Ko‘chat ikki xil uslubda: ko‘chirib o‘tqazib, ko‘chirib o‘tkazmay o‘stiriladi. Ko‘chirib o‘tqazish usuli doimiy joyiga ko‘chirib o‘tqazilganda ildizlar shikastlanishga chidamli bo‘lgan (karam, pomidor, qalampir, oddiy piyoz, porey piyozi, salat) o‘simliklar uchun qo‘llaniladi. Maysalarni ko‘chirib o‘tkazmasdan (pikirovkasiz) ko‘chatlarni yetishtirish uslubini (bodring, qovoqcha, patisson, qovun, tarvuz, baqlajon) va kichik oziqlanish maydonida o‘stiriladigan (salat, piyoz kabilar) ekinlar uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |