Xalqimiz orasida qadim-qadimlardan ekologiyaga e’tibor berilganligiga
dalolat: “Suvga tupurma”, “ariqqa supurma” deyilgan, chunki insonlar og’iz
bo’shlig’ida millionlab har xil miqroblar (yoki supurilayotgan axlatda) mavjuddir,
ya’ni boshqa insonlarga bu zararli mikroblar yuqmasin demoqchi.
Eramizning boshlarida Samarqandda, Termizda sopol naylarda yer ostidan
ichimlik suvi o’tkazilgan, chunki O’rta Osiyo sharoiti issiq bo’lganligi uchun suv
tez buzilib, insonga zarar keltirishini oldindan bilganlar, yoki dori-darmonlarni
shisha va sapol idishlarda saqlagan va tayyorlagan.
Atrof-muhit bulg’anishini tirik organizmga ta’sirini buyuk olim Abu-Ali
Ibn-Sino bundan 1000 yildan ko’proq vaqt oldin “CHang va tutun (g’ubor)
bo’lmasa, inson ming yil umr ko’rardi” deb yozgib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |