘paytirishning muhim rezervlaridan biri, ekinlarni takroriy ekishni keng ko‘lamda qo‘llashdir. K.A.Timiryazevning ta’kidlashicha: - “o‘tloq, dala, o‘rmonlarda foydalanilmagan har bir quyoshli kun abadiy yo‘qotilgan boylikdir”. Takroriy ekinlar ekish sabzavotchilikda quyosh energiyasidan foydalanishning samarali usulidir. Shu evaziga maydon birligidan 2-3 marta hosil yetishtirilmoqda. Buni ko‘plab turli sharoitdagi xo‘jaliklar, tumanlar ish tajribasi bugo‘ngi kunda tasdiqlab turibdi.
O‘zbekiston sabzavot - poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI birinchi (ertagi) va takroriy ekinlarni quyidagi tartibda ekishni tavsiya qiladi
Yozgi muddatlarda ekiladigan sabzavotlarni bug‘doy yoki arpa hosili yig‘ib olingandan keyin ham o‘stirish mumkin, ertagi sabzavotlardan bo‘shagan yerlarda esa mosh, ko‘kat ekinlar va piyoz uchun ajratiladi. Sabzavot ekinlarni almashlab ekishda don uchun makkajo‘xori va jo‘xori tezpishar kechki navlari esa silos uchun takroriy ekin sifatida ekiladi.
Bir yilda ikki marta hosil olish birinchi ekin hosilini o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish va takroriy ekinni tezda ekish, o‘simliklar o‘sishini tezlashtirishga yordam beradigan agrotexnika usullarini qo‘llashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Urug‘larni ekish oldidan undirish, go‘ng chirindi-tuvakchalarda yetishtirilgan sabzavot ko‘chatlarini o‘tqazish: o‘ta ertagi qilib fevral oyida, ayrim hollarda kuz-qishda ekish, shuningdek, kuzda tayyorlangan egatlarga bahorda ekish hamda yorug‘lik o‘tkazuvchi shaffof polietilen plyonkalardan foydalanish mana shunday usullarga kiradi. Ekin qatorlariga yoki uyalarga solingan fosfor o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi. Hosil yig‘im-terimi bilan haydash oldidan beriladigan suv orasidagi muddatni qisqartirish maqsadida dalani birinchi ekin hosilini yig‘ishtirib olish oldidan sug‘orish lozim. Shuningdek, o‘g‘itlar birinchi ekinga ham, takroriy ekinga ham berilishi zarur.
O‘zbekistonda oraliq ekin sifatida kech kuzda ekish uchun kuzgi javdar, kuzgi arpa, raygras, kuzgi vika, kuzgi gorox, shabdar, bersim, kuzgi surepka, raps, xantal, perko, tritikali kabilar tavsiya qilinadi. Bular yolg‘iz o‘zi, yaxshisi g‘allasimon yoki dukkakli ekinlarga aralashtirib ekilgani ma’qul. Xantal (gorchisa) va javdarning afzallik tomoni shundaki, bu ekinlar serhosil, urug‘i mayda bo‘lganligi uchun ularning ko‘payish koeffisiyenti juda yuqori.
17-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |