7,5 % qand bo‘lmagan moddalar tashkil qiladi. Qandbo‘lmagan moddalarning 5 %
i erimaydigan (kletchatka 2,5 %, pektin 2,4% va kul 0,1 %) moddalardan iborat.
Eriydigan qand bo‘lmagan moddalarga fruktoza, glyukoza va boshqa azotsiz
ekstratlanadigan moddalar(0,8 %), azotli moddalar (1,1 %) va kul (0,6 %)
kiradi.Qand ishlab chiqarishda eriydigan «qand bo‘lmaganlar» invert qandfruktoza,
glyukoza va yengil harakatlanadigan azotli birikmalar va aminokislotalar saxarozani
kristallanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuninguchun invert qand va azotning ko‘p
bo‘lishi ildizmeva sifatining pastligini ko‘rsatadi. Eriydigan kul ham ildizmeva
sifatini belgilaydi.
Qand lavlagining 1 kg ildizmevasida 26 o.b. saqlanadi. Shuningdek,5 kg
barglari 1 o.b. teng bo‘lib, uning 100 kg ida 22 oziqa birligisaqlanadi.Qand
lavlagining 250 ts/ga hosilida 6500 o.b. saqlanadi va qo‘shimcha,barglaridan 2500,
jomdan 15 o.b. olinadi.
Uning agrotexnik ahamiyati ham katta. Qand lavlagi ekiladigan dalalar chuqur
shudgor qilinadi, ko‘p miqdorda organik va ma’danlio‘g‘itlar solinadi, hamda
begona o‘tlarga qarshi jadal kurash olib boriladi. Shuning uchun qand lavlagidan
keyin dala begona o‘tlardan toza vaunumdorligi holida qoladi. Boshqa ekinlarning
o‘sishi, rivojlanishiuchun qulay shroit yaratiladi. U juda serdaromad ekin.
Qand lavlagi Old Osiyoda, Markaziy Osiyoda eramizdan 1500-2500yil
muqaddam ekilib boshlangan. Hozirgi madaniy ikki yillik shakllari bir yillik
shakllaridan kelib chiqqan. Yovvoyi lavlagi hozir hamO‘rta Yer dengizi, Kaspiy va
Qora dengiz sohillarida uchraydi va qandikam, yog‘ochsimon, dag‘al ildizga ega.
Dastlab madaniy ekin sifatida Mongold, bargli lavlagi ekilib boshlangan, keyin
ildizmevali shakllaritarqalgan. Dastlab qand lavlagini sileziya turi ekilgan.
Kristall qand Markgraf tomonidan 1747 yil kashf etilgan va Berlin
akademiyasiga taqdim etilgan. Qand lavlagidan saxaroza olishniAxard 1799 yili
isbot etgan. XIX asr boshlarida qand lavlagi ildizmevasida 6,7 % qand bo‘lgan
bo‘lsa, 1860 yilga kelib 10 % yetkazilgan.
Hozirda eng yaxshi qand lavlagi navlarida qand miqdori 20% ga yetkazilgan
va ildizmeva massasi oshirilgan.
Dunyoda ekiladigan qand lavlagining 80 % i Yevropada joylashgan. Har yili
dunyoda 8 mln. ga maydonga qand lavlagi ekiladi. U dunyoningjuda ko‘p
mamlakatlari (AQSh, Angliya, Germaniya, Turkiya, Ukraina, Rossiya,
Qirg‘iziston)da ekiladi. O‘zbekistonda lavlagichilik 1998 yildanboshlab rivojlana
boshladi.
Qand lavlagi serhosil ekin. Xorazm viloyatining sug‘oriladigan yerlarida
ilg‘or xo‘jaliklar 400-600 ts/ga ga yetkazib ildizmeva hosiliolishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: