2. Standartlashtirishning qisqacha tarixi
Qadim zamon odamlari, o‘ta qiyin tabiiy sharoitdarda hayot kechirish, ya’ni yemoq uchun hayvonlarni ovlash, o‘simliklarni iste’mol qilish va boshqa tabiat in’omlaridan foydalanishga majbur edilar. Ovlashning metod va vositalari inson «tirikchiligi» faoliyatida amalda sinalib takomillashib borish bilan birga, qabiladan-qabilaga, avloddan-avlodga meyoriy - «standart» lar tarzida o‘tib keldi.
Bunday tartiblanishuv inson faoliyatining boshqa jabhalarida ham kuzatila boshladi. Aytaylik, sovuqdan, tabiiy ofat va boshqa kutilgan va kutilmagan hodisalardan yashirinish joylarini qidirish, qurish va mustaxkamlash, hayvon mo‘ynalaridan xayotda foydalanish, po‘stin va cho‘qay tikish kabi ishlarni amalga oshira borish standart talablarining dastlabki ko‘rinishlari sifatida ijtimoiy hayot talablari ekanlgini e’tirof etish mumkin.
Qadimgi Misrda, Firavnlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr tarixiy piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam kuch bilan katta yukni joyidan siljitish uchun avvalo chanasimon sirpanish vositalari, keyinchalik esa g‘o‘lasimon vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og‘ir yukni yengil qo‘zg‘alishini ta’minlovchi aylanma harakat orqali istalgan ilgarilanish masofasiga eltish vositasi G‘ildirak paydo bo‘ldi. Doimiy o‘zgarmas o‘lchovlarga (60x60x120 sm) ga ega bo‘lgan qurilish materiallari qo‘llanilib ularning o‘lchami nazorat qilib turiladigan bo‘ldi.
Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jarohatlangan o‘q otish vositalarining elementlari o‘zaroalmashinuvchan bo‘lishi ta’minlangan edi. Shuningdek, Imperiya shahar xududi suv ta’minotida bir xil diametrli boshlang‘ich diametri taxminan 95 mm tarnov (truba) lar ishlatilib, boshqa o‘lchamlari ta’qiqlangan edi.
Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va juda ko‘p buyum va vositalar o‘zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi. Bu borada XII-XIV asrlarda Germaniya xunarmadnchiligida yuz bergan ba’zi bir tartiblashtirilgan, masalan mahsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni, ish usullari va shu kabilarni belgilab qo‘yish amalga oshirildi. To‘qimachilik sanoatida 1298-yillarda sifat va o‘lcham uchun me’yorlar o‘rnatildi.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol aslaha elementlari aniq bir xil namunalardan qilinishi belgilanib, xozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi (asos) tarzida namoyon bo‘lgan.
1785 yili Fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaxa qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol-aslaxalar uchun ishlovsiz tushar edi.
1846 yilda esa Germaniyada temir yo‘llar eni (koleyasi, rels oraligi) ni va vagon ulash ilashmasini unifikasiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart namunalar to‘plami chiqdi.
1870 yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida standart ishlar chiqarila boshladi.
1891-yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida Standart burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asrning oxirlariga kelib Yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‘p mamlakatli Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan narsalar soni juda ko‘payib, F. Engels ta’biri bilan aytganda o‘lchash va tarozilashning turlari shunchalik ko‘pki, xatto bir yillik kunlar soniga tengdir. Chunki buning o‘ziga xos sabablari bor edi. Katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud bo‘lib, hali umumlashgan talablar ro‘yobga chiqmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan Genrix-1 malum uzunlikka teng o‘lcham "lokot" nomi bilan, buyuk Karl oyog`i o‘lchamiga teng birlik "fut" nomi bilan yuritilgandi.
1790 yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida "metr" yaratilib, u yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashqi l etdi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‘lchov va tarozilov mahkamasi uzunlik birligi sifatida "metr"ni qabul kildi. Bu voqea ilmiy texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri bo‘ldi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqqiyotida anchagina yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi. Bu mamlakatlarning ba’zilarida milliy standartlashtirish tashqi lotlari paydo bo‘ldi.
Standartlashtirish qo‘mitasi barpo bo‘lgan mamlakatlar orasida Angliya birinchi bo‘ldi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy saloxiyatini, ashyo-mahsulot, harbiy texnika buyumlariga standartlar ishlab ko’rib va uni joriy etish xisobiga amalga oshirishni ko‘zlashdan iborat edi.
Standartlashtirish tarixiy jarayoni taxlili shuni ko‘rsatadiki, Davlatlarning xukmronlikka intilishi, jumladan urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi.
Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya. Shvesiya, Avstriya, Vengriya, Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo‘yicha milliy tashqi lotlar tuzilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |