Hosil sentyabr oyida pishib yetiladi. Hosil AP- 70rusumli yeryong‘oq
yig‘ishtiruvchi maxsus pritsepli mashinalar bilan ikkifazali usulda yig‘ishtiriladi.
Dastavval o‘simlik ildizlari qirqiladi, o‘simlik tuproqdan sug‘irib olinadi, qoqiladi,
dastalanadi va mashinaning uch yurishida olti qator yanchiladigan qilib taxlanadi.
O‘simlikkovlab olingandan keyin 3-5 kun o‘tgach, dukkaklardagi namlik 20-25
%bo‘lganda hosil SK-5 kombaynlari MA-1,5 moslamalari bilanjihozlanib, yanchib
olinadi. Namlik yuqori bo‘lsa dukkaklar quritiladi. Namlik 8% bo‘lgan holda
dukkaklar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: