11-mavzu. Standart namunalar, o‘lchashlarni bajarish metodikasi va me’yoriy hujjatlarning ekspertizasi (4soat)
Reja:
Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi.
Me’yoriy hujjatlarning ekspertizasi.
Tayanch so‘z va iboralar: standart namunalar, davlat standart namunasi, o‘lchashlarni bajarish, metodika, ekspertiza,
1.Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari.
Standart namunalar (SN) O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘zO‘BTT) ning tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘lchash birliligini ta’minlash maqsadlarida SN quyidagilar uchun qo‘llaniladi:
o‘lchash vositalari (O‘V) ni qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash, darajalash, shuningdek ularni sinashda, shu jumaladan turini tasdiqlash maqsadida metrologik tafsilotlarini tekshirish uchun;
O‘BM ni metrologik attestatlash;
O‘BM dan foydalanish jarayonida ularning xatoliklarini o‘zlarida o‘rnatilgan algoritmlarga muvofiq tekshirish;
metrologik tekshiruvning boshqa turlari uchun qo‘llaniladi. O‘lchashlarning ba’zi turlarida SN tekshirish sxemasi tarkibiga etalon (O‘lchashlar namunaviy vositasi) sifatida kirishi va mos qiyoslash sxemasida o‘rnatilgan tartibda birlikning o‘lchamini uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin.
SN tan olish darajasi va qo‘llanish doirasiga qarab quyidagi toifalarga ajraladi:
– davlatlararo SN (DASN);
– davlat (sertifikatlashtirilgan) SN (DSSN);
– ishlab chiqaruvchining SN (KSN).
Davlat (sertifikatlashtirilgan) standart namunalari quyidagicha belgilanadi:
Oz DSN – O‘zbekiston davlat standart namunasi.
Ishlab chiqaruvchining standart namunalari uchun:
O‘z ICHSN – O‘zbekiston ishlab chiqaruvchining standart namunasi
Turli toifadagi SN qo‘llanish doirasi:
- DASN va DSN uchun sertifikatlashtirilgan standart namuna (SSN) O‘zbekiston xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, shu jumladan, agar SN turining tavsifida eslatib o‘tilmagan bo‘lsa, davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada ham qo‘llaniladi;
- ishlab chiqaruvchining standat namunasi (ICHSN) O‘zbekiston xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan mustasno, qo‘llaniladi.
ICHSN ni qo‘llanish sohasi SN ni qo‘llanishga oid guvohnomada yoki yo‘riqnomada eslatib o‘tiladi.
SN vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan (tan olingan) dan keyin o‘z vazifasi bo‘yicha qo‘llanishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston davlat metrologik tekshiruv va nazorat sohasida O‘zstandart Agentligi bergan sertifikatga ega SN yoki "DASN" yoki "DSSN" (ruscha "MSO" yoki "GSO") belgilari bo‘lgan SN, 1992-yilgacha chiqarilgan va o‘z kuchini yo‘qotmagan SN ni qo‘llanish ruxsat etiladi.
Xorijda ishlab chiqarilgan, import bo‘yicha keltiriladigan SN qo‘llanishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi.
Xalqaro va hududiy tashqi lotlarda yaratilgan SN, agar bu ishda O‘zbekiston qatnashgan va (yoki) SN ni tan olishga qo‘shilgai bo‘lsa, bunday SN uni tan olishda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.
SN uchun metrologik tafsilotlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, bunday tafsilotlar SN ni yaratish va chiqarishga hujjatlarda me’yorlanadi.
SN ni yaratish va chiqarish hujjatlarida ularning muayyan turlari uchun texnik topshiriqlar (TT) va texnik shartlar (TSH) da quyidagi metrologik tafsilotlar me’yorlanadi:
SN ning attestatlanadigan tafsilotining ahamiyati;
attestatlanadigan qiymatning xatoligi (noaniqligi);
SN materialining bir jinsli emasligi natijasida sodir bo‘ladigan xatolik (noaniqlik);
SN nusxasining yaroqlilik muddati;
tashqi omillarning ta’sir darajasi.
SN tafsilotlarining qiymatlari SN ni attestatlash jarayonida o‘rnatiladi va turining tavsifnomasi, shuningdek SN nusxasining sertifikati (guvohnomasi) da ham keltiriladi.
SN ning sertifikati (guvohnomasi) da keltiriladigan metrologik tafsilotlarning qiymatlari SN to‘pining har nusxasiga, yoki SN ning muayyan nusxasiga oid bo‘ladi. Bu qiymatlarining o‘zi SN nusxasining SN ni qo‘llanish bo‘yicha hujjatlarda o‘rnatilgan, qo‘llanish prosedurasiga muvofiq foydalaniladigan har qanday qismga ham taalluqli bo‘ladi.
SN ning yaroqlilik muddati yuqori chegarasi cheklanmaydi.
Agar yaroqlilik muddati o‘rnatilmagan yoki SN ning yaroqlilik muddati 10 yildan ortiq bo‘lsa, bu holda SN ning metrologik tafsilotlari 10 yilda kamida bir marta tekshiriladi, tekshirish tartibi SN ni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomada yoki bunday prosedurani belgilaydigan alohida hujjatda ko‘rsatiladi.
SN ni ishlab ko’rib (yaratish) asosiy bosqichlari:
attestatlash dasturi va (yoki) metodikasining loyihasini o‘z ichiga olgan SN ga texnik topshiriqni ishlab ko’rib ;
texnik topshiriqni metrologik ekspertiza qilish, kelishish va tasdiqlash;
SN ni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va eksperimental ishlarni o‘tkazish;
attestatlash dasturi va (yoki) metodikasiga muvofiq SN ning metrologik va texnik tafsilotlarini o‘rnatish;
SN ga hujjatlarni ishlab ko’rib , SN ni ishlab ko’rib ga oid hisobotni rasmiylashtirish, SN seriyali yoki kichik seriyali ishlab chiqariladigan bo‘lsa, texnik shartlar (TSH) ishlab chiqiladi;
SN ni ishlab ko’rib ga oid hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;
SN ni tasdiklash va ro‘yxatdan o‘tkazish.
SN ni ishlab ko’rib ga texnik topshiriqni yaratuvchi tashqi lot tuzadi va tasdiqlaydi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati sohasida qo‘llanishga mo‘ljallangan SN ni yaratishga TT O‘zbekiston Standart namunalar Bosh markazi - SMS ITI yoki O‘zstandart Agentligi bilan kelishishi lozim.
Ro‘yxatga olishda davlat standart namunalariga o‘lchash vositalari davlat reyestrining "Standart namunalar" bo‘limidagi ikkita raqamdan iborat nomer beriladi. Bu ikki raqamdan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxatga olish nomeri va ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili ko‘rsatiladi (XX.XXXX:XXXX).
Masalan, O‘z DSB 03.0179:2002.
Ishlab chiqaruvchilarning standart namunalarini ro‘yxatga olishda ularga korxonalar va tashqi lotlar Umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha KTUT kodining sakkizta raqamidan iborat nomeri beriladi. Bu raqamlardan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxat nomeri va qo‘sh nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili yoziladi (XXXXXXXX.XXXX:XXXX).
Masalan, O‘z IChSN 00934175.0009: 2001.
Xorijda ishlab chiqarilgan import bo‘yicha keltirilgan, O‘zbekistonda tan olingan va qo‘llanishga ruxsat etilgan yoki xalqaro va hududiy tashqi lotlar doirasida ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda tan olingan SN o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritiladi, bunda ularga ro‘yxatga olingan nomer beriladi, qavslar ichida esa ishlab chiqargan mamlakat yoki tashqi lot tomonidan berilgan ro‘yxat nomeri ko‘rsatiladi.
Masalan:
- Rossiyaning standart namunasi
O‘z DSN 03.0693:1999 (GSO 1639-93 P);
- Ukrainaning standart namunasi:
O‘z DSN 03.0719:1999 (DSZU 022.36-96);
- DORFNER firmasida (Germaniya) tayyorlangan standart namuna
O‘z DSN 03.0178:2002 (42161/1/14937/1/99; RVK 6652FZ).
O‘zstandart Agentligi ro‘yxatga olingan SN to‘g‘risidagi axborotni SN sertifikatining xos reyestriga kiritadi.
Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish, tasdiqlash (tan olish), ro‘yxatga olish, chiqarish va qo‘llanishga umumiy talablar, shu jumladan qiyoslash gazli aralashma (attestatlangan aralashmalar bundan mustasno) uchun talablar O‘z RST 8.018-97 da belgilangan.
Standart namunalar DMN va Tekshiruvining obyekti bo‘lib hisoblanadi [13-modda].
Bugungi kunda modda va materiallarning tarkibi va xossalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchashlar keng tarqalgan va bu o‘lchashlar xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida asosiy rolni o‘ynaydi. Bunda 100 minglab modda va materiallar o‘lchash obyekti bo‘ladi. O‘lchanayotgan kattalik 1-10-9-99,9999 % chegarada o‘zgarishi mumkin. Modda va materiallarning tarkibini o‘lchashda birliklarning o‘lchamini saqlash va uzatishning asosiy instrumenti bo‘lib standart namunalar hisoblanadi. Standart namuna - "SN" bu o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan moddalarning namunasi sifatida o‘lchash vositasidir.
SN lar kataliklarning o‘lchamlarini takrorlash va saklash uchun mo‘ljallangan. Ulardan o‘lchashlar birliligini ta’minlash maqsadida foydalaniladi. Standart namunalarga quyidagi belgilashlar kiritilgan:
O‘z DSN O‘z. davlat standart namunasi
O‘z KSN O‘z. korxonasining standart namunasi
O‘z DSN 04.XXXX:XXXX
O‘z DSN 04.0879:2008
"SN" – xatoligining shahodatlangan qiymati, "absolyut" va "nisbiy" xatolik tarzida normalanadi.
Standart namunalarga qo‘yiladigan talablar O‘z DST 8.004:1999 O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi. Tarkibning modda va material xossalarining standart namunalari. da o‘rnatilgan.
Agar standart namuna O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa, unga turi tasdiqlanganligi to‘g‘risida 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga sertifikat beriladi.
Davlat standart namunasi bu metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan tan olingan va davlat metrologik nazorati va tekshiruvi doirasida bo‘lgan xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘llaniladigan standart namunalardir. Korxonaning standart namunasi bu korxona rahbari (tarmoq, tashqi lot) tomonidan tasdiqlangan va tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga mos holda, hamda davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi doirasidan tashqarida qo‘llaniladigan standart namunadir. Yaroqlilik muddati o‘tgan va O‘z Dst 8.004 ga muvofiq bo‘lmagan “SN”dan foydalanish ta’qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |