Kimyo texnologiya


Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar



Download 2,59 Mb.
bet99/134
Sana02.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#310717
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
Bog'liq
ma'ruza to'g'ri varianti QXMT 2021yil,,

Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar

Sertifikatlashtirish mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash shakllaridan biri sifatida butun dunyoda tan olingan. Sertifikatlashtirish uchun sertifikatlashtirish obyektlari va sub’yektlariga yagona talablarni belgilagan me’yoriy hujjatlar mavjud bo‘lishi shart.

Atamalar va ta’riflarning birliligi qo‘yilgan vazifalarni tushunish va sertifikatlashtirish protseduralar ini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Respublikasida xalqaro standart ISO/MEK 2:1996 "Standartlashtirish va yondosh faoliyat turlari. Umumiy lug‘at" asosida yaratilgan O‘z DSt 5.5:1999 "O‘z SMT. Asosiy atamalar va ta’riflar" va sifat menejmenti tizimlari bo‘yicha O‘z DSt ISO 9000:2002 amalda qo‘llanilmoqda.

Ishlab chiqariladigan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida, ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni esa sertifikatlashtirish mumkin.

“Sertifikat” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “to‘g‘ri tayyorlangan” degan ma’noni bildiradi.

Sertifikatlashtirish – bu kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqliligini alohida, xolis deb tan olingan idora tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatdir.

Xalqaro standartlashtirish tashqi lotining qo‘llanmasida «sertifikatlashtirish» atamasining quyidagi izohi berilgan:

– sertifikatlashtirish deyilganda mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarni sertifikatlashtirishda (muvofiqlikni sertifikatlashtirish) uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi;

Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.

Sertifikatlashtirishning milliy tizimi - davlat miqyosida amal qiladigan sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim.

Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.

Muvofiqlik belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoki ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi.

Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.

Sinov laboratoriyasini akkreditlash – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarning nufuzli organ tomonidan rasmiy e’tirof qilinishi.

Sertifikatlashtirish organi – sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi organ.

Sinash – bu o‘rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta harakteristikani aniqlash.

Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya.

Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o‘tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim.

Akkreditlash – Prosedura bo‘lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi.

Akkreditlash bo‘yicha idora – Akkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni o‘tkazuvchi idora.

Inspeksiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriy baholash prosedurasi.

Sifat – O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.

Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashqi lotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizimi.

Sifat sohasidagi siyosat – yuqori rahbariyat tomonidan ifodalangan sifat sohasida tashqi lotning umumiy maqsad va faoliyat yo‘nalishi.

Tashqi liy tuzilma – Mas’ullik, vakolatlik va o‘zaro munosabatlarning xodimlar o‘rtasida taqsimlanishi.

Manfaatdor tomon – tashqi lotning faoliyatidan yoki yutuqlaridan manfaatdor shaxs yoki guruh.

Jarayon – Kirish va ko’rib larni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmui.

Prosedura – Faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning o‘rnatilgan usuli.

Kuzatuvchanlik – Kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi yoki joylashgan o‘rnini kuzatish imkoni.

Muvofiqlik – Talabni bajarish.

Nomuvofiqlik – Talabni bajarmaslik.

Sinash – O‘rnatilgan proseduraga muvofiq mahsulotning bir yoki bir nechta harakteristikalarini aniqlash.

Tahlil – Ko‘rilayotgan obyektning yaroqliligi, adekvatliligi (aynan bir xilligi), natijaviyligini aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat.

Audit – Audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan mezonlarini bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni beg‘araz baholash muntazam, mustaqil va hujjatlashtirilgan jarayoni.

Audit dasturi – Muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta auditlar majmui.

Kompetentlik (vakolatlilik) – o‘z bilim va kunikmalarini qo‘llay olish qobiliyati.

Muvofiqlik atamasi mahsulot jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Muvofiqlikning uchta ko‘rinishi – muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish mavjuddir. Muvofiqlik bayonoti deb ta’minotchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi haqida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda «o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish» tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmoqda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zi o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.

Muvofiqlikni attestatlash deyilganda uchinchi tomon tarafidan «sinov laboratoriyasining bayonoti» tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etilishi tushuniladi.

Yana bir zarur atamalaridan biri «sertifikatlashtirish tizimi» bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: «Sertifikatlashtirish tizimi – muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.»

«Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari, sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u quyidagicha ta’riflanadi: «Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi».

Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda, ushbu tizimning qoidalariga muvofiq guvohnoma talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.

Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb, ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.

Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda, ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.

Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi, bular majburiy va ixtiyoriy.
Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishi esa ixtiyoriydir.

 

Majburiy sertifikatlashtirish deganda, sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatining standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.



Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.

Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnika rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, ularning raqobatdoshlik qobiliyatni oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashqi lot amalga oshiradi. U ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchining (birinchi tomon) va haridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qilib, absolyuto mustaqil ravishda ish ko‘radilar. Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda.

Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo‘sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima?

Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.

“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlash-tirish tashqi loti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan.

Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashqi loti-ning qo‘llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan:



  • sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda /muvofiqlikni sertifiklashtirish/ uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi;

  • sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi ta’minlovchining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda.

Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.

Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriya-sining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.

Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, mol/ ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.

Yana bir zarur atamalardan biri “sertifikatlashtirish tizimi” bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.

“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi /sxema sertifikatsii/ kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning sertifikatlash-tirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi”.

Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.

Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.

Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.

Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.

Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.

Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.

Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.

Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashqi lot amalga oshiradi va ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi tomon/ va haridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘radilar.

Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashqi l etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashqi l qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashqi lotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.

Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.

Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalari-ning, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.




Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish