yagonalash 2-3 barglar hosil bo‘lganda 10-15kun davomida tugallanadi yoki 1
metrda 8-10 maysa bo‘lganda ekinzorfaqat begona o‘tlardan tozalanadi.
O‘simlik tup qalinligi 1 metrda 10-12 dona va undan ko‘p bo‘lsa rivojlangan
«panshaxa» fazasida siyraklashtiriladi. Bunda qatorlarko‘ndalangiga USMP-5,4
agregatlari bilan ishlanadi va 1 metr qatorda5-6 o‘simlik qoldiriladi, har gektarda
95-100 ming tup o‘simlik bo‘lishita’minlanadi.
Qand lavlagini yagonalashning samarali usuli boronalashdir. Boronalash
maysalar birinchi juft barglar hosil qilganda, shuningdek buketlar qoldirilgandan
keyin ham qilinishi mumkin.Birinchi qator oralarini ishlash 6-8 sm, keyingilari 8-10
smchuqurlikda o‘tkaziladi. Har sug‘orishdan keyin kultivatsiya qilish yaxshinatija
beradi. Barglar kattalashib qatorlarni yopganda qator oralariniishlash yaxshi natija
beradi.
Qand lavlagi
uzunburunlarini yo‘qotish uchun
fazolon
3-3,5 kg/gaqo‘llaniladi.
Serkosporiozdan saqlash uchun bardos suyuqligi 6 kg/ga yoki 80% tsineb
poroshogi 3,2-4 kg/ga purkaladi. Tilt, topaz ham qo‘llanilishi mumkin.
Qand lavlagida bargni yeydigan tunlam, bitlar, o‘rgimachakkanagaqarshi
karate 0,3 kg/ga, detsis 0,3 kg/ga, zolon 0,3 kg/ga 150-200 l suvgaaralashtirib
purkaladi.
Sug‘orish. Nam to‘playdigan sug‘orishlar kuzgi shudgordan 8-10 kunoldin
1200-1500 m3/ga me’yorda o‘tkaziladi. Ular ildizmeva hosilinio‘rtacha 20-30 %
oshiradi. Dala bir tekis zaxlashi uchun nam to‘playdigansug‘orishlar egatlar olib
o‘tkaziladi.
Qand lavlagi nisbatansho‘rga chidamli bo‘lsada sho‘ri yuvilgan maydonlarda
eng yuqori hosil beradi. Sho‘r yuvish kuzgi shudgordan keyin gektariga 2-3 ming
m3 me’yorda1-2 o‘tkaziladi. Sho‘r yuvish o‘tkazilgan maydonlarda nam
to‘playdigansug‘orishlar o‘tkazilmaydi.
Yuqori hosil shakllanishi uchun tuproqdagi namlik ChDNS 70-75 %dan kam
bo‘lmagan holda ushlanadi. Sug‘orish soni va me’yorlari tuproq–iqlim sharoitiga
qarab belgilanadi. O‘zbekiston sharoitida sug‘orishlarsoni 8-10 taga yetadi. Egatlab
sug‘organda sug‘orish me’yori 700-900 m3/ga,yomg‘irlatib sug‘orilganda 500
m3/ga. Sug‘orishdan keyin yer yetilishi bilan10 va 14 sm chuqurlikda kultivatsiya
chuqurligi navbatlashtirilibo‘tkaziladi. Hosil yig‘ishtirishga 20-30 kun qolganda
sug‘orishlarto‘xtatiladi va bu qand miqdorining oshishiga, hosilning
fiziologiketilishiga yordamlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: