Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, metrologik ta’minot, metrologik xizmat bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashqi l etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
Antik rivojlanish davri.
Stixiyali rivojlanish davri.
Metrik tizimning joriy etilishi.
Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri.
O‘zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |